MIT Press.
Mesenbourg,
2001:
Measuring the
Digital
Economy (US
Bureau of the
Census)
Suitland, MD.
Muallif
“raqamli
iqtisodiyot”
tushunchasi uchta komponentdan
iborat ekanligini ta’kidlaydi: 1)
“elektron operatsiyalar va elektron
tijorat uchun foydalaniladigan
butun
iqtisodiy infrotuzilmaning
bir qismi bo‘lgan elektron biznes
infrotuzilmasi; 2) elektron biznes –
korxona kompyuter tarmoqlari
yordamida amalga oshiradigan
har qanday operatsiya;
3) elektron tijorat, ya’ni kompyuter
tarmoqlari
yordamida sotilgan
tovarlar va
xizmatlar hajmi”.
Muallif elektron biznes va
elektron tijorat fenomenini
qanday o‘lchashga e’tibor
qaratadi.
Knickrehm M.,
Berthon
B.,
Daugherty P.
(2016) Digital
Disruption: The
Growth
Multiplier.
Dublin:
Accenture.
“Raqamli
iqtisodiyot
turli
“raqamli” resurslar tomonidan
yaratilgan jami ishlab chiqarishning
bir qismidir.
Ushbu resurslarga
raqamli
ko‘nikmalar,
raqamli
uskunalar
(apparat,
dasturiy
ta’minot va aloqa) va ishlab
chiqarishda qo‘llaniladigan raqamli
tovarlar va xizmatlar kiradi. Bu
yondashuv
raqamli
iqtisodiyotning
Muallif raqamli iqtisodiyot-
ning asosiy elementlarini eng
yaxshi tarzda qo‘llash orqali
mikro
va
makroiqtisodiy
o‘sishni
rag‘batlantirish
chorala-rini
ko‘rib chiqadi.
Keltirilgan ta’riflar raqamli iqtisodiyot kategoriyasiga berilgan ta’rifning
ikkita eng muhim tarkibiy qismini qayd etgan. Masalan, Brynjolfsson va Kahin o‘z
ishlarida
raqamli
iqtisodiyot
iqtisodiyotning
barcha
tarmoqlarining
tugallanmagan transformatsiyasi sifatida ta’riflashsa, Mesenbourg va Elmasry T.
tadqiqotlarida
raqamli
iqtisodiyot
biznesni
raqamlashtirish
bilan
shakllantirilishining bir nechta komponentlarini tavsiflashgan. Tahlil natijalaridan
ko‘rinib turibdiki, raqamli iqtisodiyotni shakllantirish bevosita ijtimoiy-iqtisodiy
jarayonlarni raqamlashtirish va transformatsiyalash asosida amalga oshiriladi. Bu
esa rivojlangan mamlakatlar tajribasiga ko‘ra, albatta biznesning dastlabki
bosqichi bo‘lgan kichik va o`rta biznesni transformatsiyalash bilan boshlanadi. Biz
tomonimizdan ishlab chiqilgan ta’rifning negizida ham raqamli iqtisodiyotning
tub mohiyatida biznesni raqamlashtirish ko‘zlangan bo‘lib, sanoati rivojlangan
mamlakatlar tadqiqotchi olimlari ishlab chiqgan ta’riflarning majmuasi sifatida
talqin etilgan.
Xorij amaliyotida iqtisodiyotning rivojlanish bosqichlaridan ma’lumki,
raqamli iqtisodiyotning biznesga ta’siri yoki aksincha biznesning raqamli
iqtisodiyotga ta’siri natijasida iste’molchilarning iqtisodiy tizimga ongli
ravishdagi munosabati iqtisodiyotning yangi turdagi o‘ziga
xos nomlar bilan
talqin etilishi orqali namoyon bo‘ldi, ya’ni: “talabga asoslangan iqtisodiyot (
on-
demand economy), mobil iqtisodiyot
(mobile economy), birgalikdagi iste’mol iqtisodiyoti
(sharing economy), hamkorlik iqtisodiyoti, vikinomika
(wikinomics), yuqori
texnologiyali uzatish iqtisodiyoti (hi- tech gift economy)”, “platforma iqtisodiyoti (rlatform
yeconomy), erkin daromadar iqtisodiyoti («giganomika»,
gig-economy)” kabilar
raqamli texnologiyalar paydo bo‘lishidan oldin mavjud bo‘lmagan iqtisodiy
faoliyatning mutlaqo yangi bo‘lgan turlari hisoblanadi.
Bunga aniq misollar
sifatida Google, Facebook, Amazon, eBay, Alibaba, Uber va Airbnb singari
platforma kompaniyalarini keltirish o‘rinli. Biz ushbu kompaniyalarni raqamli
iqtisoditning bir qismi deb hisoblaymiz, chunki
ular innovatsion raqamli
texnologiyalar va raqamli biznes modellariga asoslangan raqamli platformalardir.