Uzluksiz ta’lim jarayonida boshlang`ich sinf o`qituvchilarining axborot kompetentligi kasbiy tayyorligini tushuntirish




Download 498,75 Kb.
bet3/32
Sana20.06.2024
Hajmi498,75 Kb.
#264765
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32
Bog'liq
Boshlang’ich ta’limda aktdan foydalanish fanidan maruzlar matni-fayllar.org

2.Uzluksiz ta’lim jarayonida boshlang`ich sinf o`qituvchilarining axborot kompetentligi kasbiy tayyorligini tushuntirish

Referat haqida to'liq ma'lumot:



Boshlang‘ich ta`limda innovatsion texnologiyalardan foydalanish yo‘llari
Ta`lim jarayonida ilg‘or pedagogik texnologiyalar
Pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etilgan darslar
O‘quvchilarning fikr doirasi, ongi, dunyoqarashlarini o‘stirish, ularni erkin tinglovchidan erkin ishtirokchiga aylantirmoq nihoyatda muhimdir. O‘qituvchi darsda boshqaruvchi o‘quvchilar esa, ishtirokchiga aylanmog‘i lozim. Ana shu vazifani uddalashda innovatsion faoliyat ustunligi ko‘p qirrali samara keltiradi.
Boshlang‘ich ta`lim umumta`lim maktablarining bosh bo‘g‘ini bo‘lgani sababli ana shu jarayonda o‘quvchi shaxsining mukammal rivojlanib borishiga ko‘proq e`tibor berish lozim. Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining mas`uliyatlari cheksizdir. Ular maktab ostonasiga endigina qadam qo‘ygan o‘quvchilarni maktab hayotiga ko‘niktirib, zamonaviy bilim olishlariga yo‘l ochib beradilar. Bolalarning o‘qishga munosabatlari, aqliy salohiyatlari ana shu davrda shakllanadi. Bu ham boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining vazifasi mas`uliyatli ekanligini ko‘rsatadi.
Pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etilgan darslar tashkiliy usullari, o‘tkazish metodlariga ko‘ra o‘quvchi ehtiyojiga mos tushishi kerak. Chunki bunday darslar bola ruhiyatiga yaqinroq bo‘ladi. O‘quvchilarning o‘quv materiallarini o‘zlashtirishga bo‘lgan qiziqish, xohish va istaklarini qo‘zg‘otish asosida maqsadga erishish motivatsiya bo‘lib, bu o‘qituvchi va o‘quvchilarning o‘zaro ichki yaqinlashuvidir.

Boshlang‘ich sinfda ta`lim jarayonida o‘quvchilarning o‘qish motivini rivojlantirish katta ahamiyatga ega. Chunki motiv o‘quvchilarni ta`lim jarayoniga qiziqtiradi, darsga faol qatnashishga, bilimlarni egallashga undaydi. Interfaol metodlar o‘qish motivini rivojlantirishga katta yordam beradi.


Boshlang‘ich sinflarda ko‘proq bolalarning yoshini, bilim saviyasini hisobga olish lozimligini unutmaslik kerak. Ularga oddiy, oson va vaqt kam sarflanadigan o‘yin mashqlardan foydalanib, darslar o‘tish yaxshi samara beradi. Ko‘proq atrof-muhit bilan bog‘lab o‘tilgan mashg‘ulotlar bolalar ongini, dunyoqarashini, erkin fikrlash, bayon etish qobiliyatini, mustaqil ishlash ko‘nikmasini rivojlantiradi.
Innovatsion texnologiyalardan dars jarayonida foydalanishning o‘ziga xosligi shundaki, ular o‘qituvchi va o‘quvchilarning birgalikdagi faoliyati orqali amalga oshiriladi. O‘qitish jarayoni o‘qituvchi hamda o‘quvchilar faoliyatini o‘z ichiga oladi. O‘qituvchining faoliyati o‘quv materialini bayon qilish, o‘quvchilarning fanga bo‘lgan qiziqishini orttirish, fikrini teranlashtirish va e`tiqodini shakllantirish, o‘quvchilarning mustaqil mashg‘ulotlariga rahbarlik qilish, ularning bilim, ko‘nikma va malakalarini tekshirish hamda baholashdan iborat. O‘z ishiga ixlos bilan qaragan o‘qituvchida chinakkam ehtiros bo‘ladi.
Darsning oldindan loyihasi, ya`ni texnologik xaritasi tuziladi.

