• 1.Budjet tashkilotlarida tovar moddiy zaxiralarning tarkibi, tayinlanishi va hisobining vazifalari.
  • Budjet tashkilotlarida tovar -moddiy zaxiralar hisobi reja




    Download 29,23 Kb.
    bet1/5
    Sana15.12.2023
    Hajmi29,23 Kb.
    #119146
      1   2   3   4   5

    Budjet tashkilotlarida tovar -moddiy zaxiralar hisobi

    BUDJET TASHKILOTLARIDA TOVAR -MODDIY ZAXIRALAR HISOBI


    Reja:
    Kirish
    1. Budjet tashkilotlarida tovar moddiy zaxiralarning tarkibi, tayinlanishi va hisobining vazifalari…………………………………………………………….2
    2. Tovar moddiy zaxiralarning hisobga oluvchi hisobvaraqlarni ayinlanishi……………………………………………………..8
    3. Budjet tashkilotlarida tovar moddiy zaxiralarning kirimi hamda xisobdan chiqarilishi hisobi………………………………………………………………13
    4. Tovar moddiy zaxiralarning bo‘yicha analitik va sintetik hisobni tashkil etish…………………………………..18
    Xulosa………………………………………………………………………….25
    Foydalanilgan adabiyotlar……………………………………………………26

    1.Budjet tashkilotlarida tovar moddiy zaxiralarning tarkibi, tayinlanishi va hisobining vazifalari.
    Tovar-moddiy zaxiralar - keyinchalik sotish maqsadida normal faoliyat yuritish jarayonida tutib turiladigan va ishlab chiqarish jarayonida mavjud bo‘lgan, shuningdek mahsulot ishlab chiqarish, ishlarni bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatish jarayonida yoxud ma’muriy va ijtimoiy-madaniy vazifalarni amalga oshirish uchun foydalaniladigan moddiy aktivlardir.
    Tovar-moddiy zahiralarga xizmat qilish muddati bir yildan ortiq bo‘lmagan yoki bir operatsion sikl mobaynida foydalaniladigan mol-mulklar, jumladan, qurilish – ta’mirlash materiallari, oziq-ovqat mahsulotlari, yoqilg‘i va yonilg‘ilar, ozuqa va yem-hashak, tara (idish)lar, qishloq xo‘jalik mahsulotlari va ishlab chiqarish buyumlari, o‘stiruvdagi va boquvdagi chorva mollari, o‘quv, ilmiy va boshqa maqsadlar uchun materiallar hamda laboratoriya sinovida bo‘lgan, uzoq vaqt foydalaniladigan materiallar, shartnoma asosida bajariladigan ilmiy-tadqiqot ishlari uchun maxsus asbob-uskunalar va boshqalar qiradi.
    Xizmat muddati va qiymatidan qat’i nazar quyidagi inventar va xo‘jalik anjomlari tovar moddiy zaxiralar tarkibiga kiritiladi:
    maxsus asboblar va moslamalar (muayyan buyumlarni turkumli va ommaviy ishlab chiqarish yoki yakka tartibdagi buyurtmani tayyorlash uchun mo‘ljallangan maqsadli vazifadagi asboblar va moslamalar);
    maxsus va sanitariya kiyimlari, maxsus poyabzal;
    v) ko‘rpa-to‘shaklar;
    yozuv-chizuv anjomlari (kalkulyatorlar, stol ustiga qo‘yiladigan asboblar va hokazo);
    oshxona inventari, shuningdek sochiq-dasturxonlar;
    ularni barpo etish xarajatlari qurilish-montaj ishlarining tannarxiga kiritiladigan vaqtinchalik (titulda bo‘lmagan) inshootlar, moslamalar va qurilmalar;
    j) foydalanish muddati bir yildan kam bo‘lgan almashtiriladigan uskunalar;
    ovlash qurollari (trallar, yoyma to‘rlar, to‘rlar, anjomlar, matraplar va hokazo). Tovar-moddiy zaxiralar tashkilotlarda quyidagilar ko‘rinishida bo‘lishi mumkin:

    mahsulot ishlab chiqarish, ishlarni bajarish va xizmatlar ko‘rsatish, ishlab chiqarishga xizmat ko‘rsatish, ma’muriy ehtiyojlar va boshqa maqsadlar uchun mo‘ljallangan xom ashyo va materiallar, xarid qilinadigan yarim tayyor mahsulotlar va butlovchi buyumlar, yoqilg‘i, idish va idishbop materiallar, ehtiyot qismlar, inventar va xo‘jalik anjomlari, boshqa materiallar zaxiralari;


    boquvdagi va yaylovdagi yosh hayvonlar, katta yoshdagi hayvonlar, parrandalar, asalari oilalari, sotish uchun asosiy podadan yaroqsiz qilingan (boquvga qo‘yilmasdan) katta yoshdagi qoramollar, sotish uchun chetdan qabul qilingan qoramollar;
    detallar, uzellar, buyumlarning tugallanmagan ishlov berilishi va yig‘ilishi hamda tugallanmagan texnologik jarayonlar ko‘rinishida tugallanmagan ishlab chiqarish. Ishlarni bajaradigan va xizmatlar ko‘rsatadigan tashkilotlarda tugallanmagan ishlab chiqarish ular bo‘yicha qabul qilish-topshirish hujjatlari rasmiylashtirilmagan va tashkilot tomonidan tegishli daromad tan olinmagan tugallanmagan ishlar (xizmatlar)ni bajarishga doir xarajatlardan tashkil topadi;
    tashkilotda tayyorlangan tayyor mahsulot (ishlab chiqarish siklining pirovard natijasi sotish uchun mo‘ljallangan va qonun hujjatlari bilan belgilangan hollarda shartnomada yoki boshqa hujjatlarning talablarida nazarda tutilgan texnik va sifat tavsiflariga muvofiq keladigan ishlov berilishi (butlanishi) tugallangan aktiv);
    boshqa yuridik yoki jismoniy shaxslardan xarid qilingan (olingan) va tashkilotning odatdagi faoliyati davomida qo‘shimcha ishlov berishsiz sotish yoki qayta sotish uchun mo‘ljallangan tovarlar. Bunda uzoq muddatli aktivlar ob’ektlari (binolar, inshootlar, transport vositalari, mulkiy (mutlaq) huquqlar va boshqalar) keyinchalik sotish yoki qayta sotish maqsadida xarid qilingan hollarda tovar bo‘lib hisoblanishi mumkin.
    Tovar – moddiy zahiralar hisobini tashkil etishda buxgalteriya hisobi oldiga quyidagi vazifalar qo‘yiladi:
    Moddiy aktivlarni qonunchilikda belgilangan tartibda tovar-moddiy zahiralar tarkibida aks ettirish;

