ASOSIY QISM 1. Didaktik o‘yinlar va ularning turlari




Download 37,27 Kb.
bet3/9
Sana22.12.2023
Hajmi37,27 Kb.
#126696
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Boshlang‘ich ta’lim fakulteti kurs ishi ona tili o‘qitish metodi

ASOSIY QISM
1. Didaktik o‘yinlar va ularning turlari
Ilmiy pedagogik va metodik adabiyotlarda didaktik o‘yinlar , ta’limiy o‘yinlar atamalari parallel qo‘llanadi. Bizningcha, bu atamalardan didaktik o‘yin atamasi kengroq qo‘llanadi. Shuning uchun biz ham didaktik o‘yin atamasini qo‘lladik.
Didaktik o‘yinlar texnologiyalari o‘quvchi faoliyatini faollashtirish va jadallashtirishga asoslangan. Ular o‘quvchi shaxsidagi ijodiy imkoniyatlarni ro‘yobga chiqarish va rivojlantirishning amaliy yechimlarini aniqlash va amalga oshirishda katta ahamiyatga ega;
Pedagogika fanlari doktori J.G‘aniev “Didaktik o‘yinlarning intellektual (aqliy) va harakatli hamda aralash o‘yinlardan iborat” turlarga ajratadi2. “By o‘yinlar ishtirokchilarda aqliy, jismoniy, axloqiy, psixologik, estetik, badiiy, tadbirkorlik, mehnat,va boshqa ko‘nikmalarni rivojlantirishga yordam beradi” deb ta’kidlaydi. Metodist T.G‘afforova ham dilaktik o‘yinlarni ikki turga ajratadi. 1-mazmuniga ko‘ra, 2- amalga oshirilish shakliga ko‘ra. Mazmuniga ko‘ra a) tinch o‘yinlar b) harakatli o‘yinlar v)aralash o‘yinlar. Imalga oshirish shakliga ko‘ra a) masobaqa o‘yinlar b) sahna o‘yinlar3.
Ta’lim-tarbiya jarayonida asosan o‘quvchilarda ta’lim olish motivlarini, ularning turli yo‘nalishdaga qobiliyat va qiziqishlarini oshiradigan, biror kasbga moyilliklarini ko‘rsatadigan didaktik o‘yinlardan foydalaniladi. Didaktik o‘yinlar nazariy, amaliy, jismoniy, rolli, ishchanlik va boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha turlarga ajratiladi. Hozirda kompyuter vositasidagi didaktik o‘yinlar alohida o‘ringa ega bo‘lib bormoqda.
Didaktik o‘yinlar o‘quvchilarda tahlil qilish, mantiqiy fikrlash, tadqiq qilish, hisoblash, o‘lchash, yasash, sinash, kuzatish, solishtirish, xulosa chiqarish, mustaqil qaror qabul qilish, guruh yoki jamoa tarkibida ishlash, axloq-odob, nutq o‘stirish, til o‘rgatish, yangi bilimlar o‘rgatish va boshqa faoliyat turlarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan o‘yinlarga ajratiladi.
Didaktik o‘yinlardan amalda foydalanish orqali boshqa usullar yordamida erishish qiyin bo‘lgan ta’lim-tarbiyaviy maqsadlarni amalga oshirish ko‘zda tutiladi. Turli o‘quv fanlariga oid didaktik o‘yinlar mavjud bo‘lib, ular shu fanlarni sifatli o‘rgatish maqsadlariga xizmat qiladi.
Umumiy o‘yinlar nazariyasiga ko‘ra, mavjud barcha o‘yin turlarini tasniflashda ularni funktsional, mavzuli konstruktiv, didaktik, sport va harbiy o‘yinlarga ajratiladi. Bularning orasida didaktik o‘yinlar ta’lim-tapbiya vazifalarini amalga oshirish imkoniyatini berishi bilan alohida o‘ringa ega. O‘yinlar maktabgacha yoshdagi bolalarning asosiy faoliyat shakli hisoblanadi. Bu esa pedagog va psixolog olimlar tomonidan shu yosh davridagi o‘yinlarning ta’lim-tarbiyaviy ahamiyatini o‘rganish va yanada oshirish bo‘yicha tadqiqotlar olib borilishiga asos bo‘ldi.
Natijada, oldingi asrning 60-yillari boshidan AQSH da, so‘ngra boshqa g‘arb mamdakatlarida ishchanlik o‘yinlari qo‘llanila boshlandi. Ishchanlik o‘yinlari tadqiqotchilari bu usulni eng asosiy, samarali va tejamli ta’lim metodlaridan iborat deb ta’kidlaganlar.
Didaktik o‘yinlarning yana bir turi - aqliy hujum usulini birinchi marta 1939-yilda A.f.Osborn qo‘llagan. Bu usulni g‘oyalar banki deb ham nomlangan. U muammolarni quyidagicha yechishga asoslanadi:
- muammoli vaziyat yaratish;
- g‘oyalarni shakllantirish;
- eng yaxshi g‘oyalarni tekshirish, baholash va tanlash. Guruh ishtirokchilariga muammoni aniqlash va uni yechish bo‘yicha iloji boricha ko‘p, ba’zan, batamom kutilmagan g‘oyalarni berish uchun eng qulay sharoit yaratilishi aqliy hujum mashg‘uloti samaradorligini belgilaydi. Bunda pedagogning mahorati hamda o‘quvchilarning tayyorgarliklari qanchalik yuqori ekanligi asosiy omil hisoblanadi.
Didaktik o‘yinlarni tanlashda ishtirokchilarning yoshi, bilimi va tarbiyalanganlik darajasi hisobga olinadi. Har bir didaktik o‘yin mashg‘ulotlariga o‘ziga xos xavfsizlik talablari qo‘yiladi. Bu xavfsizlik talablariga to‘liq rioya qilinishi har bir tashkilotchining doimiy e’tiborida bo‘lishi lozim.
Bundan tashqari har bir didaktik o‘yin uchun sarflanadigan vaqt miqdorini to‘g‘ri belgilash va unga rioya qilishning o‘ziga xos asoslarini bilish va darsning maqsadiga muvofiq qo‘llash talab qilinadi.
Didaktik o‘yin turlarini tanlash mezonlari:
— ishtirokchilar tarkibi bo‘yicha-o‘g‘il bolalar, qiz bolalar, o‘smirlar, katta yoshdagilar uchun o‘yinlar;
  • ishtirokchilar soni bo‘yicha-yakka, juftlikda, kichik guruh, katta guruh, sinf jamoasi, raqobatdosh komandalar, sinflararo va ommaviy o‘yinlar;