Texnologik xarita tuzish uchun o‘qituvchi darsning har bir bosqichida amalga oshiriladigan ishlar, ularda o‘qituvchining pedagogik va o‘quvchilarning o‘quv bilish faoliyatini tashkil etish, boshqarish va faollashtirish yo‘llari, teskari aloqani amalga oshirish, ularga ajratilgan vaqtni aniq belgilash lozim. Texnologik xaritada albatta tashkiliy qism, yangi mavzuning motivatsiyasi, o‘quvchilar bilimini tekshirish, yangi mavzuni o‘rganish va uni mustahkamlash, erishilgan natijalarni tahlil qilish va yakun yasash kabi bosqichlari bo‘ladi. Bunda o‘qituvchi va o‘quvchining dars davomida bajaradigan ishlari bosqichma-bosqich qayd etiladi. Dars texnologik xaritasining mukammal tuzilishi, maqsad va vazifalarini amalga oshirish, samaradorlikka erishish va bosqichlar o‘rtasidagi uzviylikni ta`minlash, vaqtdan unumli foydalanish imkonini beradi.


“Baliq skeleti” texnologiyasi
Ushbu texnologiya baliq model chizmasi orqali namoyish etilib, bunda o‘quvchilar o‘rtaga tashlangan muammoni har tomonlama ochib berishga harakat qiladilar. Baliq skeleti chizmasi vatmanga chizilib uning tepa qismiga yechilishi kerak bo‘lgan muammo yoziladi. Pastki qismiga muammoni hal etilish yo‘llari yozib boriladi. Masalan, yo‘l harakati darslarida “Yo‘l qoidalari” mavzusida “Svetofor nima uchun kerak?” muammosi qo‘yilsa, bolalar o‘z fikrlari bilan baliq sklitini boyitib boradilar.

Pedagogik texnologiyalarning mazmuni va mohiyati.


