|
Laboratoriya ishini bajarish uchun topshiriq
|
bet | 4/6 | Sana | 27.08.2024 | Hajmi | 307,2 Kb. | | #269936 |
Bog'liq 3-tajriba E va S2 SIRTQI2. Laboratoriya ishini bajarish uchun topshiriq.
2.1. Mikrosxemaning uzatish va kirish xarakteristikalarini o‘lchash.
2.1.1. K155ЛА3 mikrosxemada mavjud to‘rtta 2 YoKI - EMAS elementlarning ixtiyoriy biridan foydalanib, 5.14.3 – rasmda keltirilgan sxemani yig‘ing (misol tariqasida bir sxemaning chiqishlari tartibi keltirilgan).
5.14.3 – rasm. O‘lchash sxemasi.
IMS kirishlaridan biriga kirish kuchlanishi bering, ikkinchisiga (ishlatilmayapganiga) esa manbaning “+” qutbini ulang. E1 kirish kuchlanishini 0...5 V oralig‘da o‘zgartirib borib kirish IKIR=f(UKIR) hamda uzatish xarakteristikasini UChiq=f(UKIR) o‘lchang. O‘lchash natijalarini jadvalga kiriting.
2.1.2. UKIR=U0 ≈ 0,4 V bo‘lganda va UKIR=U1 2,4 V bo‘lganda mos ravishda iste’mol I0ist. va I1ist. toklarini o‘lchang (U0 va U1 sath qiymatlari pasport ko‘rsatmalaridan olinadi).
2.2. Mikrosxema yuklama qobiliyatini o‘lchash.
Oldingi bandda tadqiq etilgan sxemadan foydalaning. IMS kirishiga pasport ko‘rsatmasidagi mantiqiy nol qiymatini Ukir=0,4 V bering. IMS chiqishiga yuklama qarshiliklari: RYu=10k Om, 1 kOm, 470 Om, 100 Om berib, yuklama chiqish xarakteristikasini UChiq=f(RYu) o‘lchang.
2.3. Mantiqiy mikrosxema tezkorligini tadqiq etish.
5.14.4 – rasmda keltirilgan sxemani yig‘ing. O‘lchashni osonlashtirish maqsadida kechikish vaqtini uzaytirish maqsadida to‘rtta mikrosxema ketma – ket ulangan (olingan natijani to‘rtga bo‘lish kerakligi yoddan ko‘tarilmasin).
Kirish (A nuqta) va chiqish (B nuqta) ga ostsillografni ulang. Bu vaqtda IMS chiqishiga ostsillograf pultida o‘rnatilgan kuchlanish bo‘luvchisi 1:10 orqali ulanishi kerak. Bu holat ulanish kabeli sig‘imi va ostsillograf ta’sirini 10 marotabaga kamaytirishga imkon beradi. (Kirish zanjiri past Omli bo‘lgani uchun, bu yerda bu holat talab etilmaydi).
Kirishga amplitudasi 5 V va chastotasi 1 kHz bo‘lgan to‘g‘ri burchakli impulslar beriladi. Oldi va orqa frontlarning kechikish vaqtlarini (t0,1kech , t1,0kech) aniqlang.
5.14.4 – rasm. O‘lchash sxemasi.
|
| |