• Kompyuter tarmoqlarining asosiy turlari
  • Bu tarmoqning qurilmalari va kompyuterlari bir-biriga bogʻliq boʻlgan tarmoq turi boʻlib, shu bilan aloqa uzilib qolgan taqdirda ham translyatsiyalarning katta qismini belgilashga imkon beradi




    Download 76,89 Kb.
    bet4/5
    Sana15.12.2023
    Hajmi76,89 Kb.
    #119464
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    1700300628 (2)

    Afzalligi:
    Har bir ish stantsiyasi o'rtasida tarmoq ulanishini boshqarish uchun tarmoq serveriga yoki markaziy markazga ehtiyoj yo'q.
    Ushbu turdagi tarmoqlarda uni o'rnatish va muammolarni hal qilish nisbatan oson.
    Ma'lumotlarni ish stantsiyalari o'rtasida yuqori tezlikda uzatish mumkin.
    Resurslardan teng foydalanish imkoniyati mavjud.
    Bu tugunlar ko'paytirilsa ham, avtobus topologiyasidan yaxshiroq ishlaydi.
    Bu tarmoqdagi katta hajmdagi tugunlarni boshqarishi mumkin.
    Yaxshi shaharlararo aloqani ta'minlaydi.
    Halqa tarmog'iga xizmat ko'rsatish avtobus tarmog'iga nisbatan ancha osonroq.
    Ushbu topologiyada muammolarni bartaraf etish ancha osonroq, chunki kabel nosozliklarini osongina topish mumkin.

    Torus aloqali topologiya - bu parallel kompyuter tizimidagi ishlov berish tugunlarini o'zaro bog'lash uchun kalitsiz tarmoq topologiyasi hisoblanadi. Bu yangi avlod topologiya hisoblanadi va ko’plab kompyuterlarni 3 o’lchamli holatda bir biri bilan bog’laydi.



