|
Boshlang’ich sinf o’quvchilarining milatraro muloqot madaniyatini shakllantirishda ta’limiy o’yinlarning ahamiyati
|
bet | 5/6 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 137,81 Kb. | | #236284 |
Bog'liq Polvonova Olyajon muloqotBoshlang’ich sinf o’quvchilarining milatraro muloqot madaniyatini shakllantirishda ta’limiy o’yinlarning ahamiyati
Zamonaviy ta’limning yangi tizimi va mazmunini shakllantirish uchun ilg’or texnologiyalarni hamda o’quv-tarbiya jarayonining didaktik ta’minotini yaratish, ta’lim mazmunini inovatsion yondashuvlar asosida tashkil etish kerak. Boshlang’ich ta’lim tizimining samaradorligini oshirish uchun darslarimizda ilg’or pedagogik va axborot-kommunikatsiyasi texnologiyalarini, didaktik o’yinlar va interfaol usullardan foydalanishimiz darkor.
Boshlang’ich sinf o’qituvchilari uchun didaktik o’yinlar bilim olishning faollashtiruvchi ish turlaridan biri bo’lib o’quvchilarda tafakkur, og’zaki va yozma nutq ko’nikmalarini shakllantiradi. Didaktik o’yinlar o’qish darslarida o’quvchilarning qiziqishini o’stiruvchi vositalardan hisoblanadi. Didaktik o’yinlarning maqsadi o’quvchilarning fanga, ta’lim olishga, kitobga bo’lagn qiziqishlarini uyg’otishdir. Didaktik o’yin bolalarda bilish jarayoniga jonli qiziqish uyg’otadi va ma’lummotlarni qabul qilishga yordam beradi. Bu o’yinlar bolalarning atrof-muhit haqidagi tasavvurlarini kengaytirishga, tartibga solishga, qiziqish va qobiliyatlarini rivojlantirishga yo’naltirilgan bo’lishi kerak. Didaktik o’yinlar o’quvchilar uchun qiyin bo’lgan bilim olish jarayonini yengillashtiradi. Ta’limiy o’yinlardan, mavzuga oid oddiy qiziqarli savol-javoblardan darsning ma’lum qismida foydalanish lozim. Boshqotirma, tez aytish kabi o’yinlar muntazam o’tkazib turilsa, o’quvchilarda ma’lum bir ko’nikmalar hosil bo’lib boradi. Dars jarayonida o’yinlarni to’g’ri tashkil etish va o’tkazishda vazifalar, qoidalar va ularning natijalarini tashkil qilishni aniq belgilab olish lozim. Masalan o’qish darslarida “So’zdan so’z yasash” o’yinini o’tkazish o’quvchilarning lug’at boyligini oshirishga, so’z boyligini o’stirishga yordam beradi.
Didaktik o’yinlar bolalarda jamoatchilikni his etish, intizomli bo’ish, jasur, qat’iyatli bo’lish qiyinchiliklarni yenga bilish kabi sifatlarini rivojlantirishga ham yordam beradi. Didaktik o’yinlar maktab o’qituvchilari va murabbiylar tomonidan ijod qilingan maktabgacha ta’lim muassasalaridagi tayyorlov guruhlaridagi bolalarga va maktab o’quvchilariga mo’ljallangan. O’yin orqali bola jamoani tushunadi. O’zi bajarayotgan mashg’ulotga nisbatan ongli munosabatda bo’ladi. Didaktik o’yinlar o’quvchilardagi tortinchoqlik, xato qilishdan qo’rqish kabi noqulayliklarga barham beradi. Shunday ekan har bir darslarda didaktik o’yinlar va interfaol metodlardan unumli foydalanmog’imiz darkor.
