Bozor sharoitlarida korxona faoliyatini tartibga solish va rejalashtirish




Download 29,46 Kb.
bet2/2
Sana07.12.2023
Hajmi29,46 Kb.
#113246
1   2
Bog'liq
BOZOR SHAROITLARIDA KORXONA FAOLIYATINI TARTIBGA SOLISH VA REJALASHTIRISH 2 MAVZU

Tartibga solish bu hodisa va jarayonlarni yo’lga qoyish, bir tartibga keltirish jarayonidir. Shuningdek u boshqaruv mexanizmi va ularning elementlarini normal va samarali ishlaydigan holatga keltirishni ham anglatadi. Rejalashtirishga nisbatan bu erda gap shu haqda boradiki, oldindan ishlab chiqilgan reja va dasturlarni o’zgarib turuvchi sharoitlarga moslashtirish, ular rejali iqtisodiyotda bo’lgani kabi har qanday baho evaziga bajarilmasdan, bozor talablariga mos kelishi hamda korxona maqsadlariga erishish, ishlab chiqarishning daromadli va foydali bo’lishiga xizmat qilishi lozim. Har holda zamonaviy biznes va tadbirkorlik aynan shu tamoyillarga asosan faoliyat ko’rsatadi. Rejada belgilab qoyilgan, kechagi kun ishlab chiqilgan va bugunda o’z ahamiyatini yo’qotgan mahsulot ishlab chiqarish, ish bajarish va xizmat ko’rsatish mumkin emas.
Gap shundaki, korxona faoliyatining oldindan belgilab qoyilgan ko’rsatkichlarini tartibga solish malakasiz rejalashtirishning sababi va natijasi bo’lib, ishlab chiqarishni tashkil qilish va rejalashtirish jarayonlarida turli xato va kamchiliklar natijasida yuzaga keladi. Shu sababli ayrim korxonalarning, ayniqsa, biznes va tadbirkorlik sohasida hayotiylik davri yuqori bo’lmaydi, ular zarar keltiradigan korxonalarga aylanadilar va hatto bankrotga ham uchraydilar.
Amaliyotning ko’rsatishicha, asoslangan rejalashtirish odatda obyektiv zarurat talab qilgan hollardan tashqari kelgusida tartibga solishni talab qilmaydi. Korxona joriy faoliyatini tartibga solishdan maqsad quyidagilardan iborat:

  • barqaror ishlashni ta’minlash;

  • minimal xarajatlar bilan maksimal natijalarga erishish;

  • chiqarilayotgan mahsulotning sifat ko’rsatkichlarini yaxshilash;

  • ishlab chiqarish rentabelligini oshirish va xarajatlarni kamaytirish.

Bugungi kunda, iqtisodiyotning nodavlat sektorini rivojlantirishga katta e’tibor qaratilayotgan bir paytda biznes va tadbirkorlik sohasi ustivor ahamiyat kasb etib, korxonalarning iqtisodiy faoliyatda erkinligi kuchaymoqda, rejalashtirish va tartibga solish jarayonlarini hech kim cheklab qoymayapti. Hozirda korxonalarga yuqoridan buyruq va ko’rsatmalar asosida topshiriqlarni belgilab beruvchi vazirlik va mahkamalar tizimi yo’q. Korxonalarning katta qismi ishlab chiqarishning borishi va natijalarini o’zlari rejalashtiradi va tartibga soladi.
Shu bilan bir paytda yuqorida aytib o’tilgan mustaqillik va iqtisodiy hatti-harakatlar erkinligi korxonalar faoliyatining davlat tomonidan tartibga solinishini inkor qilmaydi. Masalan, AQSH, Yaponiya va boshqa ba’zi mamlakatlarda hukumat organlari asosan yirik korporatsiyalar bilan birgalikda ishlaydi. Bunda ular quyidagilarni aniqlaydi:

  1. 1) zarur investitsiyalar hajmi va tarkibi;

  2. 2) texnika darajasi, shuningdek, eng muhim mahsulot turlarining hajmi va proportsiyasi;

