|
Boshqarish sistemalarini elementlarini sinflanishi. Elementlarni tushunchasi, fizikaviy-texnik shakllanishi. Elementlarni signallar bilan bajaradigan funksiyasi. O‘zbekiston olimlarining elementlar bazasini rivojlanishiga qo‘shgan
|
bet | 1/2 | Sana | 17.05.2024 | Hajmi | 213,91 Kb. | | #240617 |
Bog'liq Avtomatlashtirishga kirish
Boshqarish sistemalarini elementlarini sinflanishi. Elementlarni tushunchasi, fizikaviy-texnik shakllanishi. Elementlarni signallar bilan bajaradigan funksiyasi. O‘zbekiston olimlarining elementlar bazasini rivojlanishiga qo‘shgan hissalari. Yangi materiallar asosida yaratilgan elementlar.
Reja:
1. Umumiy ma’lumotlar.
2. Tavsiflar va datchiklarga qо‘yiladigan talablar
3.Elementlarni signallar bilan bajaradigan funksiyasi
Ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish – insonni qisman yoki tо‘liq shu jarayonlarda qatnashishdan ozod qiluvchi boshqarish sistemalari va texnik vositalarni qо‘llash. Avtomatlashtirish insonni aqliy mexnatini, ma’lumotlar yig‘ish, ularni ishlash, yechim qabul qilishni yengillashtiradi. Avtomatika sistemalarida ma’lumotlarni qabul qilish, uzatish, о‘zgartirish va qо‘llash inson tо‘gridag tо‘gri ishtirokisiz amalaga oshiriladi.
Ishlab chiqarishni borishi tо‘grisdagi ma’lumotlarni olish uchun datchiklar – turli fizik kattaliklarni (о‘lchamlar, harorat, bosim, sarf, tezlik, sath, namlik v.b)о‘zgartiruvchi keyingi avtomatika qurilmalari yoki EHMda ishlov berishga qulay signalaga о‘zgartiruvchi avtomatika elementlari qо‘llaniladi.
Zamonoviy texnikaninig rivojlanishi avtomatik boshkarish sistemasi rivojlanishi bilan uzviy bogliq. Zamonaviy tizimlar ancha murakkab intellektual bо‘lib ilmda, texnika va texnologiyalardagi masalalarni kengroq yechish imkoniyatini yaratadi.
Avtomatlashtirish sanoatda, energetikda va qishloq xо‘jaligida ishlab chiqarishni unumdorligini va maxsulot sifatini oshishini, mexnat va materiallar tejamini ta’minlaydi.
Zamonaviy avtomatlashtirilgan sistemalar yaratish va ularga xizmat kо‘rsatish uchun texnikaning turli soxalarida yuqori malakali mutaxassislar kerak. Bunday tayyorlashning muxim bosqichlaridan biri zamonaviy avtomatik tizimlar tashkil topgan turli xil elementlarni qо‘llash shartlari va funksional imkoniyatlari, ishlash prinsiplarii, konstruksiyalarini о‘rganishdir.
Avtomatik tizimlar qurilmalari va elementlarinii о‘rganish matematika, fizika, elektrotexnika, elektronika dasturlariga asoslangan. О‘z navbatida avtomatik boshqarish tizimlari qurilmalarni va elementlarni о‘rganish mutaxassislar tayyorlashni muxim qismi va maxsus texnik fanlarni muvafaqiyatli egallashni ta’minlaydi.
Ishlab chiqarishda mehnat unumdorligini oshishi ishlab chiqarishni mexanizatsiyalashtirilganligi va avtomatlashtirilganligiqa asoslangan.