Har bir didaktik o’yinda ko’pchilik bolalar yoki butun bir sinf o’quvchilari ishtirok etadi. Masalan, ”Doiraviy misollar” o’yinida hamma bolalar masala yechadi, ”Zanjircha” da 10 nafar, ”Do’koncha” da 8-12 nafar bola, ”Narvoncha” da esa hamma o’quvchilar masala yechadilar. Bundan tashqari, o’yin jarayonida hatto bolalardan ba’zi birlari ishtirok etmasa ham, ular o’yinda imo-ishoralar bilan ham qatnashadilar. Masalan, ko’zlarini yumib, kim necha marta taqillatganini tinglaydilar. “Eng yaxshi hisobchi”, ”Ko’proq va tezroq” kabi o’yinlarda o’z o’rtoqlarining misolni qanchalik tug’ri-notug’ri yechayotganlarini kuzatib boradilar. Bu esa o’qituvchiga o’quvchilar faoliyatiga individual munosabatda bo’lish imkonini beradi.
Didaktik o’yinlar o’tkazilish jarayonida bolalarning o’zlarini mustaqil boshqara olishda o’rganishlarini ta’kidlab o’tish lozim. Didaktik o’yinlarning tarbiyaviy ahamiyati nimalardan iborat? Tajriba shuni ko’rsatadiki, didaktik o’yinlar hamjihatlik va intizomlikni tarbiyalashga yordam beradi, chunki har bir o’yin g’alaba qozonish bilan bog’liq bo’lib, o’yin shartlari va qoidalariga qat’iy va izchil rioya qilishni talab etadi. ”Kim aniqroq va tezroq”, ”Bo’sh kelma”, ”Eng yaxshi hisobchi”, ”Ko’rganni eslab qolish” kabi o’yinlarni o’tkazish paytida o’quvchilar sinf xonasida jimjitlik bo’lishiga o’quvchilarning o’zlarining tuta bilishlariga, partadan tovush chiqarmay turib, oyoq uchida doskaga chiqa olishlariga, joylariga osayishtalik bilan qaytib kelib o’tirishlariga, tovushlarni diqqat bilan tinglashlariga, raqamlarga zehn bilan tinglashlariga, raqamlarga zehn bilan qarashlariga erishadilar. Darsda o’yinqaroqlik qilib o’tiradigan va o’qituvchini bitta dars davomida 10-15 martagacha tanbeh berishga majbur etadigan bolalar ham uchrab turadi. Biroq o’yin o’tkazilayotgan vaqtda bunday bolalarning hulq-atvori tamoman o’zgarib ketadi. Ular darhol o’zlarini tutib oladilar, o’qituvchining o’yin qoidalarini ko’rsatib berishini kutib o’tirmaydilar ham, qoidalarni o’zlari mustaqil bajaradilar. Didaktik o’yinlar jarayonida bolalarda uyushqoqlik, vaqtni iloji boricha tejay bilish hislatlari tarbiyalanadi. Didaktik o’yinlar bolalarda do’stlik, birodarlik, mehnatsevarlik hissini tarbiyalash va taraqqiy etishiga yordam beradi. ”Kim turgan saf yaxshiroq”, ”Zanjircha”, ”Narvoncha”, ”Bilgan kishi sanashni davom ettiraversin” singari o’yinlar o’tkazilayotganda bolalar o’z o’rtoqlari, o’zi turgan saf va o’z sinflarining sharafi uchun kurashadilar. Bir safga tizilganlar ikkinchi safda turgan o’quvchilar bilan musobaqalashayotganda topshiriqni saflardan birining o’quvchisi yoki bir necha o’quvchilari, yoxud butun bir saf bajaradi.
