bosib chiqarish qurilmalari), yangi raqamli modellarni yaratish (bulutli ishlov
berish, raqamli platformalar, raqamli xizmatlar), katta ma’lumotlar (Big date)
texnologiyasidan foydalangan holda ma’lumotlar massivlaridan foydalanishning
o‘sib borayotgan intensivligi, ma’lumotlarni tahlil qilishning yangi usullari va
qarorlar
qabul qilish algoritmlari, shuningdek, yangi avtomatlashtirish va
robotlashtirish jarayonlari bilan bosqichma- bosqich rivojlandi. “Axborot
texnologiyalari, robototexnika, mikroelektronika,
telekommunikatsiya kabi
sohalardagi inqilobiy siljishlar nisbatan yangi va muhim hodisa-raqamli
iqtisodiyotni keltirib chiqardi”.
TADQIQOT METODOLOGIYASI VA EMPIRIK TAHLIL
Ushbu texnologiyalar jamiyatning barcha jabhalariga kirib borishi natijasida
“ishlab
chiqarishda
mehnat
samaradorligining
oshishi,
biznesning
raqobatbardoshligining o‘sishi, ishlab chiqarishdagi xarajatlarning kamayishi,
yangi ish o‘rinlarining yaratilishi, yangi zamonaviy kasblarning paydo bo‘lishi”
ga olib keldi. Ammo, shuni alohida ta’kidlab o‘tish joizki, raqamli iqtisodiyotning
ko‘lami keng tushunchadir va u global miqyosda notekis taqsimlangan. Raqamli
iqtisodiyotning YaIMdagi ulushi AQShda 10,9, Xitoyda 10, Hindistonda 5,5 foizni
tashkil etadi. O‘zbekistonda esa bu ko‘rsatkich 2 foizdan ham oshmaydi [4].
Hozirgi kunda O‘zbekistonda raqamli iqtisodiyotning tarkibiy qismlariga
elektron tijorat, "Elektron hukumat" tizimi, iqtisodiyotning
turli tarmoqlarida,
xizmat ko‘rsatish sohalarida "aqlli" (smart) texnologiyalarni joriy etish, "Aqlli
shahar", "Xavfsiz shahar"ni yaratish, shuningdek “Buyumlar Interneti”dan keng
foydalanish va boshqalar kiradi. Lekin shuni aytish lozim-ki, O‘zbekistonda
raqamli iqtisodiyot “O‘zbekiston potensiali”ga nisbatan ancha sust
rivojlanmoqda.
Mamlakatda
raqamli
iqtisodiyotni
rivojlantirishda
infrotuzilmalarning roli qoniqarli darajada bo‘lsada, kerakli resurs va
imkoniyatlar mavjud. Shu o‘rinda mamlakatimiz miqyosida raqamli iqtisodiyotni
rivojlanishida to‘siq bo‘layotgan ayrim jihatlarni
ochib berishni maqsad qilib
qo‘ydik. Bular, internet tezligining pastligi, axborot texnologiyalari sohasida
qonunchilikning zamondan orqada qolganligi, fuqarolarda kompyuter
savodxonligining o‘ta pastligi, axborot texnologiyalari bo‘yicha mutaxassislarning
yetishmasligi yoki ularni boshqa
mamlakatlarga ketib qolishi, axborot
madaniyatining pastligi, axborot texnologiyalari xavfsizligi yaxshi emasligi,
boshqaruv organlarida sohani tushunadigan mutaxassislarning kamligi, ilm-fan
va ayniqsa aniq fanlarning rivojlanishi sustligi kabi yana bir qator muammolar
bevosita iqtisodiyotning nafaqat kichik va o`rta biznes tarmog‘i, qolaversa, barcha
tarmoqlarini raqamlashtirishda qiyindchiliklarga sabab bo‘lmoqda. Raqamli
iqtisodiyotning geografik yo‘nalishi dastlab rivojlangan mamlakatlarga qaratilgan
bo‘lsa, uning oqibatlari global miqyosga ega bo‘lib, rivojlanayotgan
mamlakatlarga tobora ko‘proq ta’sir ko‘rsatmoqda.
Shunday qilib, raqamli
iqtisodiyotni tahlil qilishda uning rivojlanish o‘lchoviga jiddiy e’tibor qaratish
zarur. Yuqorida raqamli iqtisodiyotning O‘zbekiston sharoitida qanday tarkibiy
qismlardan tashkil topganligi va qay darajada ekanligini aniqlagan bo‘lsak, uning
rivojlangan mamlakatlarda qanday tavsiflanishini nazariy tahlil qilmoqchimiz (1 -
jadval) [5].
Ilmiy-nazariy izlanishlar tahlili shundan dalolat berdiki, rivojlangan
mamlakatlar amaliyotida raqamli iqtisodiyot kategoriyasiga berilgan ta’riflarning
asosiy qismi innovatsion texnologiyalar va biznes bilan o‘zaro bog‘langan.
1–jadval
Rivojlanish bosqichlari bo‘yicha raqamli iqtisodiyot kategoriyasiga berilgan
ta’riflar tahlili