Boshqarish sistemalarini elementlarini sinflanishi. Elementlarni tushunchasi, fizikaviy-texnik shakllanishi. Elementlarni signallar bilan bajaradigan funksiyasi. O‘zbekiston olimlarining elementlar bazasini rivojlanishiga qo‘shgan




Download 213,91 Kb.
bet2/2
Sana17.05.2024
Hajmi213,91 Kb.
#240617
1   2
Bog'liq
Avtomatlashtirishga kirish

Asosiy tushunchalar
Boshqariluvchi ob’ekt (rostlanuvchi ob’ekt) – bu shunday qurilmaki, uni talab qilingan ish rejimi tashqaridan maxsus tashkil etilgan boshqaruvchi ta’sirlar orqali ushlab turiladi.
Boshqarish – boshqariluvchi ob’ektni talab qilingan ish rejimini ta’minlovchi boshqaruvchi ta’sirlar hosil qilishdir.
Rostlash – boshqarishni bir ko‘rinishi bo‘lib, u boshqariluvchi ob’ektni chiqish miqdorini ma’lum qiymatini ushlab turishdir.
Avtomatik boshqarish – bu odam ishtirokisiz boshqarish demakdir.
Boshqaruvchi qurilma – (avtomatik boshqarish qurilmasi) bu belgilangan ish rejimini ta’minlash uchun boshqariluvchi ob’ektga ta’sir ko‘rsatuvchi qurilma.
Avtomatik sistema – AS (ABS, ARS) – o‘zaro ta’sirlanuvchi boshqariluvchi ob’ekt va boshqaruvchi qurilma yig`indisi.
Demak avtomatika sistemasi datchik kuchaytiruvchi-o‘zgartiruvchi va ijro elementlaridan tashkil topgan.
Avtomatika sistemasi uchun eng universal va qulay elektr signalidir. Boshqa signallar (pnevmatik, yoki gidravlik) dan elektr signali quyidagi qulaylikliklarga ega:

  1. Elektr signalini uzoq masofalarga uzatish mumkin

  2. Elektr signali energiyasini boshka tur energiyalarga birinchi navbatda mehanik va issiklik energiyalariga o‘zgartirish mumkin.

  3. Elektr signalini texnik vositalar yordamida kuchaytirish mumkin.

Shu sababli avtomatikada eng ko`p tarqalagan signal elektr signalidir.


Avtomatika sistemasi boshqariladigan jarayon haqida axborot olish, uni qayta ishlash va jarayonga ta’sir ko‘rsatuvchi boshqaruvchi ta’sirni shaklllantir uchun mo`ljallangan. Bajarish vazifasiga ko‘ra quyidagi avtomatik sistemalari mavjud:
- Avtomatik singal berish sistemasi
- Avtomatik nazorat sistemasi
- Avtomatik himoya va blokirovka sistemasi
- Avtomatik ishga tushirish va to`xtatish sistemasi
- Avtomatik boshqarish sistemasi
Avtomatik boshqarish sistemasi eng murakkab va muhimdir. Boshqarish keng ma’nodagi so‘z bo‘lib, qo‘yilgan maqsadga erishish uchun biron-bir jarayonni tashkil etish tushuniladi.

1-rasm. ABT funksional sxemasi


Boshqaruvchi qurilma (BQ) bilan boshqariladigan obyekt (BO) yig`indisi avtomatik boshqarish sistemasini tashkil etadi. BO holati chiqish kattaligi h, harakterlanadi. BO kirishiga boshqaruvchi ta’sir U beriladi.
F – g`alayonli ta’sir yoki tо‘siq , BO holatini о‘zgartiradi va boshqarishga tо‘sqinlik qiladi.
Hz – beriluvchi ta’sir , boshqarish maqsadi haqida ma’lumotni о‘z ichiga oladi , ya’ni talab qilinayotgan qiymat h.
Hisoblash qurilmasi (о‘lchovchi qurilma , datchik) BQ ga uzatilayotgan ta’sirlarni va signallar H, H3, F. о‘lchashga xizmat qiladi. BQ algoritmini amalga oshiradi.
Iijro qurilmasi obyektni tugridan to`g`ri boshqarishga, HQ berayotgan signallarga mos uni holatini о‘zgartrishga xizmat qiladi.
Avtomatik sistema quriladigan texnik vositalar avtomatikaning elementlari deb ataladi.
Avtomatik rostlash sistemasida bu elementlar vazifasini ko‘rib chiqamiz. Har qanday texnik agregat ishi yoki har kanday texnologik jarayon turli fizik kattaliklar bilan xarakterlanadi. Bu kattaliklar berilgan sathda turishi yoki berilgan qonun bo‘yicha o‘zgarishi kerak.
Rostlanish kerak bo‘lgan fizik kattalik ARSda rostlanuvchi kattalik, avtomatik rostlash amalga oshiriladigan texnik agregat rostlash ob’ekti deb ataladi.
Avtomatik rostlash avtomatik boshqarishni bir qismi hisoblanadi. Bu holatda boshqarish maqsadi rostlanuvchi kattalikni talab qilinayotgan qonun bo‘yicha o‘zgarishini ta’minlashdir.
Vaqt bo‘yicha rostlanayotgan kattalikni ya’ni. y{t) — rostlanuvchi kattalik. g(t) berilayotgan ta’sir deb ataymiz. Bunda avtomatik rostalshning asosiy vazifasi
y(t)=g(t). tenglikni ta’minlashdir.
Ko‘pgina ARS larida bu masala chetlanish prinsipini qo‘llab amalga oshiriladi. Bunday ARS funksional sxemasi 1-rasmda ko‘rsatilgan. Chetlanish prinsipi ma’nosi quyidagicha. Rostlanuvchi kattalik y(t) D datchik yordamida o‘lchanadi va solishtirish elementi (SE) ga keladi. Solishtirish elementiga topshiriq beruvchi datchikdan berilgan ta’sir z(t) ham keladi. Solishtiruvchi elementda g(t).va y(t) solishtiriadi ya’ni g(t). u(t) dan ayriladi. Solishtiruvchi element chiqishida rostlanuvchi kattalikni berilgan kattalikdan chetlangan kattalikka teng signal shakllantiriladi va bu signal kuchaytiruvchi elementga (K) keladi va keyin ijro elementga (IE) uzatiladi. Kuchaytirgich rostlanuvsi ob’ektga (RO)ta’sir ko‘rsatadi. Bu ta’sir rostlanuvchi kattalik . y(t) berilgan kattalik g(t) ga teng bo‘lgancha davom etadi. Rostlanuvchi ob’ektga doim turli g`alayonli ta’sirlar, tashqi faktorlar ta’sir ko‘rsatadi. Bu ta’sirlar y(t) o‘zgartirishga harakat qiladi. Lekin ARS doimiy ravishda y(t)ni g(t)dan chetlanganligini aniqlaydi va bu chetlanishni yo‘qotadigan boshqariuvchi signal shakllantiradi.

2-rasm. Avtomatik rostlash sistemasining funksional sxemasi
Download 213,91 Kb.
1   2




Download 213,91 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Boshqarish sistemalarini elementlarini sinflanishi. Elementlarni tushunchasi, fizikaviy-texnik shakllanishi. Elementlarni signallar bilan bajaradigan funksiyasi. O‘zbekiston olimlarining elementlar bazasini rivojlanishiga qo‘shgan

Download 213,91 Kb.