• Bosim va vakuumni o’lchash ikkilamchi asboblar montaji
  • Bosim va vakuumni o’lchash uchun mo’ljallangan olish birlamchi qurilmalari montaji




    Download 109,99 Kb.
    bet2/2
    Sana04.10.2024
    Hajmi109,99 Kb.
    #273389
    1   2

    Bosim va vakuumni o’lchash uchun mo’ljallangan olish birlamchi qurilmalari montaji


    Bosim va vakuumni o’lchaydigan olish qurilmalari muhit oqimi to’g’ri chiziqli bo’lgan joylarga o’rnatiladi. Olish qurilmalari gorizontal va qiya
    joylashgan gaz-havo quvuryo’llarining yuqori qismiga, suyuqlik va bug’ oquvchi quvuryo’llarining esa yon tomoniga o’rnatiladi.
    Avtomatlashtirish tizimlarida ortiqcha bosimni va vakuumni o’lchash uchun birxillashtirilgan olish qurilmalaridan foydalaniladi. Bosimni o’lchaydigan olish qurilmalari (22.3-rasm, a, b) halqasimon truba 1 nippelli biriktirgich 2, berkitish organi (ventil yoki uchyo’lli jo’mrak) 3 va manometr yoki vakuummetr ulanadigan M20X1 1G’2* rezbali futor 4 (qisib mahkamlagich)dan iborat. Halqasimon trubka issiq suyuqlik (temperaturasi 700S dan yuqori) va bug’ bosimini o’lchashda qurilmani himoyalash uchun zarur bo’ladi. Uning vazifasi – manometrga issiq suv yoki bug’ning kirishiga yo’l qoymaslikdan iborat. Halqada sovigan kondensat to’planadi va manometrni o’lchanayotgan muhitdan ajratib turadi.Bundan tashqari, halqasimon trubka asbobni ulash paytida bosimning sakrashini kamaytiradi. Olish qurilmasi bevosita quvuryo’lga yoki apparatga o’rnatilgan shtuserga payvandlanadi.


    22.3-rasm. Bosimni va vakumni olish qurilmalari: 1-halqasimon naycha, 2-nipelli biriktirgich, 3-berkitish organi, 4-futor, 5-himoyalovchi truba, 6-tarmoq, 7-tiqin qalpoqcha, 8-gayka, 9-olish trubasi.




    Bosim va vakuumni o’lchash ikkilamchi asboblar montaji


    Bosim va vakuumni o’lchash asboblari buyurtmachi (bosh pudratchi)dan o’rnatish zonasida stendda tekshirilganlik protokollari bilan birga qabul qilib olinadi. Ular yaxshi yoritilgan joylarda, agregatlarning qizigan qismlaridan uzoqroqda o’rnatiladi.
    Manometrlar. Asboblar tashqi ko’rikdan o’tkazilganda shtuserlarda manometrning ichki qismini ifloslanishdan va rezbalarni mexanikaviy shikastlanishdan saqlaydigan himoyalash qalpoqchalarining borligiga e’tibor beriladi.
    Nazorat savollar:

    1. Ishlab chiharish jarayonlarining to‘g‘ri o‘tishi ko‘pinsha nimaga bog`liq?

    2. Bosim deb nimaga aytiladi?

    3. Ortiqcha bosim nima?

    4. O‘lchanayotgan bosim kattalikgining turiga ko‘ra o‘lchash asboblari qanday turlarga bo‘linadi?

    5. Suyuqlikli bosim o‘lchash asbobining ishlash printsipini aytib bering?

    6. Qalqovichli difmanometrlar sxemasini tushuntirib bering?

    7. Bosim va vakuumni o’lchash uchun mo’ljallangan olish birlamchi qurilmalar montaji

    8. Bosim va vakuumni o’lchash ikkilamchi asboblar montaji

    9. Bosim olish qurilmalarini o’rnatishda halqasimon trubkalar qanday hol va nima maqsadda qo’llaniladi?

    Adabiyotlar.



    1. Yusupbеkov N.R., Muxamеdov B.I., Gulyamov Sh.M. Tеxnologik jarayonlarni nazorat kilish va avtomatlashtirish. - Toshkеnt: O‘qituvchi, 2011.

    2. Клюев А.С. и др. Проектирование систем автоматизации технологических процессов; 2-е издание. -М.: Энергоатомиздат, 1990.

    3. Клюев А.С. и др. Техника чтения схем автоматического управления и технологического контроля. 3-е издание. -М.: Энергоатомиздат, 1990.

    Download 109,99 Kb.
    1   2




    Download 109,99 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Bosim va vakuumni o’lchash uchun mo’ljallangan olish birlamchi qurilmalari montaji

    Download 109,99 Kb.