|
Bosim ostida payvandlashning mohiyati
|
bet | 3/8 | Sana | 09.02.2024 | Hajmi | 496,06 Kb. | | #153665 |
Bog'liq 1-mavzu - Bosim ostida payvandlashda detallarni biriktiriladigan sirtlarini tashqi kuch qo`yish hisobiga birgalikda plastik deformatsiyalanadi. Bunda biriktirish joyidagi materialni plastikligini oshirish maqsadida qizdiriladi. Deformatsiyalash jarayonida notekisliklar eziladi, oksid pardalari yemiriladi, natijada toza sirtlarning tegish kontakti kattalashadi.
- Atomlararo bog`lanishlarning yuzaga kelishi detallarning mustahkam birlashishiga olib keladi. Agar ikkita metall detallarning sirtlari atomlararo kuchlarning metall ichida turadigan masofada yaqinlashtirilsa, ular (yuzalar) tegish yuzasida birlashib, yaxlit bir narsaga aylanadi, uning mustahkamligi yaxlit metallning mustahkamligi bilan barobar bo`ladi. Birikish jarayoni energiya sarflanmasdan va juda tez, deyarli bir zumda o`z-o`zidan yuz beradi.
- Birikish jarayoniga metallar sirtidagi iflosliklar - oksidlar, yog` pardalari, shuningdek, gazlar molekulalarining singigan qatlamlari kuchli ta`sir qiladi.
- Sirtning tozaligini faqat yuqori vakuum sharoitida (kamida 1·108 mm simob ustunida) birmuncha uzoq muddat saqlab turish mumkin.
- Mazkur qiyinchiliklarni bartaraf etish uchun payvandlashda qizdirish va bosimdan foydalaniladi.
- Qizdirilganda harorati ko`tarilishi bilan metall plastik bo`lib qoladi. Haroratni yanada ko`tarish orqali metallning erishiga erishish mumkin. By holda suyuq metallning hajmlari umumiy payvandlash vannasiga o`z-o`zidan birlashadi.
- Biriktiriladigan qismlarga beriladigan bosim metallning anchagina plastik deformatsiyalanishini yuzaga keltiradi va u suyuqlik kabi oqa boshlaydi.
- Metall ajralish yuzasi bo`ylab siljib, o`zi bilan iflosliklar, pardalar va singigan gazlar bo`lgan sirtqi qatlamni olib ketadi. Yuzaga chiqib qolayotgan yangi qatlamlar bir-biriga zich tegadi va yaxlit bir narsani hosil qiladi.
- Payvandlash usuliga qarab, metallda plastik deformatsiya yoki erish jarayonlari sodir bo`lib, eritmalar, kimyoviy birikmalar, suyuq holatdan krisstallanish jarayonlari va boshqa hodisalar yuz beradi.
|
| |