3) oylik ish haqi darajasi va korxona faoliyatining boshqa ayrim turlari.
Belgilangan umummilliy vazifalar iqtisodiy tartibga solish vositalari – soliqlar, kreditlar, subsidiyalar va kvotalar yordamida bajariladi. Shu sababli davlat bozor mexanizmiga aralashmasligi lozim va bozor to’laligicha o’zini-o’zi tartibga soluvchi, iqtisodiyotning bir tekisda proportsional rivojlanishini qo’llab-quvvatlashga qodir tizim deb hisoblovchilar unchalik haq bo’lib chiqmaydilar. Davlat o’ta ehtiyotkorlik bilan bozor mexanizmiga aralashuvi, uning kamchiliklarini to’g’rilashi, raqobatning yakkahokimlikka aylanishining oldini olishi, biznes va tadbirkorlikning huquqiy asoslarini takomillashtirishi, baho diskriminatsiyasi va boshqa salbiy tendentsiyalarga qarshilik ko’rsatishi lozim.
Bozor mexanizmiga davlatning aralashuvi zarurligi jahonda va mamlakatimizda to’plangan tajribalardan ko’rinib turibdi. Prezident I.Karimovning «O’zbekiston – bozor iqtisodiyotiga o’tishning o’z yo’li» kitobida qayd etganidek «Bozor munosabatlariga o’tish davrida davlat ijtimoiy hayot va iqtisodiyotning barcha sohalarini o’zgartirishni ishlab chiqishi va ketma-ketlikda amalga oshirishi lozim. O’zini-o’zi tartibga soluvchi bozor sof ko’rinishda umuman mavjud emas. Davlat har qachon ham o’zining alohida ahamiyatga ega bo’lgan roli tufayli iqtisodiy jarayonlarga ta’sir ko’rsatib kelgan. Shu sababli zamonaviy bozor bu davlat tomonidan tartibga solinuvchi bozordir».
Quyidagilar davlat tomonidan tartibga solishning asosiy yo’nalishlari hisoblanadi:

  • ma’muriy-huquqiy tartibga solish:

  • iqtisodiyot va biznes uchun huquqiy asoslarni yaratish;

  • qonunlarga rioya qilinishini ta’minlash;

  • jamiyat hayotining eng muhim sohalarini boshqarish;

  • davlat dasturlari va buyurtmalari;

  • moliya va soliq siyosati;

  • ijtimoiy siyosat.

