Elektron do‘kon orqali davlat xaridlarini amalga oshirish Mavzu Bajardi; Tojiboyev Shaxboz




Download 1.91 Mb.
Sana08.04.2023
Hajmi1.91 Mb.
#49601
Bog'liq
Elektron do‘kon orqali davlat xaridlarini amalga oshirish
2 5256086199801482126, Traktor va avtomobillarning yurish qisimlari va boshqarish mehanizmlar, Бойитиш мустақил иш мавзулари, E-imzo mac instr, Aniq integralni taqribiy hisoblash usullari To`g`ri to`rtburchak11, Vokal-xor malakalari mavzusida prezentatsiya, 14.1. variatsion hisob va optimal boshqaruv , firefox linuxda, informatika 7 uzb, Государственное образовательное, МОСЛАШУВ ДАФТАРИ қисқартирилгани(1), betlik avt, free-chart-patterns-book, instruction

Elektron do‘kon orqali davlat xaridlarini amalga oshirish
Mavzu
Bajardi; Tojiboyev Shaxboz
Guruh MMT88
Elektron savdolarda ishtirok etish buyurtmachilar va yetkazib beruvchilar uchun birdek foydalidir. Jumladan, tadbirkorlar davlat buyurtmalari bilan tanishib chiqishlari va o‘z takliflarini vositachilarsiz berishlari, narxlarni kuzatishlari yoki o‘zlari ishlab chiqarayotgan mahsulotni elektron do‘konga joylashtirishlari mumkin.
- Sizni qiziqtirgan savdoni topishning qulayligi;
- Elektron auksion savdolarida ro‘yxatdan o‘tish va ishtirok etishning bepulligi;
- Hujjatlarni tayyorlashda xarajatlarning minimallashtirilganligi;
- Bir necha marotaba narx taklif etish imkoniyati;
- Etkazib beruvchilar o‘rtasida huquqlarning tengligi;
- Adolatli raqobatning mavjudligi;
- Davlat buyurtmalarida ishtirok etish imkoniyatining kengligi;
- Davlat xaridlari sohasida korrupsiyaning oldini olish;
- Ofisingizdan chiqmagan holda, dunyoning istalgan joyidan turib savdolarda ishtirok etish imkoniyati mavjudligi;
- Tizimga internet orqali kirish imkoniyati mavjudligi sababli inson resurslari va ish vaqtini tejash imkoniyatlari mavjudligi.
Yetkazib beruvchilarga
Savdolarda masofadan turib ishtirok etish
Davlat xaridlarining asosiy maqsadi tizimning shaffofligini ta'minlash hamda uni yanada takomillashtirish hisobiga korporativ buyurtmachilar, shu jumladan strategik ahamiyatga ega bo‘lgan xo‘jalik jamiyatlari va korxonalar mablag‘larining maqsadli sarflanishini ta'minlash hamda samaradorligini oshirishdir.
- Etkazib beruvchilar tomonidan bir necha marotaba narx berish natijasida narxning tushishi va byudjet mablag‘ining tejalishini ta'minlash;
- Savdolarni va ularning natijalarini kuzatib borish;
- Tanlov o‘tkazish uchun mablag‘ sarflash talab etilmasligi, auksion savdolari natijasida narxning pasayishi (xaridlarda pulning tejalishi);
- Davlat xaridlari sohasida korrupsiyaning oldini olish;
- Auksion ishtirokchilari o‘rtasidagi yuqori raqobat;
- Inson resurslari va vaqtning katta miqdorda tejalishi, ya'ni tizimga internet orqali kirish imkoniyati mavjudligi sabab ish vaqtining tejalishi;
- Ofisingizdan chiqmagan holda, dunyoning istalgan joyidan turib savdolarda ishtirok etish imkoniyati mavjudligi.
Buyurtmachilarga
Xarid jarayonlarini amalga oshirish turlari
DAVLAT XARIDLARI TO‘LOVLARI BO‘YICHA SAVOLLAR
Davlat xaridlari elektron savdolariga ishtirokchilarni kiritish uchun ishtirokchi qaysi mezon talablariga muvofiq bo‘lishi kerak ?
“Maxsus axborot portali operatorining davlat xaridlarini tashkil etish hamda o‘tkazish borasidagi faoliyati to‘g‘risida”gi Nizom (ro‘yxat raqami 3015, 2018 yil 21 may) ning 20-bandida ishtirokchilarni xaridga kiritish:
- ularning shartnoma tuzish uchun qonuniy huquqqa egalik;
- soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lash bo‘yicha qarzdorlikning mavjud emasligi;
- o‘ziga nisbatan joriy etilgan bankrotlik tartib-taomillarining mavjud emasligi;
- insofsiz ijrochilarning yagona reyestrida qayd etilmaganligi mezonlariga muvofiq bo‘lganda amalga oshirilishi ko‘rsatib o‘tilgan.