Quyidagi didaktik materiallardan foydalaniladi: sur’atlar, jadvallar, stol ustida ko’rsatiladigan teatr, sahna, abak (sanoq asbobi), o’yinchoqlar, chotlar, xaltachaga solingan yong’oqlar, cho’plar, qo’lda yasalgan qog’oz qayiqcha va qalpoqcha, geometrik shakllar chizilgan jadvallar, sxemalar, sanoq materiallari va geometrik shakllar solingan qutichalar. Qo’llaniladigan o’yinlar nomi: ”Sanayver”, ”Ko’rganni eslab qol”, ”Biz kamayib qoldik”, ”Kim ketdi (takrorlash)”, ”Nima o’zgardi?”, ”Teatr”, ”Nechta ekanligini top”, ”Jadvalni qidirib top”, ”Qo’shnilaringni top”, ”Hisoblashni kim bilsa davom ettiraversin”, ”Tuk-tuk”, ”Uychaga kim tez kiradi”, ”Kim chaqqon?”.
«Maqollarda antonimlar» Ma’lumki, o’zbek xalq maqollarida antonimlar ko’proq uchraydi. Shu bois bu shartda o’quvchilar navbatma-navbat antonimlar ishtirok etgan maqollaridan aytadilar. Masalan, «yaxshiga yondash, yomondan qoch», «do’st achitib gapirar, dushman kuldirib gapirar», «kattaga hurmatda bo’l, kichikka izzatda» va x.k.
«Zinapoya» usuli O’quvchilar ikki guruhga bo’linadi. So’ng xattaxtaga ushbu shaklda «zinapoya» chiziladi. Ma’lumki, antonimlar o’z juftliklariga ega. Shundan kelib chiqib, ushbu juftlikning bittasi «zinapoya» ga yozib qo’yiladi, ikkinchisini esa guruhlardagi o’quvchilarning o’zlari topadi, ular zinalardan bosh zinaga chiqib borishadi. Bunda o’quvchilarda tezkorlik talab etiladi. Chunki qaysi guruh o’quvchilari birinchi bo’lib bosh zinaga chiqsa, ular g’olib bo’ladi. Sinfda nechta o’quvchi bo’lsa, zinalar soni shuncha bo’ladi.
«Izohli lug’at» Buning uchun o’quvchilar ikki guruhga bo’linadilar.1-guruh ishtirokchilari so’z birikmasi, frazeologik birikma yoki tasviriy ifodalarni aytadilar. 2-guruhdagi o’quvchilar esa 1- guruhdagilar aytgan so’z va birikmalar ma’nosini tezkorlik bilan izohlab beradilar. Shartni bajara olmagan guruh mag’lub hisoblanadi. Bu o’yin quyidagicha amalga oshiriladi: O’zbekning shoh taomi: palov Ertalabki ovqatlanish: nonushta Ilonning yog’ini yalagan: ayyor Dala malikasi: makkajo’xori Aql gimnastikasi: shaxmat Tog’ malikasi: archa va x.k. Bu o’yinlarni ona tili darslarida 4-sinflarda o’tkazish maqsadga muvofiq. Bunday o’yinlar faqat bir mavzu doirasida cheklanib qolmay bir qancha mavzularda, ko’proq takrorlash darslarida o’tkazilishi mumkin.
