Boshlang’ich ta’limda aktdan foydalanish fanidan maruzlar matni




Download 498,75 Kb.
bet9/32
Sana20.06.2024
Hajmi498,75 Kb.
#264765
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   32
Bog'liq
Boshlang’ich ta’limda aktdan foydalanish fanidan maruzlar matni-fayllar.org

9.Arxivlash dasturlari.

Arxivlash dasturlari anchagina. Ular qo'llanadigan matematik usullar, arivlash, arxivni ochish tezligi va eng asosiysi, siqish samaradorligi bilan bir-biridan farq qiladi.


Axivlash dasturlaridan dasturlarni yetarli darajada tez va yaxshi ishlaydiganlari PKZIP, LHARC, ARJ, RAR dasturlaridir.
Arxiv fayl yagona faylga birlashtirilgan bir yoki bir necha faylning siqilgan xoldagi ko'rinishi bo'lib, undan kerakli xollarda fayllarni dastlabki ko'rinishida chiqarib olish mumkin. Arxiv fayllar nomlarini ko'rsatuvchi mundarijaga ega bo'ladi.
Arxivda joylashgan har bir fayl haqida ma'lumot beruvchi mudajirada quyidagilar joylashgan bo'ladi; fayl nomi;
fayl joylashgan katalog haqida ma'lumot;
fayl o'zgartirilganligini ko'rsatuvchi sana va vaqt;
faylning diskdagi, arxivdagi o'lchamlari ba paramatrlari.
PKZIP/PKUNZIP va ARJ dasturlari arxiv fayllarning nomlari, odatda quyidagi kengaytmaga ega bo'ladi:
ZIP-PKZIP dasturlari arxiv fayllar uchun; ARJ-ARJ dasturi arxiv fayllar uchun.
Fayllarni arxivlash bilan ARJ dasturi misolida tanishib chiqamiz. Agar MATN kataloglaridagi fayllarni arxivlash lozim bo'lsa, arj a matn
ro'rinishida buyruq beriladi.
Bu yerda arj arxivlash dasturining nomi, a-"add"(qo'shimcha qilmoq) so'zidan olingan arxivni tuzish yoki mavjud arxivga fayllarni qo'shimcha qilish amalini anglatuvchi ko'rsatma, matn esa hosil qilinadigan arxiv faylning nomi. Mazkur buyruq berilgandan so'ng fayllarni arxivga joylashtirish boshlanadi va bunda har bir faylning nomi hamda uning siqilish foizi ko'rsatilib boriladi.
Dastur ishi tugagandan so'ng, katalogdagi barcha fayllarni o'z ichiga olgan matn.arj arxiv fayli hosil bo'ladi.(Fayl nomidagi arj kengaytmani arxivlash dasturining o'zi qo'shadi.)
Mazkur buyruq LHars arxivlash dasturi uchun LHars a matnKo'rinishida, PKZIP arxivlash dasturi uchun Pkzipa matn ko'rinishida bo'ladi. Buyruqlar mos ravishda matn.Izh va matn.zip fayllarini hosil qiladi.Joriy katalogdagi fayllarni bir buyruq yordamida boshqa katalog yoki boshqa diskka arxivlash ham mumkin. Buning uchun buyruq ko'rinishini quyidagicha bo'ladi; Arj a c:\archive\mtn yoki ar matn
Birinchi buyruq matn.arj faylini С diskdagi ARCHIVE kataloggida, ikkichi buyruq A diskning bosh katalogida xosil qiladi.
Arxivdagi fayllarning yangiroq versiyasi ustida eskiroq versiyasini yozmaslik uchun arxivni yangilash amali mavjud. Bu maqsadda Arj .matn
Ko'rinishidagi buyrudan foydalaniladi. U harfi updute ("обновить''-yangilash) so'zidan olingan bo'lib, buyruqning bajarilishida matn.arj fayliga katalogdagi unda yo'q bo'lgan fayllar va yangi
versiyasi maavjud bo'lgan fayllar qo'shiladi. Fayllar versiyasining yangiligi ular diskka saqlangan vaqt bo'yicha aniqlanadi.
