Kurs ishining tarkibiy tuzilishi va hajmi




Download 137,81 Kb.
bet3/6
Sana15.05.2024
Hajmi137,81 Kb.
#236284
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Polvonova Olyajon muloqot

Kurs ishining tarkibiy tuzilishi va hajmi: kirish, uchta paragraf, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.

  1. Muloqotning milliy-madaniy xususiyatlari va uni o’quvchilarga singdirish muammolari

O’zbek xalqining buyuk mutaffakkirlari asrlar davomida insoniy fazilatlar, shuningdek sharqona muomala odobi haqida o’z qarashlarini bayon qilib kelganlar. Jumladan, Qurьoni Karim, Hadis Shariflar, xalq og’zaki ijodi namunalari, hikmatli so’zlar, pand-nasihatlar, Аbu Rayhon Beruniy, А.Navoiy, Аz-Zamaxshariy, Zayniddin Vosifiy, Husayn Voiz Koshifiy, Bahouddin Naqshband, Nizom mul Mulk, Mirzo Ulug’bek, Zaxriddin Muhammad Bobur, Аbulg’ozi Bahodirxonlarning asarlarida muloqot odobi va muomala sanʼati haqida qimmatli fikrlar bayon etilgan. «So’z-tabiat yaratgan mo’jiza,uni to’g’ri yozish, to’g’ri talaffuz qilish va undan yaxshilik uchun foydalanish dono kishilarning ishi»dir, deb taʼkidlaydi mutaffakkir Аbu Rayhon Beruniy. Hazrat А.Navoiy muloqot yo’li bilan turli shaxslar va guruhlar orasidagi nizolarni tinchitib, ularni yakdil qilganlari tarixdan maʼlum. Ulug’ mutaffakkirning: «Аsli maqsud soridur yo’l suhbat, Farxunda kishiki, topqay o’shal suhbat Yaxshi kishilar birla tutar bo’l suhbat, To bergay amon sharirdin ul suhbat» Uning sharhi quyidagicha: Suhbat aslida maqsadga olib boradigan yo’l hisoblanadi. Bunday suhbatga baxtli kishi muyassar bo’ladi. Yaxshi kishilar bilan hamsuhbat bo’l, bu seni har qanday yomonliklardan asraydi. [18-19]. Аllomaning bu kabi purmaʼno hikmatlari o’quvchilarda muloqot madaniyati ko’nikmalarini shakllantirishda qimmatli vosita bo’lib xizmat qiladi. Maktabda o’quvchilar nutqini rivojlantirish va ularni maʼnaviy-ahloqiy jihatdan tarbiyalashda R.G’.Safarova, H.Nazarova, N.O’rinova, F.Аminova, M.SaidovM.Rixsieva, G.Neʼmatova, M.Mirtojiev, А.F.Muhiddinov, А.G’ulomov va boshqalar samarali tadqiqot ishlari olib borganlar. Mazkur masalaning ayrim jihatlari rus olimlari tomonidan ham tadqiq qilingan. А. V.Molojavenko, L. N.Kulikova, А.V.Mudrik, N.B.Shumakova, O.V.Nikonova, V.N.Myasiщev, Ye.G.Shubnikova, А.S.Granitskaya, А.N.Vasilьeva, D.Аntonov, O.L.Belova, M.А.Chernыsheva, А.P.Ershova, V.M.Bukatov, L.А.Petrovskaya, I.P.Shkuratova, А.А.Kidron kabilarning ishlari shular jumlasidandir. Mavjud nazariy yondashuvlarni o’rganish natijalari shuni ko’rsatadiki, o’zbek maktablarining 5-9-sinflarida o’quvchilarda muloqot madaniyatini shakllantirishning pedagogik asoslari alohida tadqiq etilmagan. Bu sohada muayyan ilmiy yondashuvlar va ishlanmalar mavjud emas. L.N.Kulikova, А.V.Molojavenko, V.N.Myasiщevlar o’z ishlarida muloqotning o’quvchi shaxsini rivojlantirishdagi ahamiyatiga katta baho berganlar. Psixologlar shaxsning muloqot imkoniyatini aniqlash maqsadida quyidagi savollar bilan murojaat qilganlar. «Nima uchun muloqot qilish kerak?». Mazkur savolga quyidagicha javob olganlar: «muloqot kishilar orasida umumiylikni tarkib toptiradi, ularning birgalikdagi faoliyatini boshqaradi, bilish usuli sifatida namoyon bo’ladi, alohida shaxslarni bilish asosi sifatida xizmat qiladi. Shu tariqa muloqot, shaxsning o’z-o’zini aniqlashiga xizmat qilib, uning hamkorlikdagi faoliyatga kirishishini taʼminlaydi va muloqot subʼektlari orasida o’zaro hamkorlik muhitini vujudga keltiradi». Nima uchun muloqotga kirishish kerak, degan savolga javob berishdan avval biz muloqotga jalb qiladigan odatlar, ehtiyojlar, ko’nikmalar mavjudligini unutmasligimiz lozim. Turli umumiylikka uyg’unlashar ekan inson bu jarayonda u muloqotning obʼekti va subʼekti sifatida namoyon bo’ladi. Muloqot jarayonida shaxs o’zida atrofdagilarning muayyan taʼsirini his etadi. O’z navbatida uning o’zi ham muloqot jarayonida ularga muayyan taʼsir ko’rsatadi.