    Kompyuter tarmoqlarining asosiy turlari

    Axborotni bir kompyuterdan ikkinchi kompyuterga uzatish muammosi hisoblash texnikasi paydo bo‘lgandan beri mavjuddir. Axborotlarni bunday uzatish alohida foydalanilayotgan kompyuterlami birgalikda ishlashini tashkil qilish, bitta masalani bir necha kompyuter yordamida hal qilish imkoniyatlarini beradi. Вundan tashqari, har bir kompyuterni ma’lum bir vazifani bajarishga ixtisoslashtirish va kompyuterlarning resurslaridan birgalikda foydalanish hamda ko‘pgina boshqa muammolarni ham hal qilish mumkin boʻladi. Oxirgi vaqtda axborotlarni almashish usullari va vositalarini ko‘p turlari taklif qilinmoqda: eng oddiyi fayllarni disklar yordamida kompyuterdan kompyuterga otkazishdan tortib, to butun dunyo kompyuterlarini birlashtira olish imkoniyatini beradigan Internet tarmog‘igacha. Ko‘pincha “mahalliy tarmoqlar” (lokalmye seti, LAN, Local Area Network) atamasini aynan, katta boʻlmagan, mahalliy oʻlchamli, yaqin joylashgan kompyuterlar ulangan tarmoq, ya’ni mahalliy tarmoq deb tushiniladi. Lekin ba’zi mahalliy tarmoqlarning texnik koʻrsatgichlariga nazar solsak, bunday atama aniq emasligiga ishonch hosil qilish mumkin. Misol uchun, ba’zi bir lokal tarmoqlar bir necha kilometr yoki bir necha o‘n kilometr masofadan oson aloqani ta’minlay olish imkonini beradi. Bu hol esa, bir xonaning, bir binoning yoki bir-biriga yaqin joylashgan binolarninggina emas, balki bir shahar doirasidagi oʻlchamdir. Boshqa bir tomondan olib qaraganimizda global tarmoq orqali (WAN, Wide Area Network yoki GAN, Global Area Network) bir xonada joylashgan ikki yonma-yon stoldagi kompyuterlar ham axborot almashinuvini amalga oshirishi mumkin, lekin negadir bunday tashkil qilingan tarmoqni hech kim mahalliy tarmoq deb atamaydi. Ikkita yaqin joylashgan kompyuterlami interfeys orqali (RS232, Centronics) kabel yordamida bog‘lash mumkin yoki hatto kabelsiz infraqizil kanal yordamida ham kompyuterlami bog Mash mumkin. Lekin bunday bog‘lanish ham mahalliy tarmoq deb atalmaydi. Balki mahalliy tarmoq ta’rifi xuddi kichik tarmoq kabi boiib, ko‘p boimagan kompyuterlami bogiashdir. Haqiqatan, mahalliy tarmoq ko‘p hollarda ikkitadan to bir necha o'nlab kompyuterlami o‘z tarkibiga oladi. Lekin ba’zi bir mahalliy tarmoqlarning cheklangan imkoniyatlari ancha yuqori boʻlib, abonentlarning soni mingtagacha yetishi mumkin. Bunday tarmoqni kichik tarmoq deb atash balki noto‘g‘ridir. Ba’zi mualliflar mahalliy tarmoqni «ko‘p kompyuterlarni uzviy bogʻlovchi tizim» deb ta’riflashadi. Bu holda axborot kompyuterlardan kompyuterlarga vositachisiz va bir turdagi uzatish muhiti orqali amalga oshiriladi deb faraz qilinadi. Biroq hozirgi zamon mahalliy tarmoqlarida bir turdagi uzatish muhiti haqida gap yuritib boʻlmaydi. Misol uchun, bir tarmoq doirasida har turdagi elektr kabellari va shuningdek shisha tolali kabellar ham ishlatilishi mumkin. Axborot uzatishni «vositachisiz» ta’rifi ham juda aniq emas, chunki hozirgi zamon mahalliy tarmoqlarida turli konsentrator, kommutator, yo‘naltirgichlar (marshrutizatori) va ko‘prik-lardan (mosti) foydalaniladi. Axborotlarni