|
Boshqaruv hisobini tashkil etish tizimlari Integratsiyalashtirilgan hisob tizimini avtomatlashtirishning xususiyatlari
|
bet | 13/16 | Sana | 30.11.2023 | Hajmi | 0,59 Mb. | | #108488 |
Bog'liq boshQARUV HISOBI
1. Ishlab chiqarishning optimal rejasini aniqlash
«Umar» OTAJ ikki hil mahsulot, ya’ni kompyuter va printer yig’adi va ularni sotadi. Xaridorlar kompyuterni alohida sotib olishlari mumkin, yoki unga qo’shib printerni ham xarid qilish imkoniyatiga egalar. Printerning o’zi alohida, ya’ni kompyutersiz sotilmaydi. Shu tamoyilga muvofiq sotilgan printerlar soni sotilgan kompyuterlar soniga teng bo’lishi, yoki uning sonidan kam bo’lishi mumkin. Har bir kompyuterdan aksiyadorlik jamiyati oladigan marjinal foyda 50 ming so’mni va har bir printerdan ko’riladigan marjinal foyda 100 ming so’mni tashkil qiladi.
Har bir printer ikkita ishlab chiqarish liniyasidan o’tib yig’iladi va sotuvga tayyor bo’ladi. Bitta printer birinchi liniyada 6 soatda va ikkinchi liniyada 10 soatda yig’iladi. Bitta kompyuter bo’lsa, birinchi liniyada 4 soatda yig’ilib, sotuvga tayyor bo’ladi. Aksiyadorlik jamiyatining birinchi yig’uv liniyasi sutkasiga 24 soat ishlaydi, ikkinchi yig’uv liniyasi bir sutka davomida – 20 soat. Faraz qilaylik, X – bu printerlar soni, Y – kompyuterlar soni.
Talab qilinadi:
Vujudga kelishi mumkin bo’lgan barcha munosabatlarni chiziqli dasturlash modeli formatida aks ettiring;
«Umar» OTAJ eng yuqori darajada foyda olishi imkoniyatini kompyuterlar va printerlarning qaysi miqdori ta’minlaydiq Masalani yechishda har ikkala usul, ya’ni grafik usuldan ham, sinash va xatolar usulidan ham foydalaning.
2. Xarajatlarni kamaytirish
«Mirzo» dehqon-fermer xo’jaligi qishloq xo’jalik ekinlariga mineral o’g’itlarni solishni amalga oshirmoqchi. Buning uchun hisob-kitoblarga asosan 4 800 kg azotli va 5 000 kg fosforli o’g’it kerak bo’ladi.
Mineral o’g’itlar maxsus xaltalarda sotilmoqda. «Ekstra» rusumli xaltada ikkita paket bo’lib, uning bittasiga 20 kg azot va 80 kg fosfor o’g’iti solingan, ya’ni bitta xaltaning umumiy og’irligi 100 kg. Ana shu «ekstra» rusumli bitta xaltaning bahosi 10 ming so’m.
«Mineral» rusumli xaltaning ham har birida 100 kg o’g’it bo’lib, shundan 75 kg – azot va 25 kg - fosfor, bahosi 18 ming so’m.
Faraz qilaylik, X – bu «ekstra» rusumli xaltalar soni va Y – «mineral» rusumli xaltalar soni.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Boshqaruv hisobini tashkil etish tizimlari Integratsiyalashtirilgan hisob tizimini avtomatlashtirishning xususiyatlari
|