Ta’lim jarayoni nihoyatda murakkab jarayon bo’lganligi uchun ta’lim samaradorligi pedagog va o‘quvchi faolliligiga, ta’lim vositalarining mavjudligiga, ta’lim jarayonining tashkiliy, ilmiy, metodik mukammalligiga bog‘liq.
O‘zbekistonda bozor munosabatlariga asoslangan iqtisodiy tuzilmalar yaratilayotgan hozirgi kunda keng, chuqur bilimli va bilimlarni amalda qo‘llay oladigan shaxslarga talab kuchayib bormoqda. Bilimdon va tadbirkor, ijtimoiy faol shaxs jamiyat hayotida, mehnatda o‘zining o‘rnini topadi. Bunday faollik vujudga kelishi uchun bilimdon va harakatchan, milliy istiqlol g‘oyasiga sodiq bo‘lgan shaxsni shakllantirish kerak va avvalo har tomonlama rivojlangan, sog’lom fikr yuritadigan, jahon yoshlari bilan har sohada raqobatbardosh, ma’naviy barkamol yoshlarni tarbiyalamoq zarur. Intellektual salohiyatli barkamol yoshlarni tarbiyalashda esa yurtimiz har bir pedagogining o’z kasbiga bo’lgan ma’suliyati va bilimlari zarur bo’ladi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimov o’zining “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” asarida o’qituvchilarning o’quvchilarni har tomonlama rivojlantirishga ta’sirini yuqori baholab shunday degan edi: “Barchamizga ayonki, inson qalbiga yo’l avvalo ta’lim-tarbiyadan boshlanadi. Shuning uchun qachonki bu hamqda gap ketsa, ajdodlarimiz qoldirgan bebeho merosni eslash bilan birga, ota-onalarimiz qatori biz uchun eng yaqin bo’lgan yana bir buyuk zot – o’qituvchi murabbiylarnining olijanob mehnatini hurmat bilan tilga olamiz.
Biz yurtimizda yangi avlod, yangi tafakkur sohiblarini tarbiyalashdek ma’suliyatli vazifani ado etishda birinchi galda ana shu mashaqqatli kasb egalariga suyanamiz va tayanamiz, ertaga o’rnimizga keladigan yoshlarning ma’naviy dunyosini shakllantirishda ularning xizmati naqadar beqiyos ekanini o’zimizda yaxshi tasavvur qilamiz4”.
Bugun ta’lim-tarbiya jarayoniga alohida maqsad qo’yilgan. Bu o’quvchilarga ijodiy jihatdan o’z-o’zlarini namayon qilishlari uchun imkoniyat yaratish va ularda ijobiy-shaxsiy sifatlarning shakllanishiga ko’maklashishdan iborat. Shu boisdan ham, bugungi kunda o’quvchilarning faolligini oshirish, bilimlarini yaxshilash maqsadida ta’lim samaradorligini oshiruvchi pedagogik texnologiyalardan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi.
Milliy ta’lim ravnaqini ta’lim tarbiya amaliyotida samarali va tejamli, yangi shakl, vositalarni qo’llash, izlanish orqali yuqori natijalarga erishishni ko’zlovchi pedagogik texnologiyalar ta’minlaydi.
Nima uchun bugungi kunda pedagogik texnologiyaning nazariy asosini yaratish va amaliyotga tatbiq etish zaruriyati tug’ildi? «Pedagogik texnologiya» nimani anglatadi?
Pedagogik texnologiyalar ta’lim-tarbiya jarayonini ilg’or vositalari, metodlar, texnik vositalar, usullariga tayanib takomillashtirish tizimi hisoblanadi. Bu tizim o’qituvchi tomonidan yaratiladi, ta’lim-tarbiya bosqichlarini o’zaro bog’lashga xizmat qiladi. Uning mzmuni va vazifalarini, maqsadini oldindan belgilash, ta’lim-tarbiyaning shakllari va vositalarini tayyorlash, o’quvchida shakllantirish ko’zda tutilgan ma’naviy sifatlarni o’zlshtirishga yo’naltirilgan darslarni rejalashtirish kabilarni o’z ichiga oladi.