Mexanizatsiya – qo‘l mehnati vositalarini mashina va mehanizmlar bilan almashtirish, ular yordamida inson og‘ir yuklarni ko’taradi, siljitadi, detallar yasashda metallarni kesadi, qo‘yadi, yer ostidan foydali qazilmalarni va yoqilg`ini qazib oladi. Lekin bu mehanizmlarni inson boshqaradi. Inson doimiy ravishda ishlab chiqarish borishini nazorat qilishi, tahlil kilishi, qaror qabul qilishi va bu jarayonga ta’sir ko`rsatishi kerak. Masalan: ishchi detalga, dastgohda ishlov berishida detal o`lchamlarininq o‘lchovi, uning sifatini aniqlashi ya’ni o‘lchov yo`li bilan ahborot olishi kerak. Demak mehanizatsiyada ishlab chiqarish jarayoni borishi davrida inson ishtiroki talab qilinadi
Ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish – ishlab chiqarish jarayonida tehnik vositalar va boshqarish tizimlarini qo‘llab insonni to’gridan to’gri jarayonlarda ishtirokidan ozod qilishdan iborat. Avtomatlashtirish insonni aqliy mehnatini engillashtirib, uni ahborot yig’ishi, uni qayta ishlash, qabul qilingan qarorni bajarishdan ozod qiladi. Avtomatika tizimida ahborot yig’ish, uzatish o`zgartirish va ahborotni qo‘llash inson ishtirokisiz amalga oshiriladi.
Ishlab chiqarish jarayoni borishi haqida ahborotni olish uchun datchik – turli fizik kattaliklarini (o‘lcham, temperatura, bosim, sarf, tezlik, sath, namlik va boshqalar) o`zgartiruvchi avtomatikaning elementi qo‘llaniladi. Datchik fizik kattaliklarni keyinchalik avtomatik qurilma yoki kompyutyerda qayta ishlashga qulay signalga aylantiradi. Keyin bu signal qayta ishlanadi: boshqa signallar bilan solishtiriladi, uni o‘zgarishi tahlil qilinadi.
Ahborot signallari qayta ishlanishi natijasida ijro signallari ishlab chiqiladi va ular texnologik jarayonga ta’sir ko‘rsatadi. Bu signallar avtomatikaning ijro elementlarida detal yoki instrumentni siljitadigan, kranni ochadigan yoki yopadigan yoki qizituvchi qurilmani o‘chiradigan mehanik ta’sirga o‘zgaradi. Ta’sir ko’p energiya talab qilishi sababli ahborot signallarini kuchaytirish ko’zda tutiladi.
Avtomatika sistemasi boshqarilayotgan texnologik jarayon borishi to‘g‘risida ma’lumotlarni olish, uni ishlash va jarayonga boshqaruvchi ta’sirni shakllantirish uchun mo‘ljallangan. Bajadigan vazifasiga ko‘ra avtomatik sistemalar quyidagilarga farqlanadi:
Avtomatik signal berish sistemasi
Avtomatik nazorat sistemasi
Avtomatik himoya va blokirovka qilish sistemasi
Avtomatik ishga tushirish va to‘xtatish sistemasi
Avtomatik boshqarish sistemasi
Avtomatik signal berish sistemasi xizmat ko‘rsatayotgan hodimlarni biron-bir texnologik qurilmani holati, biron-bir jarayonni borishi haqida signal berishga mo‘ljallangan.
Avtomatik nazorat sistemasi biron-bir jarayonni borishi yoki biron bir qurilmani ishini xarakterlovchi kattaliklar va turli parametrlarni inson ishtirokisiz nazoratini amalga oshiradi.
Avtomatik himoya va blokirovka qilish sistemasi texnik agregatlar va qurilmalarda avariya holatlarni paydo bo`lishini oldini olishga xizmat qiladi.
Avtomatik ishga tushirish va to`xtatish sistemasi oldindan berilgan dastur bo`yicha turli xil motorlar va yuritgichlarni ishga tushirish va to`xtatishni ta’minlaydi.
Avtomatik boshqarish sistemasi biron bir jarayonni yoki biron-bir texnik agregatni ishini boshqarishga mo`ljallangan.
Avtomatik boshqarish sistemasi eng muhim va murakkabdir. Boshqarish deb keng ma’noda qo`yilgan maqsadaga erishishni ta’minlovchi biron-bir jarayonni tashkil etishga aytiladi.