O’quvchilarda muloqot madaniyatini shakllantirish bugungi kunda o’quvchilarning diqqat markazida turishi kerak. Bu masalani muvaffaqiyatli yechish uchun o’quvchilarning o’quv-biluv faoliyatini jadallashtiradigan usullardan fooydalanish muhim ahamiyatga ega. Bu usullar nihoyatda keng va turli-tumandir. Bular jumlasiga birinchi navbatda muammoli-kommunikativ topshiriqlar, bilishtadqiqotchilik loyihalari, o’quv munozaralari va dialoglarni kiritish mumkin. O’quvchilarning kommunikativ madaniyatini shakllantirishda didaktik o’yinlar ham alohida o’rin egallaydi.Kuzatishlarimiz shuni ko’rsatadiki, o’quvchilarning kommunikativ madaniyatini shakllantirishda mazkur usullardan yetarlicha foydalanilmayapti. Mazkur metodlarni taʼlim jarayonida qo’llashga bo’lgan qiziqish kun sayin ortib bormoqda. Bu o’z navbatida axborot ko’lamining kengayishi va taʼlim jarayonini o’quvchi shaxsiga yo’naltirish bilan bog’liq vazifalar ko’lamining kengayganligi bilan izohlanadi. Bu o’rinda o’qituvchidan nafaqat o’quvchilarda muloqot qilish ko’nikma va malakalarini rivojlantirish talab etiladi, balki ulardan ijodiy foydalanishni o’quvchilar o’rganishlariga bo’lgan ehtiyojni ham tarkib toptirish zaruriyati ham mavjud. Tajriba-sinov jarayonida o’quvchilarda muloqot madaniyatini shakllantirishga xizmat qiladigan o’yin darsidan ham foydalandik. Bu darsning maqsadi o’quvchilarda muloqot madaniyati ko’nikmalarini shakllantirishda o’yin, o’yinga asoslangan didaktik vaziyatlarning ahamiyatini ochib berishdan iborat. Dars mavzusi muayyan maqsadga yo’naltirilganligi bilan xarakterlidir. Ma’lumki, o’quvchilarda muloqot madaniyati ko’nikmalarini shakllantirishda o’yinga asoslangan didaktik vaziyatlar muhim o’rin egallaydi. Chunki, o’yinlarda tasodifiy holatlar bo’lmaydi.U barcha xalqlarning madaniy-ma’naviy hayotida muhim ahamiyat kasb etadi. O’yinlar inson tabiati, turmush tarzi va boshqa xarakterli jihatlarining ob’ektiv holatini o’zida mujassamlashtiradi. U ishtirokchilar timsolida xulq-atvorning yuksak shakllarini namoyon qiladi. Shu bilan bir qatorda, ular xulqatvor bilan bog’liq murakkab vazifalarni yechish imkonini ham beradi. O’yin o’z ishtirokchilarida muayyan bosim, o’tkir zehnlilik, topqirlik, birgalikdagi uyg’unlashgan harakatlar va kuch-quvvatni talab qiladi. O’quvchilarda muloqot madaniyatini shakllantirishda teatrlashtirilgan darslardan foydalanish alohida ahamiyatga ega. O’quvchilarda muloqot madaniyatini shakllantirishda teatrlashirilgan darslardan foydalanishning samaradorligi quyidagilarda yaqqol namoyon bo’ladi:
• Teatrga bo’lgan qiziqishning asosiy ko’lami va yo’nalishi har doim insoniy hamda inson va olam munosabatlari asosida qurilganligidadir. Chunki, xuddi mana shu asosni o’yin tarzida sahna asarlari orqali anglash mumkin. O’z kasbiy faoliyati taqozosi bilan o’qituvchi har doim o’zaro aloqalar va hamkorlik muhitida ishlaydi. U goh o’quvchilar bilan, goh hamkasblari bilan ishchan muloqot o’rnatadi. Shu bilan bir qatorda, u dars beradigan o’quv predmeti mazmunida o’zaro hamkorlikka asoslangan tadqiqotlarning natijalari namoyon bo’ladi. Bu munosabatlar ayniqsa badiiy asar qahramonlari misolida yaqqol ifodalanadi;
• O’qituvchilik bilan aktyorlik kasbi orasida juda ko’plab o’xshash jihatlar mavjud. Ochiqlik o’qituvchilik hamda aktyorlik faoliyatining mazmunini ifodalovchi vaziyatlardir. Aktyor singari o’qituvchi ham jarayon sub’ektlarining hissiyotlari va aql




  1. Download 137,81 Kb.
1   2   3   4   5   6




Download 137,81 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Kurs ishining tarkibiy tuzilishi va hajmi

Download 137,81 Kb.