O’qish darslarida «Rolli o’yinlar» usulini qo’llash mumkin. «Rolli o’yinlar» - har bir ishtirokchi o’quvchi biror asardagi qahramon rolini o’ynar ekan, shu persanajni fikrlarini aniq anglashi va o’sha qahramon o’rnida so’zlashi shart. Shu o’yin orqali o’quvchi ma’lum ibrat va xulosalar chiqarishi mumkin. Demak, interfaol usullarni ona tili va o’qish darslarida qo’llash natijasida o’quvchilar hozirjavoblikka o’rganadi, ularning lug’at boyligi oshadi, ilmiy-nazariy 20 bilimi yanada mustahkamlanadi. O’yin asosida tashkil qilingan dars albatta, o’quvchilarning darsga bo’lgan qiziqishlarini orttiradi, qiziqish esa intilishga, bilimlarni puxta o’rganishga olib keladi. Bugungi kunda maktablarda interfaol o’yinlar orqali dars o’tish an’anaga aylanib bormoqda. Ma’lumki, darsning turli xil o’yinlar asosida o’tilishio’quvchilarning imkoniyatlarini namoyish etish, diqqatni jamlash, bilim va ko’nikmalarini oshirish va kuchli bo’lishlarini ta’minlaydi. O’yin texnologiyasidan foydalanishning asosini o’quvchini faollashtiruvchi va jadallashtiruvchi faoliyat tashkil etadi. Psixologlarning ta’kidlashlaricha, o’yinli faoliyatning psixologik mexanizmlari shaxsning o’zini namoyon qilish, hayotda barqaror o’rnini topish, o’zini o’zi boshqarish, o’z imkoniyatlarini amalga oshirishning fundamental ehtiyojlariga tayanadi. Har qanday o’yin zamirida umumiy qabul qilingan ta’lim prinsiplari, taktikasi yotishi kerak. O’quv o’yinlariga o’quv predmetlari asos qilib olinishi kerak. O’yinlar jarayonida o’quvchi oddiy darsga qaraganda bu mashg’ulotga qiziqibroq yondashadi va bemalol faoliyat ko’rsatadi. Ta’kidlash lozimki, o’yin eng avallo, o’qitishning bir usulidir. O’quvchilar o’yinli darslarga qiziqib qatnashadilar, g’alabaqozonishga intiladilar, o’qituvchi ular orqali o’quvchiga ta’lim-tarbiya ham beradi. O’quvchi inglizcha o’yin o’ynab, gapira olarkanman, tinglab tushuna olarkanman, yoza olarkanman, deb ishonadi, qiziqadi. Ingliz tili darslariga qo’yilgan eng muhim talablardan biri o’quvchilarni mustaqil fikrlashga o’rgatishdir.
Bugungi kunda ingliz tili o’qituvchilari AQSH, Angliya pedagoglari tajribasiga tayangan holda quyidagi innovatsion metodlardan foydalanib kelishmoqda:
-"Muammoli vaziyat yechimi" (Creative Problem Solving) bu usulni qo’llash
uchun hikoyaning boshlanishi o’qib beriladi qanday yakun topishi o’quvchilar,
talabalar hukmiga havola qilinadi;
-"Quvnoq topishmoqlar" (Merry Riddles) o’quvchilarga topishmoqlar o’rgatish
Ingliz tilini o’rgatishda muhim ahamiyatga ega, ular o’zlariga notanish bo’lgan
so’zlarni o’rganadilar va o’ylab topishmoq javobini topadilar;
-"Tezkor javob" (Quick answers) o’tilgan dars samaradorligini oshirishda
yordam beradi;
- "Chigil yozdi" ("Warm-up exercises") o’quvchilarni darsga qiziqtirish uchun
sinfda har xil o’yinlardan foydalanish;
Darslarda chet tilida Internet yordamida bir qator didaktik muammolarni hal qilish mumkin: global tarmoq materiallaridan foydalanib о’qish kо’nikma va malakalarini shakllantirish; maktab о’quvchilarining yozish qobiliyatini oshirish; talabalarning sо’z boyligini tо’ldirish; talabalarning ingliz tilini о’rganish motivatsiyasini shakllantirish. Bundan tashqari, bu ish maktab о’quvchilarining ufqini kengaytirish, ingliz tilida sо’zlashadigan mamlakatlarda tengdoshlari bilan ishbilarmonlik munosabatlari va aloqalarini о’rnatish va qо’llab-quvvatlash uchun Internet-texnologiyalar imkoniyatlarini о’rganishga qaratilgan. Internetda о’tkaziladigan testlar, viktorinalar, tanlovlar, olimpiadalarda ishtirok etishlari, boshqa mamlakatlardagi tengdoshlari bilan yozishmalar, suhbatlar, videokonferensiyalar va h.k.larda qatnashishlari mumkin.