— o‘yin jarayoni bo‘yicha-fikrlash, o‘ylash, topag‘onlik, harakatlar, musobaqa va boshqalarga yo‘naltirilgan o‘yinlar;


  • vaqt me’yori bo‘yicha dars, mashg‘ulot vaqtining reja bo‘yicha ajratilgan qismi, o‘yin maqsadiga erishguncha, g‘olib yoki g‘oliblar aniqlanguncha davom etadigan va boshqa o‘yinlar.


Har bir didaktik o‘yin jarayonida o‘ziga xos vositalar turlari qo‘llaniladi va mashg‘ulot jarayonida ulardan to‘g‘ri, unumli va xavfsiz foydalanish lozim. Bu vositalarni quyidagi turlarga ajratish mumkin:


— kantselyariya tovarlari-turli o‘lchamlardagi oq va rangli qog‘ozlar, skotch, flomasterlar, ruchka, qalam, chizg‘ichlar, qaychi, yelim va boshqalar;
— texnika vositalari-proektor, mikrofon, kompyuter, videokamera, videomagnitofon, televizor va boshqalar;
—o‘quv asbob-uskunalari-o‘quv laboratoriya va ustaxona jihozlari, o‘lchov asboblari, o‘quv priborlari, moslama, mexanizm, model va boshqalar;
—mahalliy va tabiiy materiallardan tayyorlangan vositalar.
Didaktik o‘yinlar tashkilotchilari ular uchun ishlatiladigan har bir material bilan ishlash, ulardan tegishli didaktik vositalarni tayyorlash hamda xavfsizlikni ta’minlash texnologiyalarini puxta bilishlari va rioya qilishlari lozim. Chunki didaktik vositalarning sifati, ko‘zda tutilgan maqsadlarga mosliga, qulayligi va ulardan to‘g‘ri foydalanish mashg‘ulotlar samaradorligini oshirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Maktabda har bir o‘qituvchi ayrim turdagi didaktik o‘yin mashg‘uloti o‘quv materiallarini amalda qo‘llash uchun tayyorlashini tashkil qilish metodik faoliyatning ajralmas qismi hisblanadi. Bunda o‘qituvchilar o‘z mutaxassislik fanlari bo‘yicha o‘zlari tanlagan mavzudagi darsni eng maqsadga muvofiq didaktik o‘yin turlaridan foydalanib o‘tkazish yuzasidan dars ishlanmasi tayyorlashlari va uning asosida metod birlashma majlisida shu mashg‘ulotni bayon qilib berishlari va tegishli muhokamalar o‘tkazib borilishi tavsiya qilinadi.



Download 37,27 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 37,27 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



ASOSIY QISM 1. Didaktik o‘yinlar va ularning turlari

Download 37,27 Kb.