|
Boshlang‘ich ta’lim fakulteti kurs ishi ona tili o‘qitish metodikasi mavzu
|
bet | 7/9 | Sana | 22.12.2023 | Hajmi | 37,27 Kb. | | #126696 |
Bog'liq Boshlang‘ich ta’lim fakulteti kurs ishi ona tili o‘qitish metodiDarslik bilan ishlash:
O‘tgan darsda o‘rganilgan “Do‘stlar” matni va so‘zlar (45-bet) “Zanjir” metodida o‘qitiladi.
O‘tilgan mavzu yuzasidan suhbat.
Suhbat uchun savollar:
Asal kabi sharbati.
Bilsang nomin ayt, Ali!
-Ha,bilaman-
O‘quvchilar javobi: shaftoli
O‘quvchilar javobi: mehrli o‘rtoq, og‘ayni
“Do‘stlar” matnida kimlar do‘st ekan?
“Do‘st bilan uying obod” hikmatli gapi ma’nosini tushuntiring.
Dam olish daqiqasi.
P p harfiga oid qo‘shiq matniga mos harakatli mashq bajartiriladi.(3-ilova)
III. Yangi mavzu ustida ishlash. (12 min)
Harakatli slayd yordamida Pp tovushinngi talaffuzi analitik- sintetik tovush metodi orqali tushuntirish. (4-ilova)
Darslikdagi pilla rasmi yuzasidan suhbat o‘tkaziladi. Suhbat uchun savollar:
-Nima pilla o‘raydi?
(Ipak qurti pilla o‘raydi)
-Pilladan nima olinadi? (Pilladan ipak ipi olinadi, undan matolar to‘qiladi.)
-“Pilla” va “ip” so‘zlarini bo‘g‘inga bo‘ling.(Pil-la, ip)
- Pilla necha bo‘g‘inli so‘z ekan? (2 bo‘g‘inli)
- Birinchi bo‘g‘inni ayting.
- Birinchi bo‘g‘in qaysi tovush bilan boshlangan? (P tovushi bilan)
-p tovushi so‘zni qayerida kelgan?
-p tovushini talaffuzini kuzating. O‘qituvchi talaffuz qiladi, o‘quvchilar nutq organlarining holatini kuzatadilar.
-p tovushining talaffuzida lablar nima qiladi? Havo tashqariga qanday chiqadi?
- p tovushi nimalarning to‘sig‘iga uchrar ekan?
Ip so‘zidagi p tovushi ham shu tarzda tahlil qilinadi va o‘quvchilar javoblari to‘ldirilib umumlashtiriladi.
Pilla, ip so‘zlarini to‘g‘ri talaffuz etish mashq qilinadi. P tovushining talaffuzida ikki lab jipslashadi. Havo shu joydan portlab chiqishidan p tovushi hosil bo‘ldi. Demak, bu tovushning talaffuzida havo og‘izda to‘siqqa uchraydi. Shuning uchun uni cho‘zib aytib bo‘lmaydi. P tovushi undosh tovush, p tovushi so‘zning boshida, o‘rtasida, oxirida keladi. Bir nechta so‘z talaffuz etiladi. O‘quvchilar p tovushli so‘zlarning va p tovushli so‘zni qaysi o‘rinda kelayotganini aytadilar.
|
| |