Avans to‘lovi nima ?
avans to‘lovi — Davlat xaridlari bo‘yicha vakolatli organ tomonidan belgilanadigan, davlat buyurtmachisi va xarid qilish tartib-taomillari ishtirokchisi tomonidan kiritiladigan, operatorning vositachilik yig‘imlarini va tomonlarning zakalatini o‘z ichiga olgan moliyaviy mablag‘lar summasi.
Davlat xaridlari elektron savdolarida tuzilgan shartnoma bo‘yicha tovarni qachon yetkazib berish lozim ?
Ijrochi (yetkazib beruvchi) shaxsiy kabinetiga Operator tomonidan shartnoma bo‘yicha to‘liq to‘lov to‘langanligi va ushbu shartnoma bo‘yicha tovarni yetkazib berish mumkinligi to‘g‘risidagi xabarnomani olganidan so‘ng, shartnomada belgilangan muddatdan kechiktirmay buyurtmachiga tovarni yetkazib berishi kerak.
Tashabbuskor tomon o‘z shaxsiy kabinetidagi “Mening buyurtmalarim bo‘yicha shartnomalar ro‘yxati” bo‘limidan “Bekor qilish” (“Rastorgnut”) tugmasini bosadi.
Buyurtmachi ham yetkazib beruvchi ham shartnomani bekor qilishda tashabbuskor tomon bo‘lishi (yaʼni bekor qilish to‘g‘risidagi taklifni birinchi bo‘lib shakllantirgan taraf) mumkin.
Shartnomani bekor qilish uchun so‘rov qanday shakllantiriladi ?
Agarda ijrochi (yetkazib beruvchi) shaxsiy kabinetiga shartnoma bo‘yicha to‘liq to‘lov to‘langanligi va ushbu shartnoma bo‘yicha tovarni yetkazib berish mumkinligi to‘g‘risidagi xabarnoma kelib tushmasdan avval tovarni yetkazib berilgan bo‘lsa, tovar uchun to‘lov kimning zimmasida bo‘ladi?
IjrochiIjrochi tomonidan tovarlar (ishlar, xizmatlar) HKKP tomonidan to‘lov amalga oshirilishi to‘g‘risidagi xabarnomasiz yetkazib berilgan taqdirda, buyurtmachi tomonidan tovarlar uchun to‘lovni amalga oshirmaslik xavfi ijrochining zimmasida bo‘ladi.
Yaʼni, Operator ushbu shartnoma bo‘yicha yetkazib berilgan tovar uchun to‘lovni kafolatlamaydi.
Operatorga yetkazib berilgan tovar uchun to‘lovni o‘tkazish uchun nima asos bo‘lib hisoblanadi ?
Agar buyurtmachi byudjet buyurtmachisi bo‘lsa:
Yetkazib berilgan tovar uchun to‘lovni o‘tkazishga asos, byudjet buyurtmachisi tomonidan UzASBO dasturiga kiritilgan va Moliya vazirligi tomonidan Operatorga jo‘natilgan hisob-faktura hisoblanadi.
Agar buyurtmachi korporativ buyurtmachi bo‘lsa:
Yetkazib berilgan tovar uchun to‘lovni o‘tkazishga asos, korporativ buyurtmachi tomonidan shaxsiy kabinet orqali “bajarildi” tugmasini bosish orqali Operatorga kelib tushgan maʼlumot hisoblanadi.
Byudjet buyurtmachisi tovar qabul qilganidan so‘ng necha kun ichida hisob-fakturani “byudjet tashkilotlarining hisobi va hisobotlari avtomatlashtirilgan tizimining dasturiy kompleksi” (UzASBO dasturi) ga kiritishga majbur ?
Byudjet buyurtmachisi tovarni (ishni, xizmatni) qabul qilgandan so‘ng uch ish kuni mobaynida shartnoma asosida tovarni (ishni, xizmatni) to‘liq hajmda qabul qilganlik to‘g‘risidagi axborotni, byudjet tashkilotlarining hisobi va hisobotlari avtomatlashtirilgan tizimining dasturiy kompleksi (UzASBO dasturi) orqali DMBATga kiritishga va yuborishga majbur.
Korporativ buyurtmachisi tovar qabul qilganidan so‘ng necha kun ichida tovarni to‘liq hajmda qabul qilganligi to‘g‘risidagi maʼlumotni shaxsiy kabineti orqali Operatorga yuborishga majbur ?
:
Korporativ buyurtmachi tovarni (ishni, xizmatni) qabul qilgandan keyin uch ish kuni mobaynida Operatorga o‘zining shaxsiy kabineti orqali tovarni (ishni, xizmatni) to‘liq hajmda qabul qilganlik to‘g‘risidagi axborotni yuborishga majbur.
Shartnoma bekor qilinganligini qanday tekshirish mumkin ?
“Bekor qilish” tugmasini bosish natijasida tashabbuskor tomonning shaxsiy kabinetida “Bekor qilish” bo‘limi (faol so‘rovlar kichik bo‘limi) da mazkur lot bo‘yicha shartnomani bekor qilish taklifi shakllanadi.