Ta’limning barcha bo‘g‘inlarini shunday tashkil etish kerakki, u yoshlarga chuqur va asosli bilim berish bilan birga keng qamrovli fikrlashga o‘rgatsin. Pedagogik texnologiyaning asosiy mohiyati o’quvchilarni qiziqtirib o‘qitish va bilimlarni to‘liq o‘zlashtirishga erishishdir. Ta’limda berilayotgan bilimlarni o’quvchilarning ko‘pchilik qismi puxta o‘zlashtirishi pedagogik texnologiya joriy etilishining asosiy maqsadi hisoblanadi.
Pedagogik texnologiya ta’lim-tarbiya jarayonining mavjud qonuniyatlariga, mamlakatimiz rivojlanishining o’ziga xos xususiyatlariga, tarixiy taraqqiyot tajribalariga asoslanadi. Pedagogik texnologiyani yaratish milliylik va muminsoniylik tamoyillariga, insonparvarlik va demokratiya prinsiplariga, ijodkorlik va tashabbuskorlikka tayanadi
Bugungi kunda fan-tеxnikaning rivojlanishi bilan inson faoliyati nihoyatda kеngayib, yangi tеxnologiyalar kirib kеlmoqda. Sifat o‘zgarishlari shundan dalolat bеradiki, endilikda yangi mеtodikalarni talab etadigan va ta’lim jarayonining ajralmas qismiga aylanib borayotgan, unga o‘zining ma’lum xususiyatlarini joriy etadigan yangi tеxnikaviy, axborotli, audiovizualli, vositalar ham mavjud bo‘lib, ular zamonaviy pеdagogik tеxnologiyalarni aniq voqеlikka aylantirdi.
Pеdagogik tеxnologiya mohiyat-е’tibori jihatidan boshqa tеxnologiyalar bilan bir safda turadi, chunki ular ham boshqalari qatori o‘z xususiy sohasiga, mеtodlari va vositalariga egadir. Biroq pеdagogik tеxnologiya inson ongi bilan bog‘liq bilimlar sohasi sifatida murakkab va hammaga ham tushunarli bo‘lmagan pеdagogik jarayonni ifoda etishi bilan ishlab chiqarish va axborotli tеxnologiyalardan ajralib turadi. Uning o‘ziga xos xususiyati – tarbiya komponеntlarini mujassamlashtirganidir.
Pedagogik texnologiya boshqa sohalardagi texnologik jarayonlar bilan uzluksiz boyib boradi va an’anaviy o‘quv jarayoniga, uning samarasini oshirishga ta’sir ko‘rsatishning yangi imkoniyatlarini egallab oladi.
Ta’lim-tarbiya jarayonida pedagogik texnologiyalarni qo‘llash avvalo, pedagogik munosabatlarni rivojlantirish va demokratlashtirishni talab etadi, chunki ularni amalga oshirmay turib qo‘llangan har qanday pedagogik texnologiya kutilgan samarani bermaydi.
Pedagogik munosabatlarni rivojlantirish va demokratlashtirish asosidagi pedagogik texnologiya avtoritar texnologiyaga qarama-qarshi bo‘lib, pedagogik jarayonda hamkorlik, g‘amxo‘rlik, ta’lim oluvchilar shaxsini hurmat qilish va e’zozlash orqali shaxsning tahsil olishi, ijod bilan shug‘ullanishi va o‘zini o‘zi rivojlantirishiga qulay ijtimoiy va psixologik muhit yaratadi. Mazkur jarayonda talaba o‘z o‘quv faoliyatining subyekti sanaladi va pedagog bilan hamkorlikda yagona ta’lim jarayonining subyekti - ta’lim-tarbiya vazifalarini hal etadi.
Pedagogik texnologiyalar ta’lim jarayonining unumdorligini oshiradi, o’quvchilarni mustaqil fikrlash jarayonini shakllantiradi, o’quvchilarda bilimga ishtiyoq va qiziqishni oshiradi, bilimlarni mustahkam o’zlashtirish, ulardan amaliyotda erkin foydalanish ko’nikma va malakalarini shakllantiradi.
An’anaviy o’qitish tizimi, aytish mumkinki, yozma va o’g’zaki so’zlarga tayanib ish ko’rishi tufayli ”axborotli o’qitish” sifatida tafsiflanadi, chunki o’qituvchi faoliyati birgina o’quv jarayonining tashkilotchisi sifatida emas, balki nufuzli bilimlar manbaiga aylanib borayotganligini ta’kidlagan holda baxolanmoqda.
