|
ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCESBog'liq zamonaviy-innovatsion-texnologiya-orqali-ta-limni-boshqarishning-ahamiyatiACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES
VOLUME 2 | ISSUE 4 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723
Academic Research, Uzbekistan 966 www.ares.uz
jarayonini boshqaruvchi sifatida juda hushyor va sinchkovlik bilan javoblarni eshitib,
har bir talabaga baho qo`yib borishi lozim. Bu usul bilimlarni yanada mustahkamroq
egallanishiga, nutq madaniyatini oshishiga, savollarni to`g`ri tuzilishiga, o`z fikrini
bayon etishga o`rgatadi. Eng muhimi esa, taladalardan mustaqil bilimlarni egallash,
yangiliklarni
qidirish,
mavzuga
ijodiy
yondashish
hususiyatlari
oshadi.
O`rganilayotgan mavzu har tomonlama tahlil etiladi va hayotiy jarayonlar bilan
bog`lanadi. Bunday innovatsin texnologiyaning dastlabki ko`rinishlari oliygohlarda
qo`llanilsa yuqori natijalarga erishsa bo`ladi.
Kichik guruhchalar usuli. Bu usulda guruh talabalari bir necha guruhga
bo`linadi, har bir guruhda 4-5 tadan talaba bo`lishi mumkin. Har bir guruhning
rahbari tayinlanadi. Ularga oldindan vazifa beriladi. Guruh talabalari semenarga
birgalikda tayyorlanib o`z savollarini to`liq ochib berishga harakat qilishlari kerak.
Boshqa guruhlar asosiy ma`ruzachiga savollar beradilar, savollarga guruhning
talabalari javob berishda yordam beradilar. Asosiy ma`ruzachi himoyasidan so`ng
opponentlar savolni yanada to`liqroq izohlab berishlari kerak. Uchinchi va to`rtinchi
guruh talabalari o`zlarini fikrlarini bildirgach, tadqiqot olib brogan guruhga baho
qo`yib izoh berishlari kerak. Bunday usulda ish olib boorish uchun guruhlarni
tuzishda talabalarning bilimi teng bo`lishiga harakat qilish kerak. Guruhni
boshqarishda yahshi o`zlashtiruvchi talabalarni tanlash lozim. Bunday innovatsion
texnologiyaga oid bellashuvlar tugagach bo`lim yuzasidan boshqa turli musobaqalar
o`tkazish mumkin.
|
| |