Qarshi tomonning (ikkinchi taraf) shaxsiy kabinetidagi “Bekor qilish” bo‘limi (faol so‘rovlar kichik bo‘limi) da ham mazkur lot bo‘yicha shartnomani bekor qilish taklifi qabul qilish yoki rad etishni tanlash imkoniyati bilan shakllanadi.
Agar qarshi tomon (ikkinchi taraf) shartnomani bekor qilish so‘rovi (taklifi) ni qabul qilsa yoki rad etsa, ushbu so‘rov (taklif) har ikki tomonning shaxsiy kabinetidagi “Faol so‘rovlar” kichik bo‘limidan “Arxiv” kichik bo‘limiga o‘tkaziladi. (Bekor qilish taklifi qabul qilinganligi yoki rad etilganligini so‘rov (taklif) “Arxiv” kichik bo‘limga o‘tishidan bilish mumkin).
Agarda qarshi tomon (ikkinchi taraf) shartnomani bekor qilish so‘rovi (taklifi) ni eʼtiborsiz qoldirsa (qabul qilmasa yoki rad etmasa) ushbu so‘rov “Arxiv” kichik bo‘limiga o‘tkaziladi, va tashabbuskor tomon yana bir bor ushbu so‘rovni shakllantirishiga to‘g‘ri keladi.
Tovar (ish, xizmat)ning batafsil tavsifi: Шпатлевка (Rotband) 25кг
Alohida shartlar
  • Ishtirokchida yoki ijrochi O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan berilgan muvofiqlik sertifikati va ro‘yxatga olish guvohnomasi bo‘lishi kerak.
  • “Buyurtmachi” tovarni qabul qilganidan keyin 3 kun ichida qadoqni “Ishtirokchi yoki ijrochi”ga qaytaradi.
  • “Ishtirokchi yoki ijrochi” yetkazib berilgan tovarlar uchun texnik pasport taqdim etishi shart.
  • Tovar yetkazib berilgandan so'ng, o'rnatish va montaj ishlari 2 kun ichida bajarilishi kerak.
  • Tovar narxi ichiga o'lchash, o'rnatish va yetkazib berish xizmati kiradi.
  • Tovarlar o'rnatish va montaj sharti bilan yetkazib beriladi.
  • “Buyurtmachi” “Ishtirokchi yoki ijrochi” tomonidan yetkazib berilgan tovarlar bilan tanishishi mumkin.
  • Yaroqlilik muddati o‘tgan, shuningdek shikastlangan qadoqdagi tovarlarni yetkazib berish taqiqlanadi.
  • " Ishtirokchi yoki ijrochi " kafolat muddati davomida bepul texnik xizmat ko'rsatish bo'yicha majburiyatlarni o'z zimmasiga oladi.
  • Tovarlar ixtisoslashtirilgan transportda yetkazilishi kerak (agar tovarlar tez buziladigan bo'lsa).
  • Tovarlarni yetkazib berish manzili: Канлыкульский районы ул.Гарезсизлик№7.
  • Sifatsiz tovarlar qabul qilinmaydi va qaytarib yuboriladi.
  • Tovar batafsil tavsifda ko'rsatilgan barcha texnik talablar va parametrlarga javob berishi kerak.
  • Tovarlar gigienik sertifikatga ega bo'lishi kerak (agar tovar gigienik sertifikatlash uchun majburiy bo'lsa).
  • “Ishtirokchi yoki ijrochi” uskuna/tovar uchun 1год kun/oy(lar)/yilni kafolat taqdim etishi kerak. Tovar yuzasidan e'tirozlar %text2% kun ichida yuboriladi.
  • Shartnoma predmetiga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritishga yo'l qo'yilmaydi.
  • Tovarlar qadoqlangan bo'lishi kerak. Qadoqda yaroqlilik muddati ko'rsatilishi kerak (qadoqlash turlari: miqdori, tara).
  • Yetkazib beruvchining EHMlar uchun dasturiy ta'minotni sotish huquqi uchun litsenziyaga ega bo'lishi shart.
  • Tovarlarni tekshirish (kalibrlash) usullari va foydalanish bo'yicha ko'rsatmalari bo'lishi kerak
  • Yetkazib berishning asosiy shartlari: temir yo'l transporti orqali "Sotib oluvchi" hisobidan - yuklash sotuvchi mablag`lari bilan, sotuvchi hisobidan amalga oshiriladi.
  • Tovarlar yetkazib beruvchining hududida texnik holati sinovdan o'tkazilgandan so'ng qabul qilinadi
  • Yetkazib berilayotgan tovarlar yangi va oldin foydalanilmagan, shuningdek, asl o‘ramida, zavod belgilariga ega bo‘lishi va nuqsonlari bo‘lmasligi kerak.
  • Xizmat ko'rsatish markazi O'zbekiston Respublikasida joylashgan bo'lishi kerak

Etiboringiz uchun rahmat
Download 1.91 Mb.




Download 1.91 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Elektron do‘kon orqali davlat xaridlarini amalga oshirish Mavzu Bajardi; Tojiboyev Shaxboz

Download 1.91 Mb.