|
Boshqaruv hisobini tashkil etish tizimlari Integratsiyalashtirilgan hisob tizimini avtomatlashtirishning xususiyatlari
|
bet | 14/16 | Sana | 30.11.2023 | Hajmi | 0,59 Mb. | | #108488 |
Bog'liq boshQARUV HISOBITalab qilinadi:
«Mirzo» dehqon-fermer xo’jaligi o’ziga kerak bo’lgan mineral o’g’itlarni eng kam xarajat bilan sotib olishi uchun har bir xaltadan qanchadan xarid qilishi lozim? Masalani grafik ko’rinishida yeching.
3. Mahsulotlarning optimal assortimenti
«BONU» kompaniyasining bir nechta oziq-ovqat magazinlari bo’lib, ularning har biri sutkasiga 24 soat ishlaydi. Barcha magazinlarning maydoni bir hil bo’lib, ularning hajmi 80 kv. metrdan. Magazinlarda sotiladigan barcha tovarlar ikki guruhga umumlashtirilgan: baqqollik-gastronomiya mahsulotlari va kundalik ehtiyoj mollari. Kompaniya rahbarlari har bir magazin kamida 20 kv. metrdan baqqollik-gastronomiya mahsulotlari sotishi uchun va 16 kv. metrdan kundalik ehtiyoj mollari sotishi uchun ajratishlari lozimligini belgilab bergan. Mana shu cheklashlar doirasida har bir magazin mudiri mahsulotlar assortimentini mustaqil tarzda o’zi tanlashi mumkin.
Bir magazin mudiri har bir kv.m joy uchun marjinal foyda miqdorini quyidagicha belgilamoqda:
-
Talab qilinadi:
Magazin mudiri oldida turgan muommani aniqlang va uning chiziqli dasturlash modelini tuzing;
Nima uchun xo’jalik yurituvchi subyekt har bir tovar guruhi sotuvi uchun lozim bo’lgan eng kichik maydonni aniqlaydi?
Ana shu magazin uchun har bir tovar guruhidan qanchadan miqdor bo’lishi lozim bo’lgan optimal hajmni toping. Buning uchun har ikkala usul, ya’ni grafik usuldan ham, sinash va xatolar usulidan ham foydalaning.
Xo’jalik yurituvchi subyekt metaldan ikki xil, ya’ni ko’taruvchi va yig’uvchi qurilma ishlab chiqaradigan yangi sexni ishga tushirdi. Sexning ixtiyorida 5 dona metalga shakl beruvchi va yana 5 dona metalni kesuvchi stanoklar mavjud bo’lib, bu stanoklarning barchasi ijaraga olingan. Har bir stanokning ijara xaqi uchun xo’jalik yurituvchi subyekt bir oyda 30 000 so’m to’laydi. Stanoklarning har birining bir oylik ishlab chiqarish quvvati 400 soatdan. Qo’shimcha tarzda stanoklar olish imkoniyati yo’q.
Quyidagi ma’lumotlar mavjud:
Sex buxgalteri qo’shimcha tarzda yana quyidagi ma’lumotlarni berdi:
Ko’rsatkichlar nomi
|
ko’taruvchi qurilmada
|
yig’uvchi
qurilmada
|
Bir donasining sotish bahosi, ming so’mda
|
18
|
27
|
Bir donasining o’zgaruvchan
xarajatlari, ming so’mda
|
14
|
20
|
Yig’uvchi qurilmaga talab cheksiz, ko’taruvchi qurilmalardan xo’jalik yurituvchi subyekt rahbarlari bir oyda 800 donadan ortiq sotish mumkin emas deb, faraz qilishayapti. Quyida mana shu holatning chiziqli dasturlash modeli va uning grafigi keltirilgan. Xo’jalik yurituvchi subyekt imkon qadar eng ko’p miqdorda foyda olmoqchi va buning uchun zarur bo’lgan ishlab chiqarish hajmiga (Oich) erishmoqchi.
Chiziqli dasturlash modeli
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Boshqaruv hisobini tashkil etish tizimlari Integratsiyalashtirilgan hisob tizimini avtomatlashtirishning xususiyatlari
|