uzatish jarayonida uzatilayotgan axborotlarga murakkab ishlov beruvchi bu vositalami vositachi deb qabul qilinadimi yoki yo‘qmi?, unchalik tushunarli emas. Balki foydalanuvchilar aloqa mavjudligini his qilmaydigan tarmoqni mahalliy tarmoq deb qabul qilinishi aniq boʻlar. Mahalliy tarmoqqa ulangan kompyuterlar bir virtual kompyuter kabidir, ularning resurslari hamma foydalanuvchilar uchun bemalol boiishi kerak boʻlib, alohida olingan kompyuter resurslaridan foydalanishdan kam qulay boʻlmasligi lozim. Bu holda qulaylik deb birinchi navbatda aniq yuqori tezlikda resurslarga ega boʻlish, ilovalar orasidagi axborot almashinuvini foydalanuvchi sezmagan holda amalga oshirilishidir. Bunday ta’rifda sekin ishlovchi global tarmoq ham, keskin amalga oshiriladigan ketma-ket yoki parallel portlar ham mahalliy tarmoq tushunchasiga to‘g‘ri kelmaydi. Bunday ta’rifdan kelib chiqadiki, keng tarqalgan kompyuterlaming tezligi oshishi bilan, mahalliy tarmoq orqali uzatiladigan axborot tezligi ham albatta oshishi kerak. Agar yaqin o‘tmishda axborot almashinish tezligi 1-10 Mbit/s yetarli deb hisoblangan boʻlsa, hozirda esa o'rtacha tezlikdagi tarmoq 100 Mbit/s tezlikda axborot uzata oluvchi tarmoq hisoblanadi. 1000 Mbit/s va undan ham ortiq tezlikda axborot uzata oluvchi vositalar ustida ham faol ish olib borilmoqda. Kam tezlikda aloqa o‘rnatish esa tarmoq shaklida ulangan virtual kompyuteming ishlash tezligini pasaytiradi. Shunday qilib, mahalliy tarmoqlami boshqa har qanday tarmoqdan asosiy farqi - yuqori tezlikda axborot almashinuvidir. Lekin bu birgina farq boiib qolmay, boshqa omillar ham muhim ahamiyatga ega. Masalan, axborotlarni uzatishda xatolikni keskin kamaytirish lozim. Juda tez, lekin xato axborot uzatish bema’nilikdir, chunki uni у ana qaytadan uzatish kerak boiadi va shuning uchun mahalliy tarmoqlarda albatta maxsus yuqori sifatli aloqa vositalaridan foydalaniladi. Yana tarmoqning asosiy texnik ko‘rsatgichlaridan biri katta yuklamada ishlash imkoniyatidir, ya’ni axborot almashish tezligi (yana boshqacha qilib aytganda, katta trafik bilan). Tarmoqda qoʻllanilayotgan axborot almashinuvini boshqaruvchi mexanizm unumli boʻlmasa, u holda kompyuterlar axborot uzatish uchun ko‘p vaqt navbat kutib qolishi mumkin. Navbat kelganidan so‘ng katta tezlikda va bexato axborot uzatilsa ham, tarmoqdan foydalanuvchiga baribir tarmoq resurslaridan foydalanish uchun ma’lum vaqt kutishga to‘g‘ri keladi. Har qanday axborot uzatishni boshqarish mexanizmi kafolatlangan ravishda ishlashi uchun, oldindan tarmoqqa ulanishi mumkin boʻlgan kompyuterlar, axborotlar soni ma’lum boʻlishi kerak. Rejalashtirilganidan ko‘p kompyuterlarni tarmoqqa ulanishi, yuklamaning oshishiga olib kelishi natijasida har qanday mexanizm ham axborotlarni uzatishga ulgira olmay qolishi tabiiydir. Nihoyatda tarmoq deb bu so‘zning tub ma’nosi kabi, shunday axborot uzatish tizimini tushunish kerakki, u mahalliy bir necha o‘nlab kompyuterlarni birlashtirgan boʻlishi lozim. Shunday qilib, mahalliy hisoblash tarmoqlaming (MHT) farq qiluvchi belgilarini shakllantirish mumkin boʻladi:

