ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES
VOLUME 2 | ISSUE 4 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723
Academic Research, Uzbekistan 965 www.ares.uz
o`quv tarbiya muassasalarining ish mazmuni belgilanadi. Boshqarish jarayonida turli
innovatsion usullardan keng foydalaniladi. O`quv tarbiya jarayonida innovatsion
texnologiyaning to`g`ri joriy etilishi, o`qituvchining bu jarayonda asosiy tashkilotchi
yoki maslahatchi sifatida faoliyat yuritishiga olib keladi. Bu esa talabalardan ko`proq
mustaqillikni, ijodiy va irodaviy sifatlarini shakllanishini o`tkazilgan mashg`ulotlar
esa yoshlarning hayotiy yutuq va muammolariga o`z munosabatlarini bildirishga
imkon yaratib, ularning mustaqil fikrlashlarini talab etadi.
Hozirgi davrda sodir bo`layotgan innovatsion jarayonlarda ta`lim
tizimi
oldidagi muammolarni hal etish uchun yangi axborotlarni o`zlashtirgan, bu
axborotlatni o`zlari tomonidan bahlashga qodir, zarur qarorlar qabul qiluvchi,
mustaqil va erkin fikrlaydigan shaxslar kerak. Bu borada Oliy ta`limini innovatsion
texnologiyalarning boshqarish jarasyonidagi o`rni va ahamiyati beqiyosdir.
Innovatsiya (inglizcha-innovation)
yangilik kiritish, yangilik demakdir.
Innovatsion texnologiyalar pedagogic jarayon hamda o`qituvchi va talaba
o`rtasidagi ijodiy faoliyatiga yangilik, o`zgartirishlar kiritish bo`lib, uni amalga
oshirishda asosan interfaol usullardan foydalaniladi, chunki ta`limda boshqaruv rolini
o`qituvchi bajaradi.
Interfaol usullarga “Semenar musobaqa” texnologiyasi “Tanishuv”
texnologiyasi, “Zinama-zina” texnologiyasi, “Aqliy hujum” texnologiyasi,
“Charxpalak” texnologiyasi, “Klaster” texnologiyasi, “Bumerang” texnologiyasi,
“3x4” texnologiyasi, “Rezyume” texnologiyasi, “Muammo” texnologiyasi, “Labirint”
texnologiyasi, “Blits so`rov” texnologiyasi, “FSMU” texnologiyasi, “Skorabey”
texnologiyasi, “Yelpig`ich” texnologiyasi, “Muloqot” texnologiyasi, “Baxslashuv”
texnologiyasi, “Stenariy” texnologiyasi va boshqalar kiradi.
Masalan, “Semenar musobaqa” texnologiyasi darslarini tashkil etish ko`p
yildan beri ta`limda keng qo`llanib kelinadi. Bu usul talabalarning
qiziqishini va
aktivligini oshiradi. Bu usulga tayyorgarlik ko`rish uchun talabalar oldindan
ogohlantiriladi va mavzu e`lon qilinadi. Talabalar guruhi 2 kichik guruhchalarga
bo`linadi. Ularning har biri mavzu bo`yicha savollar tayyorlab kelishi lozim. Semenar
boshida talabalar musobaqa shartlari bilan tanishtiriladi. Bunda faqat javoblar uchun
emas balki savollarni to`g`ri va aniqligi uchu va qo`shimcha tuzatishlar uchun ham
ma`lum ballar belgilanadi. Guruh talabalarining barchasi
faol qatnashishlari uchun
esa minus (-) ballar ham ko`rsatilishi mumkin, masalan, +3 dan -3 gacha noto`g`ri
javoblar va savollar uchun ballarni ayirish usuli ishlatilishi mumkin. Musobaqa
davomida doskaga to`plangan ballar yozib borilishi mumkin. Semenar oxirida g`olib
guruh qatnashchilari qo`shimcha ballar bilan rag`batlanishi mumkin. Pedagog ta`lim