O’zbekiston Respublikasi hukumati davlatning tartibga solish funktsiyasini jahon xo’jalik amaliyotida ma’lum bo’lgan va tekshirib ko’rilgan iqtisodiy tartibga solish vositalari yordamida amalga oshiradi. Masalan, soliq siyosati davlat va mahalliy byudjetlarni shakllantirishning fiskal funktsiyalarini bajarishdan tashqari ishlab chiqarish tuzilmasi, dinamikasi va joylashuviga iqtisodiy ta’sir ko’rsatish mexanizmi vazifasini ham bajaradi. Imtiyozli soliqqa tortish biznes va tadbirkorlikni rag’batlantirishning eng kuchli vositalarida hisoblanadi.
Davlat tomonidan tartibga solish bozor mexanizmini to’ldirib, unga o’zgartishlar kiritadi, biznes va tadbirkorlikning oyoqqa turib olishiga ko’maklashadi. Bunda u maksimal darajada maksimal pog’onada, minimal darajada minimal pog’onada tarqaladi. Tartibga solish, qaysi miqyosda amalga oshirilishidan qat’iy nazar doimiy harakat, talab va taklif, daromad va xarajatlar o’rtasida muvozanatga intilish hisoblanadi.
Bu tenglik doim ham ta’minlanmasada, u ko’ngildagidek darajada bo’lavermaydi. Biroq barcha hollarda ham davlat tomonidan tartibga solish va korxonaning o’zini-o’zi tartibga solishi iqtisodiyot va biznesni boshqarishning muhim elementi bo’lib qolaveradi. «Ekonomiks» darsligi muallifi Samuelsonning fikricha, busiz «bir qo’l bilan qarsak chalganday» qolaveramiz.
Rejalashtirish bozor bilan umuman mos kelmaydi, deb hisoblagan bozor munosabatlari tarafdorlari ham bugungi kunda o`zlarining avvalgi fikrlarida qattiq turmayaptilar. Vaqt va hayotning o`zi, xususan, ko`plab xorijiy kompaniya, firma va korxonalar tajribalari rejalashtirish va bashorat qilishning muhim ahamiyat kasb etishini tasdiqlaydilar. Masalan, Rossiyada islohotlar boshida qabul qilingan «tadbirkorlar Rossiyani qutqaradilar» shiori garchi nafaqat Rossiya, balki barcha sobiq ittifoq mamlakatlarining barchasida ham biznes va tadbirkorlik sohasi iqtisodiyotning ustivor yo`nalishiga aylangan bo`lsada, yumshoq qilib aytganda o`z tasdig`ini topdi. Gap shundaki korxona bu nafaqat bozor sub‘ektidir, u shu bilan bir paytda davlat tizimining elementi ham hisoblanadi. U davlat boshqaruv tizimi va siyosatidan to`liq mustaqil bo`la olmaydi. Markazlashgan iqtisodiyotga asoslangan mamlakatlarda bozor munosabatlarini erkinlashtirish yo`nalishida amalga oshirilgan islohotlar ishlab chiqarish jarayonini chetlab o`tib, shu bilan bir paytda mulkchilik shaklidan qat‘iy nazar korxonalarda mehnat motivatsiyasi va rejalashtirish tizimini sezilarli ravishda o`zgartirib yubordi. Menejment sohasi mutaxassislarining ta‘kidlashicha, butun rejalashtirish va boshqaruv tizimi xodimlarning ish sifati va samaradorligini oshirishdan manfaatdorligiga yo`naltirilishi lozim bo`lib, bu firma rivojlanishining muhim sharti hisoblanadi. Biroq bu xuddi boshqa muvaffaqitlar kabi o`zidan-o`zi kelmaydi. Buning uchun resurslar asoslaridan tashqari mohir tashkilotchilik, ilmiy asoslangan rejalashtirish va boshqaruvni talab qilinadi. Ayniqsa kishilarning ishlab chiqarish mehnatidan moddiy manfaatdorligi muhim ahamiyat kasb etib, bugungi kunda buni mehnat hayotining sifati deb nomlanadi. Masalan, Janubiy Koreyaning «DEU» transmilliy firmasi rahbari Kim U Jung ta‘kidlashicha: «biznesda odam boshqa hech qaerda bo`lmagan ahamiyatga ega. Inson - hamma narsadan yuqori. U buyuk kuchdir. SHu sababli kompaniyalar tobora ko`proq kadrlar bilan bog`liq masalalarga e‘tibor qaratmoqdalar. CHunki umuman olganda odamlar ishlaydilar. Firmaning gullab-yashnashi yoki inqirozga uchrashi ularga bog`liq« 8 . SHu sababli bo`lsa kerak, YAponiya firmasi «Matsusita» quyidagi shiorni tanlab olgan: «narsalarni yaratishdan avval «Matsusita» kadrlarni yaratadi» 9 . Bugungi kunda O`zbekistonda turli mulkchilik shaklidagi, turli soha va tarmoqlarga taaluqli 300 mingdan ortiq korxona mavjud bo`lib, ulardan 280 mingtasi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub‘ektlari hisoblanadi. Ularning ishlab chiqarish faoliyati, shubhasizki, rejalashtirish va boshqarish ob‘ekti bo`lib, bozorga va iste‘molchilar talabini qondirishga yo`naltiriladi. Amaliyotning ko`rsatishicha, ishlab chiqarish faoliyatini rejalashtirishda har bir korxona o`zining bugungi kundagi va kelajak uchun strategiyasini belgilab oladi. SHu sababli rejalashtirish korxonani rivojlantirish strategiyasidan ajralmas bo`lib, buni quyidagi sxema yordamida aks ettirish mumkin.