Xulosa
O’zbekistonda ko’pmillatli jamiyatning barqaror rivojlanishi uchun strategik manba sifatida ta’limning g’oyat muhim ahamiyati ko’pmillatli davlatning rivojlanishini ta’minlashning muhim omilidir. Unda madaniy va ma’rifiy makonning birligi O’zbekiston xalqlarining mintaqadagi barcha millat vakillarining o’z milliy qadriyatlarini hamda o’z madaniyatini saqlashi va rivojlantirishi uchun teng huquqlar kafolatlanishi, milliy madaniyatlarning, madaniy an’analar va xususiyatlarning himoya qilinishi va rivojlantirilishi, ta’limda etnik va boshqa kamsitishlarga yo’l qo’yilmasligini taqozo etadi. Ko’plab ilmiy izlanishlar jamiyatdagi iqtisodiy o’zgarish va dunyodagi globallashuv jarayoni bilan bog’liq holda olib borilgan. Bu muammoni hal qilish uchun nazariyotchilar va amaliyotchilarning lug’atidan bugungi kunda ko’p ham ishlatilavermaydigan baynalminallik kabi tushunchani e’tibordan chetda qoldirmaslik kerak. O’quvchilarning xalqaro ta’limi intensivligining pedagogik omillarini o’rgangan rus olimi O.I.Lesher, hammadan ko’proq hayot va kundalik hayotni xalqarolashtirish tendensiyasi mavjudligini aniqladi.
Zamonaviy maktablarda o’quv jarayoni ko’p millatli o’quvchilar tarkibiga ega bo’lgan akademik sharoitida amalga oshiriladi, bu albatta maktabda yoshlar o’rtasida millatlararo munosabatlar madaniyatini shakllantirishga turtki beradi. Galimova o’quvchilarni umuminsoniy va vatanparvarlik bilan tarbiyalashning pedagogik shartlariga ta’sir ko’rsatib, o’quvchilarni xalqaro va vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning mazmuni, usullari va vositalarini takomillashtirish va xalqaro o’zaro munosabat madaniyatini shakllantirish orqali ushbu muammoni halqilishda deformatsiyalar va nomutanosibliklarni bartaraf etishning aniq usullarini taklif etadi.Millatlararo munosabatlar madaniyatini shakllantirishga zamonaviy yondashuv ta’lim tizimini yangilashning asosiy pozitsiyalariga asoslanishi kerak, ya’ni o’quvchilar hayotini demokratlashtirish, maktabdagi munosabatlarni insonparvarlashtirish, oliy ta’limni gumanitarlashtirish, o’quvchilarning o’quv va ilmiy-ishlab chiqarish faoliyatining noan’anaviy shakllari va usullarini izlash. Maktab zamonaviy amaliyoti yoshlarning vatanparvarlik va xalqaro ta’limni kuchaytirish, millatlararo o’zaro munosabat madaniyatini rivojlantirish zarurligini ko’rsatmoqda. Maktab ta’limining mazmuni va shakllari va usullari ularni jamiyatdagi, davlatdagi o’zgarishlarga mos ravishda, xususan, O’zbekiston Respublikasi fuqarolarining milliy o’ziga xosligini hisobga olgan holda yangilashni talab qiladi. Hozirgi kunda milliy o’ziga xoslik milliy nigilizm, boshqa millatdagi odamlarga dushmanlik yoki aksincha, o’z madaniyati va boshqa xalqlarning madaniyatiga befarqlik bilan kurashmoqda. Barcha darajadagi millatlararo muloqot mazmunli, birinchi navbatda, insonparvarlik maqsadlariga intilishini ta’minlash muhimdir. O’quvchilar o’rtasida millatlararo o’zaro munosabat madaniyatini shakllantirishga e’tibor qaratish tavsiya etiladi, chunki bu millatlararo munosabatlarning har qanday sohasining atributidir.
|
| |