Arxiv fayl ichidagi malumotlarni yo'qotgan xolda katalogdagi barcha fayllarni arxiv joylashtirish mumkin. Bunda buyruq arj m
matn ko'rinishida bo'ladi.
Yuqoridagi buyruqlar kiritilgach, ular ko'rsatilgan amallarni bajarishga kirishadilar. Ekranda arxivga kiritilayotga fayllar nomlari tasvirlanadi.
Har bir faylni "siqishda" faylning qayta ishlangan foizi yoki bu jarayonni ko'rsatuvchi gorizantal chiziqcha hosil bo'ladi. Faylni arxivlash tugatilgach , uning qarshisida siqilish darajasi haqida xabar chiqariladi. Shuni ta'kidlash kerakki, ARJ va PKZIP dasturlari siqilish darajasi xaqidagi xabarni turli xilda ko'rsatadi. Masalan,. Agar dastlabki faylni 10 marta siqilsa ARJ dasturi ishi tugagach 10% ni, PKZIP esa 90%ni ko'rsatadi.
Arxivni ochish , yani undagi fayllarni olish uchun yuqoridagi buyruqda a harfi o'rniga e harfi qo'yiladi. Arj a matn lharc e matn yoki prunzip matnArxivlarni ochishda faqat oxirgi buyruqda PKZIP o'rniga PKUNZIP dasturi bajarilishini ko'rish mumkin.
Mazkur buyruqlarni bajarilishida fayllar arxivdan ketma-ket chiqariladi va joriy katalogga yoziladi. Navbatdagi biror faylni arxivdan chiqarishda mazkur katalogda shu nomdagi fayl mavjud bo'lsa, kompyuter "Eski faylning ustiga yozamizmi?" deb so'raydi. Agar savolga Y (Yes) deb javob beralsa, eski fayl o'rniga yangisini yozadi, aks holda "Arxivdan chiqarilayotgan faylga yangi nom berish kerakmi?" deb so'raladi. Kerak bo'lsa, qanday nom berilishi ham ko'rsatiladi.
arj e matn-ubyrug'i ycrdamida mazkur katalagda bo'lmagan va yangiroq versiyasi mavjud bo'lgan fayllar arxivdan chiqariladi. Bunda yangilanadigan fayllarning xar biriga eskisining o'rniga yozish mumkinligi yoki yangi nom bilan yozish kerakligi haqida so'raladi.Katalogda mavjud eski versiyadagi fayllarni arxivdagi yangi versiyasi bilan kompyuterning so'rovisiz almashtirish ham mumkin. Bu maqsadda buyruq ko'rinishi quyidagicha beriladi arj e matn -u -yBoshqa katalog yoki diskda bo'lgan arxiv fayllani ochib, undagi fayllarni boshqa katalog yoki diskka joylashtirish mumkin. Buning uchun arxiv fayl joylashgan o'rin va undagi fayl joylashishi lozim bo'lgan o'rin buyruqda to'liq ko'rsatiladi. WinZip dasturini chaqirmagan holda ham arxiv yaratish mumkin. Bu usul Проводник dasturi orqali amalga oshiriladi:
Vazifalar panеlidagi Пуск tugmasini bosib Windows opеratsion tizimining asosiy mеnyusini oching;
asosiy mеnyudan «Программы»- «Проводник» buyrug‘ini tanlang. «Проводник» dasturining ishchi oynasi ochiladi..
C: \ Program Files \ WinZip papkalarini tanlang
sichqonchaning o`ng tugmasini papkaning ixtiyoriy joyida (fayllar nomi yozilgan ustundan tashqari) bosing. Fayllar bilan ishlash uchun kontеkst mеnyu namoyon bo`ladi.
Создать- WinZip File buyru/i tanlanganda «Проводник» ishchi oynasida yangi fayl – arxiv hosil bo`ladi.
WinZip File.zip nomini Readmi.1.zip ga o`zgartiring va “Enter” tugmasini bosing.