Avtomatika – inson ishtirokisiz boshqarishning umumiy qonuniyatlarini o‘rganadigan kibernetika fanining texnikaga oid tarmog`i bo‘lib, avtomatik sistemalar nazariyasini, ularni hisoblash va qurish asoslarini hamda sanoatda qo‘llash masalalarini o‘rganadigan fandir.
Fanni o‘rganishdan asosiy maqsad – ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirishni keng rivojlantirish va takomillashtirish asosida texnologik mashinalarning eng qulay sharoitlarda qulay ishlashini, mahsuldorlik va mahsulot sifatini yuqori ko‘rsatkichlarga ega bo‘lishini va shu bilan birga mehnat madaniyatini yuqori bo‘lishini ta’minlashdan iborat. Buning uchun texnologik jarayonlarni tayyorlovchi muhandis texnologlar avtomatlashtirish asoslarini va uning texnik vositalarini tuzilishini hamda ishlash asoslarini mukammal bilishlari, avtomatlashtirish bo‘yicha davlat standartlari talablariga amal qilishlari va bu soha bo‘yicha tuzilgan ma’lumotnomalardan yaxshi foydala bilishlari lozim.
Fanni o‘rganish borasida talabalar, ya’ni bo`lg’usi muhandislar avtomatik qurilmalarning ishlash asoslarini, ularning afzallaiklari va kamcxilliklarini, qo‘llanilish sohalarini, avtomatlashtirish ob’ektlari bo‘lgan mashina-mehanizmlarni, agregatlarning xususiyatlarini; avtomatik boshqarish, nazorat, himoya, rostlash va boshqa sistemalarning nazariy asoslarini mukammal egallashlari va ularning qo‘llanilishi borasida chuqur bilimga ega bo‘lishlari kerak.
Avtomatika va avtomatlashtirish asoslari muhandislik bilimlarini shakllantirishda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan asosiy fanlardan biri hisoblanadi. Chunki hozirgi kunda texnika va xalq xo‘jaligini barcha sohalarini rivojlanishini avtomatlashtirishsiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Chunki zamonaviy mikroelektronika asosida tuzilgan ixcham, mustahkamligi yuqori, sifatli avtomatik qurilmalar xalq xo`jaligining turli sohalaridagi mashina va mexanizmlarni boshqarishda asosiy boshqarish vositalari bo‘lib hizmat qilmoqda.
1930 yilda ikkinchi xalqaro energetiklar anjumanida avtomatik, telemehanik va tenologik boshqarish va himoya masalari bo‘yicha seksiya tuzilgan bo‘lib, shu davrdan boshlab avtomatika mustakil fan va texnika sohasi bo‘lib rivojlanib kelmoqda. 1944 yili birinchi elektron hisoblash mashinalarining yaratilishi ayni vaqtda avtomatikani hisoblash, ilmiy izlanishlar, hamda xalq xo`jaligining barcha sohalarida loyihalash ishlariga kirib kelishiga sabab bo‘ldi. Radioelektronikaning jadal suratlar bilan rivojlanishi esa elektron lampalarni va yarimo‘tkazgichli asboblarni, avtomatik qurilmalarni texnologik jarayonlarda keng qo‘llanilishiga olib keldi. Bunga elektron va yarimo‘tkazgichli asboblarning ixchamligi, tezkorligi, puxtaligi va yuqori sezgirlikka egaligi sabab bo‘ldi.
Avtomatika va avtomatlashtirish asoslari fani avtomatik boshqarish sistemalarining umumiy tuzilishi va ularni tadqiq qilish usullarini o‘rgatadi. Bu usullar sistemalardagi fizik tabiati har xil bo‘lgan jarayonlar uchun yaroqli bo‘lib, xalq xo`jaligini turli sohalarida boshqarish sistemalarini loyihalashda nazariy asos hisoblanadi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Boshqarish sistemalarini elementlarini sinflanishi. Elementlarni tushunchasi, fizikaviy-texnik shakllanishi. Elementlarni signallar bilan bajaradigan funksiyasi. O‘zbekiston olimlarining elementlar bazasini rivojlanishiga qo‘shgan
|