    axborotni katta tezlikda uzatish va yuqori tezlikda o‘tkazish imkoniyati mavjud boʻlishi;


    uzatish davrida xatolikning darajasi kamligi (yuqori sifatli aloqa kanallar). Axborotlarni uzatishda mumkin boʻlgan xatolik ehtimoli 107 – 108 darajada boʻlishi;
    axborot uzatishning unumli va tez amalga oshiruvchi mexanizmi boʻlishi;
    tarmoqqa ulangan kompyuterlar soni chegaralangan va aniq boʻlishi kerak.
    Berilgan tarifdan kelib chiqadiki; global tarmoq mahalliy tarmoqdan quyidagilar bilan farq qiladi: cheklanmagan abonentga moijallangan va sifatli boimagan kanallardan ham foydalaniladi; axborot uzatish tezligi nisbatan kam, axborot almashish mexanizmi hum nisbatan tezlik bo‘yicha kafolatlanmagandir. Global tarmoqlarda muhimi aloqa sifati emas, balki aloqaning mavjudligidir.
    Ko‘pincha kompyuter tarmoqlarining yana bir turi - shahar tarmogi (MAN, Metropolitan Area Network) mavjudligini qayd qilishadi, odatda ular global tarmoqlarga yaqin boʻlib, ba’zida mahalliy tarmoqlarning ba’zi xususiyatlariga ham ega boʻladi. Masalan, yuqori sifatli aloqa kanallari va nisbatan yuqori tezlikdagi axborot almashinuvi bilan o‘xshashdir. Bu xususiyat shahar tarmogi ham mahalliy tarmoq (MHT afzalliklari bilan) boiishi mumkin ekanligini ko‘rsatadi.
    Tarmoq abonenti boiib faqat kompyuter emas, balki boshqa qurilmalar ham boia oladi. Masalan printerlar, plotterlar. Mahalliy tarmoqlar tarmoqning hamma kompyuterlarida parallel hisoblash sistemasini tashkil qilish imoniyatini beradi. Bunday tizim murakkab matematik masalalami yechishni ko‘p marotaba tezlashtiradi. Shuningdek mahalliy tatmoqlai yordamida murakkab texnologik jarayonlami ham boshqarish mumkin yoki bir vaqtning o‘zida bir necha kompyuter yordamida tadqiqot qurilmalarini ham boshqarish imkomni beradi.
    Lekin xotiradan chiqarish kerak emaski, mahalliy hisoblash tarmoq laming ham ba’zi kamchiliklari bor. Xodimlarni o‘qitishga, qo‘shimcha qurilmalarga, tarmoq dasturiy ta’minotiga, ulash kabellarigaqo‘shimcha sarflanadigan mablag‘dan tashqari tarmoqni rivojlantirish, resurslariga ega boiishni boshqarish, boiishi mumkin boigan nosozliklarni tuzatish va tarmoqni ishlashini nazorat qiluvchi, ya’ni tarmoqning boshqaruvchisi ma’mur (administrator) boiishi kerak. Tarmoq kompyuterni joyidan ko‘chirilishini chegaralaydi, aks holda ulash uchun kabellar o‘tkazish lozim boiadi, bundan tashqari, tarmoq viruslarni tarqalishi uchun qulay muhitga egadir, shuning uchun alohida kompyuterlarga qaraganda himoya masalalariga katta e’tibor berilishi lozim.
    Shu mavzu doirasida tarmoq nazariyasining muhim tushunchalaridan boigan server va mijoz tushunchalarini ham ko‘rish darkordir.
    Server - tarmoq abonenti boʻlib, u o‘z resurslarini boshqa abonentlarga foydalanishga berib, lekin o‘zi boshqa abonentlar resurslaridan foydalanmaydi, ya’ni faqat tarmoqqa ishlaydi. Tarmoqda server bir nechta boiishi mumkin. Ajratilgan server - bu server faqat tarmoq masalalari uchun xizmat qiladi. Ajratilmagan server tarmoqqa xizmat ko'rsatishdan tashqari boshqa masalalami ham hal qilishi mumkin.

    Mijoz - faqat tarmoq resurslaridan foydalanib, tarmoqqa o‘z resurslarini ajratmaydigan tarmoq abonentiga aytiladi, ya’ni tarmoq unga xizmat qiladi. Kompyuter - mijoz ham ko‘pincha ish stansiyasi deyiladi. Odatda, har bir kompyuter bir vaqtning o‘zida ham mijoz vashuningdek server boiishi mumkin. Ko‘pincha server va mijozni kompyuterni o‘zi deb tushunilmaydi, bu kompyuterda ishlatilayotgan dasturiy ilovalami tushuniladi. Bu holda tarmoqqa o‘z resurslarini berayotgan ilova serverdir, faqat tarmoq resurslaridan foydalanayotgan ilova esa




    Xulosa:

    "Sarmoya topologiyasi" yoki "tarmoq topologiyasi" bir tarmoqning komponentlarining fizikaviy yoki logikaviy aloqalarini aniqlashda ishlatiladigan bir tuzilmadir. Tarmoq topologiyalari, tarmoqdagi qurilmalar va ularga aloqador bo'lgan qurilmalar turlarini belgilash uchun foydalaniladi. Quyidagi tarmoq topologiyalari mashhur turlardan ba'zilaridir:




    1. Download 76,89 Kb.
    1   2   3   4   5




    Download 76,89 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Bu tarmoqning qurilmalari va kompyuterlari bir-biriga bogʻliq boʻlgan tarmoq turi boʻlib, shu bilan aloqa uzilib qolgan taqdirda ham translyatsiyalarning katta qismini belgilashga imkon beradi

    Download 76,89 Kb.