RAQAMLI MARKETINGNING KICHIK VA O`RTA BIZNES
BOSHQARUVIDA TADBIQ ETILISHINI TAKOMILLASHTIRISH
Zilola Nematova
Toshkent Kimyo Xalqaro Universiteti,
biznes boshqarish yo'nalishi 1- bosqich magistranti
Ilmiy rahbar: Zamira Ashurova
Annotatsiya: Raqamli marketing raqamli iqtisodiyotning muhim bir qismi desak
mubolag`a bo`lmaydi. Ushbu maqolada kichik va o`rta biznes boshqaruvida raqamli
marketingni tadbiq etishning shart-sharoitlari muhokama etiladi.
Kalit so‘zlar: raqamli marketing, raqamli iqtisodiyot, kichik biznes, to‘rtinchi sanoat
inqilobi, kichik biznes boshqaruvi, raqamli biznes iqtisodiyoti.
KIRISH
Bugungi kunda to‘rtinchi sanoat inqilobi davrini
boshlagan rivojlangan
mamlakatlarda ham raqamli iqtisodiyot avvalo kichik va o`rta biznesda namoyon
bo‘lishi bilan ahamiyatli. Kichik va o`rta biznesning o‘zi raqamli iqtisodiyotni
rivojlantirishining asosiy drayverladan biri ekanligili bilan diqqatga sazovordir.
Mazkur
holat ayniqsa, rivojlanayotgan mamlakatlar kichik va o`rta biznesini,
taraqqiyotning an’anaviy modelidan innovatsion modeliga o‘tishi
lozimligini
taqozo etadi.
Kichik va o`rta biznes boshqaruvini takomillashtirishda raqamli iqtisodiyot
yutuqlarini joriy qilinishi o‘z navbatida dastlab bu tushunchaning mohiyatini
izchil tahlil qilish bilan bog‘liq.
Raqamli iqtisodiyot, uning o‘tmishi, bugungi
holati va kelajakdagi rivojlanish istiqbollarini aniqlash, biz tanlagan mavzudagi
ilmiy-nazariy izlanishlarimizning nechog‘lik dolzarb ekanlini anglatadi. Raqamli
iqtisodiyotning mohiyatini, ko‘llamini, uning rivojlanish bosqichlarini aniqlashda
avvalo bu tushuncha to‘g‘risida aniq tasavvur va nazariy bilimlarning bo‘lishi
zaruriyatini keltirib chiqaradi [3].