Boshqaruv organlari va tizimlarning favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish uchun mo’ljallangan kuch va vositalarining doimiy tayyorligini ta'minlash




Download 247,4 Kb.
bet2/3
Sana07.01.2024
Hajmi247,4 Kb.
#131600
1   2   3
Bog'liq
1-topshiriq

O‘zbekistonda mehnat muhofazasi – bu tegishli qonun va boshqa me’yoriy hujjatlar asosida amal qiluvchi, insonning mehnat jarayonidagi xavfsizligi, sihat-salomatligi va ish qobiliyati saqlanishini ta’minlashga qaratilgan ijtimoiy, iqtisodiy, tashkiliy, texnikaviy, sanitariya-gigiyenava davolash-profilaktika tadbirlari hamda vositalari tizimidan iboratdir. Mehnat muhofazasi bo‘yicha belgilangan barcha tadbirlar O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi (8-dekabr 1992-у.), O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi (21-dekabr 1995-у.), «Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonun» (6-may 1993-у.), Davlat standartlari, nizomlar va me’yorlar, xavfsizlik texnikasi bo‘yicha qoidalar asosida olib boriladi. Respublikamizda demo-kratik huquqiy davlat va ochiq fuqarolik jamiyatining qurilishi inson huquqlari va erkinliklariga to‘liq rioya etilishini taqozo qiladi. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida respublikamiz fuqarolarining shaxsiy huquq va erkinliklari, siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy huquqlari yaqqol o‘z ifodasini topgandir. Konstitutsiyada ko‘rsatilganidek, «Davlat xalq irodasini ifoda etib, uning manfaat-lariga xizmat qiladi.Davlat organlari va mansabdor shaxslar jamiyat va fuqarolar oldida mas’uldirlar» (2-modda), «Yashash huquqi har bir insonning uzviy huquqidir.....(24-modda). «Har bir shaxs mehnat qilish, erkin kasb tanlash, adolatli mehnat sharoitlarida ishlash va qonunda ko‘rsatilgan tartibda ishsizlikdan himoyalanish huquqiga egadir» (37-modda).
O‘zbekiston Respublikasining mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunida mehnatni muhofaza qilish sohasidagi davlat siyosati aniq o‘z aksini topgan. Unda «Korxonaning ishlab chiqarish faoliyati natijalariga nisbatan xodimning hayoti va sog‘ligi ustuvorligi» (4-modda) ta’kidlangan. Ushbu qonun 5 bo‘lim va 29 moddadan ibora bo‘lib, unda mehnat muhofazasi bo‘yicha umumiy qoidalar (1-bo‘lim, 7 moddadan iborat); mehnatning muhofaza qilinishini ta’minlash (2-bo‘lim, 8 moddadan iborat); ishlovchilarning mehnatni muhofaza qilishga doir huquqlarini ruyobga chiqarishdagi kafolatlar (3-bo‘lim, 6 moddadan iborat); mehnatni muhofaza qilishga doir qonunlar va boshqa me’yoriy hujjatlarga rioya etilishi ustidan davlat va jamoatchilik nazorati (4-bo‘lim, 3 moddadan iborat); mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunlar va boshqa me’yoriy hujjatlarni buzganlik uchun javob-garlik (5-bo‘lim, 5 moddadan iborat) masalalari aniq yoritilgan. 1995-yil 21-dekabrda O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi qabul qilindi va u 1996-yil aprel oyidan boshlab amalda kuchga kirdi. Ushbu qonunda ko‘rsatilishicha, xavfsizlik texnikasiga, ishlab chiqarish sanitariyasiga, yong‘in chiqishidan saqlanishga va mehnat muhofazasining boshqa qoidalariga rioya etish yuzasidan ishchi va xizmatchilarga уo‘l-уo‘riqlar berish, shuningdek, xodimlarning mehnat muhofazasiga doir qo‘llanmalarda ko‘rsatilgan hamma talablarga amal qilishi ustidan doimiy nazorat o‘rnatish ma’muriyat zimmasiga yuklanadi. Mehnat sharoiti zararli bo‘lgan ishlarda, shuningdek, alohida harorat sharoitida bajariladigan yoki havoni ifloslantiruvchi ishlarda mehnat qiluvchi ishchi va xizmatchilarga belgilangan me’yorda maxsus kiyim-bosh, poyabzal va boshqa shaxsiy himoya vositalari tekinga beriladi. Mehnat sharoiti ifloslanish bilan bog‘liq va zararli bo‘lgan ishlarda ishlovchi ishchilar belgilangan me’yorda sovun hamda sut yoki boshqa xil parhez oziq-ovqatlar, issiq sexlarda ishlovchilar esa gazsuv bilan tekin ta’minlanadi.
Mehnat qonunlari kodeksida balog‘atga yetmagan yoshlarning, ayollarning mehnatiga alohida e’tibor berilgan. 18 yoshga to‘lmagan yigitlarni 16 kg.dan, qizlarni 10 kg.dan ortiq yuk ko‘tarishiga, ularning ish vaqtini haftasiga 36 soatdan ortib ketishiga уo‘l qo‘ymaslik kerak. Shuningdek, ularni tungi va ish vaqtidan tashqari ishlarga hamda dam olish kunlari ishlashga jalb etish taqiqlanadi. Ishchi xodimlar uchun ish vaqtining me’yoriy muddati 40 soatdan oshib ketmasligi, 18 ga kirmagan yoshlar hamda mehnat sharoiti zararli bo‘lgan ishlarda mehnat qiluvchilar uchun ish vaqti miqdori haftasiga ko‘pi bilan 36 soat bo‘lishi kerak. Ish vaqtidan ortiq ishlash har bir ishchi va xizmatchi uchun surunkasiga ikki kun davomida 4 soatdan va yiliga 120 soatdan ko‘р bo‘lmasligi lozim.

Download 247,4 Kb.
1   2   3




Download 247,4 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Boshqaruv organlari va tizimlarning favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish uchun mo’ljallangan kuch va vositalarining doimiy tayyorligini ta'minlash

Download 247,4 Kb.