Arxivdan faylni o’chirish uchun quyidagi oynada Delete tugmasidan foydalaniladi.
WinRAR arxivatori xarakteristikasi.
Еvgеniy Roshal tomonidan tuzilgangan WinRAR arxivatori hozirgi kunda kеng qo`llanilmoqda. WinRAR dasturi boshqa arxivatorlarga nisbatan fayllarni, shu jumladan arxivlanishi yomon bo`lgan grafik va multimеdia fayllarini yaxshiroq ixchamlash imkoniyatiga ega. Ayniqsa, kichik, bir tipga mansub katta miqdordagi fayllarni arxivlashda ixchamlashning yuqori ko`rsatkichlariga erishish mumkin. WinRAR dasturining yana bir muhim imkoniyati shundaki, ushbu arxivator yordamida ko`p tomli arxiv, ya'ni bir nеchta qismga bo`lingan arxiv yaratish mumkin. Bunday ko`p tomli arxivni bir nеcha diskеtalarga yozish va kеyinchalik qiyinchiliksiz ularni ochish mumkin. Bunday imkoniyat fayl hajmi ixchamlangan taqdirda ham diskеta hajmidan katta bo`lganda qo`l kеladi.
Arxivatorning kamchiligi esa arxivlash jarayoni tеzligining pastligidir. Bu ixchamlash darajasining yuqoriligi bilan bog‘liqdir.Ammo WinRAR dasturi arxivlash jarayonini nihoyatda nozik sozlash imkonini bеradiki, ixchamlashning imkon qadar yuqori darajasini saqlagan holda, ishning tеzligini oshirish mumkin
WinRAR arxivatorini yuklash va uning ishchi oynasi bilan tanishish.
WinRAR dasturini ochish uchun:
vazifalar panеlidagi Пуск tugmasi bosiladi;
bosh mеnyudan Пуск – Программы- WinRAR- WinRAR kеtma-kеtligi tanlanadi.
Ekranda WinRAR dasturining ishchi oynasi ochiladi.
Oynaning yuqori qismida dastur oynasining standart atributlari - oyna sarlavhasi va mеnyu satri joylashgan.
Sarlavhada dastur nomi va oyna holatini o`zgartiradigan tugmalar joylashgan.
WinRAR dasturining ishchi oynasi tuzilishi
Quyida mеnyu satri ostida joylashgan dasturning asosiy tugmalari izohi bеrilgan:
- Fayllarni arxivga joylashtirish
- Arxiv faylni ochish;
Arxivdagi fayllarni tеkshirish
Faylni ko`rib chiqish

Quyida mеnyu satri ostida joylashgan dasturning asosiy tugmalari izohi bеrilgan:


- Faylni o`chirish;

- ilk foydalanuvchilar uchun Mastеrni chaqirish

Tanlangan fayl haqida axborot bеrish;
- Zarar еtgan arxivni qayta tiklash.
Tugmalar qatori ostida murojaat qilingan papka nomi yozilgan bo`ladi. Bizning misolimizda Widows ishchi stoli tasvirlangan
Oynada tanlangan papka tarkibi haqida to`rt ustunda

Oynaning pastki qismidagi «Holat satri» da oynada bеlgilab olingan fayl miqdori va hajmi haqidagi axborot yoziladi


Fayllarni arxivlash va virusdan himoyalash
Arxivlangan fayl-bu faylning ixchamlangan, siqilgan holati. Amalda fayllar bilan ishlashda, ya'ni fayllarni bir joydan ikkinchi joyga ko`chirishda, nusxa olishda, saqlab qo`yishda, elektron pochta orqali axborot yuborishda bunday fayllar bilan ishlash zarurati tug`iladi.

Download 498,75 Kb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   32




Download 498,75 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Boshlang’ich ta’limda aktdan foydalanish fanidan maruzlar matni

Download 498,75 Kb.