Bt va mt da yasalgan kalit sxemasining uzatish xarakteristikasini, ttm integral sxemasini, mdya tranzistorlardagi mantiqiy elementlarni tadqiq etish. Ims optronlarni tadqiq etish. Bt da yasalgan kalit sxemasining uzatish xarakteristikasini tadqiq




Download 307,2 Kb.
bet2/6
Sana27.08.2024
Hajmi307,2 Kb.
#269936
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
3-tajriba E va S2 SIRTQI

tuulanish vaqti;

  • tf– ulanishda old front davomiyligi, o‘chirilishda (uzilishda) esa tso‘r ;

  • Uto‘y–to‘yinish kuchlanishi Ik tes– teskari tok.

    Tranzistorning berk rejimi chiqish kuchlanishi qiymati (Uto‘y=-Ek+Ik tes R) ning yuqoriligi bilan xarakterlanadi.
    To‘yininsh rejimida kollektor toki Ik to‘y =( Ek– Uto‘y) / Rk chiqish kuchlanishi esa Uchiq=Uto‘y.
    Tranzistorli kalitning ulanishda o‘tish jarayonining parametrlari: tuulanish vaqti tf– ulanishda old front davomiyligi, tso‘r– bazada to‘plangan zaryadning so‘rilish vaqti, tkes– orqa front kesimining davomiyligi.
    Zaryadlarni so‘rilish jarayoni tranzistorga berkituvchi kirish kuchlanish Eb berilgan vaqtdan boshlab bazada to‘plangan zaryadlar uni to‘yinish holatidan aktiv rejimga o‘tkazadigan chegaraviy qiymatga erishguncha bo‘lgan vaqt bilan xarakterlanadi. Agar tranzistorning kollektor o‘tishi emitter o‘tishidan avvalroq (Tk e) berkitilsa, u tranzistor normal aktiv rejimga o‘tadi, aks holda (Te k) tranzistor invers rejimda bo‘lib qoladi. 5.12.3– rasmda BT da yasalgan elektron kalit uzatish xarakteristikasini o‘lchash prinsipial sxemasi keltirilgan.
    Tranzistorli kalit sxemasi ikkita turg‘un statik holatga ega bo‘lishi shart, bularda tranzistor to‘yinish rejimida (ochiq holatda) yoki berk rejimda (yopiq holatda) bo‘ladi. Kremniyli tranzistor kalit sxemalarida tranzistorning yopiq holatiga aktiv rejimning boshlang‘ich sohasi mos keladi. Bir turg‘un holatdan boshqasiga o‘tishda tranzistor aktiv yoki invers rejimlarda ishlaydi.

    5.12.3– rasm. BT da yasalgan elektron kalit uzatish xarakteristikasini o‘lchash prinsipial sxemasi.
    Tranzistorning o‘chirilishidagi (uzilishidagi) o‘tish jarayoni chiqish kuchlanishi kesimi (orqa front) bilan tugallanadi. Ushbu jarayon davomiyligida bazada to‘plangan noasosiy zaryad so‘ruvchilar to‘liq so‘rilganda (QYU=0) orqa front hosil bo‘lishi tugaydi deb baholash mumkin. Real sxemalarda chiqish kuchlanishi kesimining katta qismi tranzistorning berk rejimida hosil bo‘ladi.
    Tranzistorli kalitning baza zanjiridagi kondensatorni jadallashtiruvchi kondensator deb ataladi. U baza toklarinig qisqa vaqt davomida yuqori qiymatga ko‘tarish uchun xizmat qiladi. Tranzistorli kalit tezligini shuningdek, kollektor va baza orasiga ularning potensiallarini bir-biriga nisbatan belgilovchi va tranzistorni chuqur to‘yinishda saqlovchi diod ulash bilan oshirish mumkin. Bunday tranzistorli kalitlar to‘yinmagan deb ataladi.
    Laboratoriya ishini elektron stendda bajarish uchun МП37 tranzistoridan foydalaniladi.

    Download 307,2 Kb.
  • 1   2   3   4   5   6




    Download 307,2 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Bt va mt da yasalgan kalit sxemasining uzatish xarakteristikasini, ttm integral sxemasini, mdya tranzistorlardagi mantiqiy elementlarni tadqiq etish. Ims optronlarni tadqiq etish. Bt da yasalgan kalit sxemasining uzatish xarakteristikasini tadqiq

    Download 307,2 Kb.