|
– detonator; 2 – portlovchi modda zaryadi; 3 – harakatlanuvchi qism; 4 – qo`zgalmas qism; 5 – tayanch
|
bet | 5/8 | Sana | 09.02.2024 | Hajmi | 496,06 Kb. | | #153665 |
Bog'liq 1-mavzu1 – detonator; 2 – portlovchi modda zaryadi; 3 – harakatlanuvchi qism; 4 – qo`zgalmas qism; 5 – tayanch. Yuqori chastotali tok bilan payvandlash , bunda payvandlanadigan yuzalarni qizdirish uchun yuqori chastotali toklardan (YUCHT) foydalaniladi. Bu tok payvandlanayotgan detallarga ikki usulda keltirilishi mumkin: - payvandlanayotgan detallarni YUCHT manbaiga ulovchi o`tkazgichlar (konduktor) yordamida (energiya uzatishning konduktiv usuli); - payvandlanayotgan detallarda YUCHT manbaiga ulangan tok o`tkazuvchi o`ram (induktor) yordamida yuqori chastotali tokni induksiyalash evaziga (energiya uzatishning induksion usuli). - O`tkazgichdan yuqori chastotali tok o`tkazilganda o`tkazgichning atrofi va ichida magnit maydoni hosil bo`lib, u elektromagnit induksiyasi qonuniga ko`ra o`tkazgichda o`zinduksiya EYUKni yuzaga keltiradi, bu EYUK ta`minlash manbaining EYUKga qarama-qarshi yo`nalgan bo`ladi.
- Bunda ichki tok liniyalariga ta`sir qiladigan o`zinduksiya EYUK sirtqi tok liniyalariga ta`sir etuvchi o`zinduksiya EYUKdan katta bo`ladi. Bu hol o`tkazgichning sirtida tokning zichligi uning ichidagidan kattarok bo`lishiga olib keladi. Bunday notekislik tok chastotasi ortganda, ya`ni o`zinduksiya EYUK miqdori tok chastotasiga mutanosib bo`lganda oshadi. Shunday qilib, tok chastotasi ortishi bilan o`tkazgichning sirtidagi tok miqdori oshib boradi. Bu effekt sirtqi effekt deyiladi.
- Sirtqi effekt kuchli namoyon bo`lganda tok o`tkazgichninig markaziy qismidan deyarli oqmaydi, bu esa o`tkazgichning aktiv qarshiligi ortishi va qizish kuchayishiga olib keladi.
- Yaqinlik effekti qo`shni o`tkazgichlardan oqayotgan tok liniyalari qayta taqsimlanishidan iborat bo`lib, bunga ularninig o`zaro ta`sir ko`rsatishi sabab bo`ladi. Bu hodisa sirtqi effekt ancha kuchli namoyon bo`lgandagina, ya`ni tokning singish chuqurligi o`tkazgichning ko`ndalang o`lchamlariga nisbatan ancha kichik bo`lganda va o`tkazgichning ko`ndalang kesimi faqat qisman tok bilan band bo`lgandagina yuz beradi.
- Agar yuqori chastotali tokli o`tkazgich (induktor) o`tkazuvchi plastina tepasida joylashtirilsa, plastinadagi tokning eng yuqori zichligi induktor ostida bo`ladi.
- Plastina sirtidagi tok go`yo induktor ketidan ergashgandek bo`ladi.
- Bu hodisa payvandlanayotgan jismlarda tokning qayta taqsimlanishini boshqarib turish imkonini beradi va yuqori chastotali tok bilan payvandlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
|
| |