|
Bosim ostida payvandlash texnologiyasi va jihozlarining rivojlanish tarixi va tasnifi
|
bet | 2/8 | Sana | 09.02.2024 | Hajmi | 496,06 Kb. | | #153665 |
Bog'liq 1-mavzu1927 yildan “Elektrik” zavodi shu markadagi transformatorlarni ishlab chiqara boshladi.
1888 yil. Rus muhandisi N.G.Slavyanov (1854-1897yy.) eruvchan metall elektrod bilan yoyli payvandlashni taklif qildi. U payvandlash vannasining metallini havo ta`siridan saqlash uchun flyus qo`lladi, cho`yanni eritib payvandlashni taklif qildi.
1928 yil. D.A.Dulchevskiy flyus ostida avtomatik payvandlash texnologiyasini yaratdi.
1930 yil. Ukraina FA ning elektr payvandlash institutida akademik E.O.Paton rahbarligida bir guruh olimlar tomonidan flyus ostida avtomatik payvandlashning sanoat usuli ishlab chiqildi.
1940 yil. Sobiq ittifoq tarkibiga kirgan barcha respublikalardagi ishlab chiqarishlarda akademik E.O.Paton taklif qilgan payvandlash usuli qo`llana boshlandi.
2-jahon urushi davri. Flyus ostida payvandlash tanklar, o`ziyurar qurollar va aviabombalar ishlab chiqarishda juda katta ahamiyat kasb etdi.
1940-yillarning oxiri. Hhimoyalovchi gaz muhitida payvandlash sanoatda qo`llanila boshlandi.
- 1928 yil. D.A.Dulchevskiy flyus ostida avtomatik payvandlash texnologiyasini yaratdi.
- 1930 yil. Ukraina FA ning elektr payvandlash institutida akademik E.O.Paton rahbarligida bir guruh olimlar tomonidan flyus ostida avtomatik payvandlashning sanoat usuli ishlab chiqildi.
- 1940 yil. Sobiq ittifoq tarkibiga kirgan barcha respublikalardagi ishlab chiqarishlarda akademik E.O.Paton taklif qilgan payvandlash usuli qo`llana boshlandi.
- 2-jahon urushi davri. Flyus ostida payvandlash tanklar, o`ziyurar qurollar va aviabombalar ishlab chiqarishda juda katta ahamiyat kasb etdi.
- 1940-yillarning oxiri. Hhimoyalovchi gaz muhitida payvandlash sanoatda qo`llanila boshlandi.
1949 yil. Elektr payvandlash instituti jamoasi tomonidan elektroshlak payvandlash usuli ishlab chiqildi. Bu esa amalda har qanday qalinlikdagi metallarni payvandlash imkonini berdi. 1952 yil. Mashinasozlik texnologiyasi markaziy ilmiy-tekshirish instituti va E.O.Paton nomidagi elektr payvandlash instituti olimlari tomonidan hamkorlikda is gazida yarimavtomat payvandlash usuli ishlab chiqilib, amaliyotga qo`llandi. Keyinchalik sobiq butunittifoq avtogen mashinosozlik ilmiy tekshirish instituti, A.A.Baykov nomidagi metallurgiya instituti, Sankt-Peterburg “Elektrik” zavodi, E.O. Paton nomidagi elektr payvandlash instituti olimlari, shuningdek, V.P.Vologdin, V.P.Nikitin, D.A.Dulchevskiy singari olimlar payvandlash texnologiyasining rivojiga katta hissalarini qo`shdilar. Ularning mehnatlari evaziga ultratovushda payvandlash, elektron-nur, plazma, ishqalab payvandlash va payvandlashning boshqa turlari keng qo`llanila boshlandi.
|
| |