ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES
VOLUME 2 | ISSUE 4 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723
Academic Research, Uzbekistan 964 www.ares.uz
muvofiq hisoblanadi. Xususan, Oliy Majlisga 2018 yil 28
dekabrdagi
Murojaatnomasida Oliy ta`lim jarayonida innovatsion ta`lim texnologiyalarini yuqori
bosqichga ko`tarish zarurligi muxim yo`nalishlardan biri sifatida belgilandi.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Oliy ta`lim jarayonini innovatsion texnologiyalardan keng foydalanish, uni
yuqori darajada mustahkamlash, tegishli chora tadbirlarni
amalga oshirish bilan bir
qatorda jamiyatimizning har bir a`zosidan innovatsion yondashuvni, ilmiy
ishlanmalar, zamonaviy texnologiyalar yaratishni taqazo etadi.
Muhtaram
yurtboshimiz ta`biri bilan aytganda, “Xalqimiz dunyoqarashida innovatsion muxitni
yaratish eng muhim vazifamizdir. Innovatsiya bo`lmas ekan, hech bir sohada raqobat,
rivojlanish bo`lmaydi. Bu sohadagi o`zgarishlarni xalqimizga keng targ`ib qilmasak,
odamlarda ko`nikma paydo qilmasak, bugungi davr shiddati, fan texnikaning mislsiz
yutuqlari bilan hamqadam bo`lolmaymiz.”
Oliy ta`limni boshqarishda zamonaviy innovatsion texnologiya bugungi kunda
eng ko`p qo`llanadigan texnologiyalardan biri hisoblanadi. Bu esa O`zbekiston
Respublikasining “Ta`lim to`g`risida”gi qonun va “Kadrlar
tayyorlash milliy
dasturi”ga asosan Oliy ta`limning rivojlanishi ularning maqsad hamda vazifalarini
tobra bir-biriga yaqilashtirib ularni birlashtirmoqda.
Oliy ta`limni boshqarishda zamonaviy innovatsion texnologiyalar barkamol
avlodni va tarbiyalash sohasida yagona davlat
siyosatini amalga oshirishlari, etilgan
masalalarni o`z vaqtida va ijodiy hal etishlari barcha o`quv yurtlarining ish
samaradorligini hozirgi zamon talablariga muvofiq oshirilishini ta`minlashlari kerak.
Bu barcha davlat va jamoat tashkilotlarining vazifasi bo`lishi
bilan birga,
tabiiyki, eng avvalo, uzluksiz ta`lim tizimi muassasalari faoliyati mazmunini tubdan,
qaytadan ko`rib chiqishni taqazo etadigan murakkab jarayondir. Bularning barchasi
Oliy ta`limni boshqwarish va rivojlantirishda alohida ahamiyatga ega. Buning uchun
ta`limni boshqarish va rivojlantirish belgilangan tartibda yuridik va jismoniy
shaxslarning, shu jumladan chet ellik yuridik shaxslar
va jismoniy shaxslarning
ixtiyoriy badallari hisobidan tashkil etilishi mumkin.