Birinchidan, pedagogik texnologiya ta`lim (tarbiya) jarayoni uchun loyihalanadi. Binobarin har bir jamiyat shaxsni shakllantirish maqsadini aniqlab beradi va shunga mos holda ma`lum pedagogik tizim mavjud bo’ladi. Bu tizimga uzluksiz ravishda ijtimoiy buyurtma o’z ta`sirini o’tkazadi va ta`lim-tarbiya mazmunini umumiy holda belgilab beradi. «Maqsad» esa pedagogik tizimning qolgan elementlarini o’z navbatida yangilash zarurligini keltirib chiqaradi.
Ikkinchidan, ilmiy texnik taraqqiyotning rivojlanayotgan bosqichida axborotlarning keskin ko’payib, fan va texnikaning rivojlanishi bilan inson faoliyati chegarasi nihoyatda kengayib borayotganligi va o’qitish imkoniyatlari katta bo’lgan yangi texnologiyalarning ta’lim sohasiga kirib kelayotganligi, o’qitish jarayonida foydalanish uchun vaqtning chegaralanganligi, shuningdek yoshlarni hayotga mukammal tayyorlash talablari ta’lim tizimiga yangi texnologiyalarni joriy etishni taqozo etmoqda. Yangi metodikalarni talab etadigan va ta`lim jarayonining ajralmas qismiga aylanib borayotgan va unga o’zining ma`lum xususiyatlarini joriy etadigan yangi texnikaviy, axborotli, audiovizualli vositalar mavjudki ular yangi pedagogik texnologiyalarni real voqelikka aylantirdi.
Uchinchidan, sanoat va boshqa texnologiyalarning auditoriyaga uzluksiz kirib kelishi va jonli o’quv ob’ektlariga aylanishi o’qituvchining an’anaviy metodika doirasidan chiqib ketishiga va tabiiy ravishda, texnologik yondashuvlarni qo’llashga ehtiyojni tug’dirmoqda.
Bugunning har bir pedagogi har tomonlama rivojlangan, yetuk, barkamol avlodni tarbiyalab, davlatimizga munosib mutaxassis yetkazishni o’z oldiga asosiy maqsad qilib qo’yadi. Shunday ekan, u pedagogik texnologiyalar asosida darsni tashkil etish va ta’lim sifati, samaradorligini oshirishda o’z hissasini qo’shish zimmasidagi asosiy vazifalardan biri ekanligini unutmasligi lozim.
"Texnologiya" tushunchasi texnikaviy taraqqiyot bilan bog’liq holda fanga 1872-yilda kirib keldi va yunoncha ikki so’zdan texnos- san`at, hunar va logos-fan, ta`limot so’zlaridan tashkil topib, "hunar fani " ma`nosini anglatadi. Biroq bu ifoda texnologik jarayonni to’liq tavsiflab berolmaydi, texnologik jarayon har doim zaruriy vositalar va sharoitlardan foydalangan holda amallarni (operatsiyalarni) muayyan ketma-ketlikda bajarishni ko’zda tutadi. Yanada aniqroq aytadigan bo’lsak, texnologik jarayon, bu – mehnat qurollari bilan mehnat ob`ektlari (xom ashyo) ga bosqichma- bosqich ta`sir etish natijasida mahsulot yaratish borasidagi ishchi (ishchi-mashina) ning faoliyatidir. «Pedagogik texnologiya» so‘z birikmasi asosida «texnologiya», «texnologik jarayon» tushunchalari yotadi. Ushbu tushunchalar orqali sanoatda tayyor mahsulotni olish uchun bajariladigan ishlarning ketma-ketligi haqidagi texnik hujjat, ta’limda esa fan bo‘yicha uslubiy tadbirlar majmuasi tushuniladi. Pedagogik texnologiyani tushunishning asosiy yo‘li aniq belgilangan maqsadlarga qaratish, ta’lim oluvchi bilan muntazam o‘zaro aloqani o‘rnatish, pedagogik texnologiyaning falsafiy asosi hisoblangan ta’lim oluvchining xatti-harakati orqali o‘qitishdir. O‘zaro aloqa pedagogik texnologiya asosini tashkil qilib, o‘quv jarayonini to‘liq qamrab olishi kerak.


Download 498,75 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32




Download 498,75 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Uzluksiz ta’lim jarayonida boshlang`ich sinf o`qituvchilarining axborot kompetentligi kasbiy tayyorligini tushuntirish

Download 498,75 Kb.