Mazkur holatda strategiya kelajak uchun umumiy g`oyani shakllantirshga imkon berdi. Rejalashtirish jarayonining o`zi va bevosita strategik reja esa korxonaga aniqlik, individuallik hadya etib, bu unga ma‘lum turdagi xodimlarni jalb qilish va boshqa turdagi xodimlarni jalb qilmaslikka imkon beradi. Bu reja korxona uchun istiqbollar ochib berib, yangi xodimlarni jalb qiladi, mahsulot ishlab chiqarishdan tashqari uni sotishga ko`maklashadi. Rejalar shunday tuzilishi kerakki, ular uzoq vaqt davomida buzilmasligi, shu bilan bir paytda zarur hollarda yo`nalishni o`zgartirishga moslashgan bo`lishi lozim. Amalda rejalashtirish jarayonida ikkita muhim savolga javob topish zarur: 1. korxona uchun bozordagi vaziyat bilan bog`liq joriy vazifalarni bajarishda to`siqlar yaratmaydigan strategik maqsadni qanday tanlash; 2. strategik maqsadlarga tayangan holda eng murakkab va kutilmagan hodisa va tashqi tendensiyalarga munosib va samarali javob qaytarishi uchun moddiy, moliyaviy va mehnat resurslarini qanday shakllantirish lozim. Avvalgi buyruqbozlik tizimidagidan farqli o`laroq ko`plab korxonalarda, ayniqsa, mikrofirma va kichik korxonalarda rejalar mustaqil ravishda ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi. Biroq korxonaning ishlab chiqarish faoliyatini rejalashtirish xuddi avvaldagi kabi ko`rsatkichlar tizimi yordamida amalga oshirilib, bu ko`rsatkichlar sifat va miqdor, hajm va solishtirma turlarga taqsimlanadi. Miqdor ko„rsatkichlari – absolyut ko`rsatkichlar bo`lib, bu qatorga yalpi va tovar mahsulotlar hajmi, sotuv hajmi, xodimlar soni, ish haqi fondi, foyda yoki daromad miqdori, ishlab chiqarish resurslarining sarflanishini kiritish mumkin. Sifat ko„rsatkichlari nisbiy kattalik hisoblanadi. Ular ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorligini, uning ayrim omillarini aks ettiradi. Bu mehnat mahsuldorligining o`sishi, mahsulot tannarxining pasayishi va hokazolardir. Bu qatorga shuningdek, o`zaro miqdor ko`rsatkichlarini ifodalovchi ko`rsatkichlar, masalan, ishlab chiqarish rentabelligi, fond sig`imi, mahsulot sifati va boshqalarni ham kiritish mumkin. Hajm ko„rsatkichlari ishlab chiqarishning, uning ayrim jarayonlari va unda ishtirok etuvchi omillarning absolyut kattaligini belgilaydi. Bu qatorga masalan, yalpi, tovar va sotilgan mahsulot hajmi, mehnat xarajatlari hajmi, olingan foydaning umumiy hajmi va boshqalar kiritiladi. Solishtirma ko„rsatkichlar ikki yoki undan ortiq o`zaro bog`liq ko`rsatkichlar va mahsulot birligi xarajatlari salmog`ining nisbatlarini tavsiflaydi. Masalan, mahsulot birligiga metall, elektr energiyasi, yoqilg`i sarflanishi, ishlab chiqarish Корхона миссияси Корхона мақсадлари Ташқи муҳит таҳлили ва баҳоланиши Кучли ва заиф томонларни баҳолаш Стратегияни баҳолаш Стратегияни амалга ошириш Стратегияни белгилаш Муқобилларни танлаш 31 quvvati birligiga kapital qo`yilmalar, jami to`lovlar hajmida mukofotlarning salmog`i va hokazolar. Ushbu barcha ko`rsatkichlar o`rtasida o`zaro aloqalar mavjud. Bu ko`rsatkichlar rejalashtirish jarayonida ham, korxonaning xo`jalik faoliyatini tahlil qilishda ham qo`llanadi.
Rejalashtirish va bashorat qilishning maqsadli funksiyasi bu– zarur hisobkitoblar, bashorat va dalillar asosida korxona faoliyatining qisqa va uzoq muddatli strategiyasini belgilashdir. To`g`ri, bu xodimlar soni 5-10 kishidan 100 kishigacha bo`lgan mikrofirma va kichik korxonalarga qaraganda ko`proq yirik korxonalar uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Biroq har bir holatda rejalashtirish belgilangan pirovard natijaga erishi uchun yo`naltirilgan resurslar (moddiy va moliyaviy) hamda odamlar mehnatini bosqichma-bosqich qamrab oladi. Rejalashtirish odatda detalli hisob-kitoblar va ko`rsatmalarga asosan amalga oshiriladi. U bir tomondan barcha xodimlar uchun vazifalarni (har bir xodim qachon va nima qilishi kerak), ikkinchi tomondan rahbariyat uchun ko`rsatmalarni (korxona belgilangan maqsadga erishishi uchun qanday boshqaruv qarorlari qabul qilish lozim) belgilab beradi. Ishlab chiqilgan reja birinchidan, ishlab chiqarish imkoniyatlari bilan bog`langan bo`lsa, ikkinchidan, undagi xato va kamchiliklar minimal bo`lsa, uchinchidan esa, ishlab chiqarish rejalashtirilgan mahsulot iste‘mol talabiga ega bo`lsa, bu holda rejalashtirishni samarali deb hisoblash mumkin bo`ladi. Korxona rahbariyati tasdiqlagan reja buyruq maqomiga ega bo`lib, barcha bajaruvchilar uchun majburiy xarakterga ega bo`ladi. Korxona miqyosida rejalashtirishning maqsadli funksiyalari va tarkibini quyidagi sxema yordamida aks ettirish mumkin
Download 29,46 Kb.
1   2




Download 29,46 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Bozor sharoitlarida korxona faoliyatini tartibga solish va rejalashtirish

Download 29,46 Kb.