    Tovar-moddiy zahiralarni kelib tushishi, ularni tashkilot hisobidan chiqarilishi shuningdek, saqlanishi va maqsadli sarflanishi ustidan nazorat qilish;


    Zahiralar va xarajatlarning belgilangan me’yorlarini kuzatib borish;
    Belgilangan tartibda realizatsiya qilinishi lozim bo‘lgan, foydalanilmaydigan materiallarni o‘z vaqtida aniqlash;
    Tovar-moddiy zahiralar xarakatini hujjatlarda to‘g‘ri rasmiylashtirilish hamda hisob registrlarida o‘z vaqtida aks ettirilishini ta’minlash;
    Tovar-moddiy zahiralarni buxgalteriya hisobvaraqlarda holati va xarakatini aks ettirish;
    Tovar-moddiy zahiralar bo‘yicha o‘z vaqtida to‘liq hamda aniq buxgalteriya axborotlarini shakllantirib berish.
    Budjet tashkilotlarida materiallar bo‘yicha moliya yili oxiriga bo‘lgan qoldiqlar aniqlangan me’yorlar asosida taxlil qilinadi. Agar budjet tashkilotini moliya yili oxirida bo‘lgan materiallar bo‘yicha qoldiq qiymati belgilangan me’yor(limit)dan ortiqcha bo‘lsa keyingi moliya yilida budjet mablag‘lari bo‘yicha xarajat smetasida materiallar sotib olish uchun kiritilgan summa me’yordan ortiq summaga kamaytiriladi. Tovar moddiy zaxiralar o‘rnatilgan me’yorini aniqlash uchun belgilangan ko‘rsatkichlar “O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetini tuzish va ijro etish qoidalari” (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2002 yil 14 martda 1111-son bilan ro‘yxatga olingan)da keltirilgan .
    1-jadval

    Tovar moddiy zaxiralar o‘rnatilgan me’yorini aniqlash uchun belgilangan ko‘rsatkichlar




    Tovar –moddiy zaxiralari nomi

    Belgilangan kun






    me’yorlari


    1

    Oziq-ovqat maxsulotlari (mavsumiy tayyorlashdan tashqari)

    15 kun

    2

    Mavsumda tayyorlanadigan oziq-ovqat maxsulotlari


    150 kun

    3

    Dori-darmonlar, reaktivlar, bog‘lash materiallari va dorixona


    60 kun



    anjomlari




    4

    Barcha Budjet tashkilotlari uchun yoqilg‘i (bolalar va davolash

    75 kun



    tashkilotlaridan tashqari)




    5

    Bolalar va davolash tashkilotlari uchun yoqilg‘i

    90 kun

    6

    Xo‘jalik va kontselyariya materiallari


    45 kun

    7

    O‘quv ilmiy va boshqa maxsus maqsadlar uchun materiallar


    120 kun

    8

    Ozuqa va em xashak


    120 kun

    9

    Qurilish ta’mirlash materiallari


    45 kun


    “Boshqa tovar-moddiy zahiralar” schyotida qurilish materiallari, oziq-ovqat mahsulotlari, dori-darmonlar va yarani bog‘lash vositalari, yonilg‘i, yoqilg‘i-moylash materiallari, xo‘jalik shartnomalari asosida ilmiy-tekshirish ishlarini amalga oshirish uchun ajratilgan mablag‘lar hisobiga sotib olingan, ilmiy-tekshirish ishlarida uzoq vaqt foydalaniladigan materiallar va boshqa tovar-moddiy zahiralar hisobga olinadi.

    Materiallar bo‘yicha yil oxiridagi qoldiqni me’yorlarini aniqlash uchun “Nomoliyaviy aktivlar xarakati to‘g‘risida” hisobotning 060-069 subschyotlar bo‘yicha yil davomida tashkilot extiyojlari uchun sarflangan materiallar qiymati olinib yoqilg‘i va moylash materiallari bo‘yicha isitish mavsumidagi kunlar soni (asosan 5 oylik isitish mavsumi – 150 kun olinadi), tibbiyot muassasalari bo‘yicha oziq-ovqat maxsulotlarining har bir guruxi bo‘yicha ko‘rsatilgan summa 360 ga , boshqa budjet tashkilotlari bo‘yicha tashkilot ehtiyojlari uchun sarflangan materiallar va oziq ovqat mahsulotlari har bir guruhi bo‘yicha 305 ga bo‘linadi va chiqqan natija materiallar bo‘yicha belgilangan kun me’yorlariga ko‘paytiriladi. Chiqqan natija me’yor hisoblanib balansning 060-069 subschyotlari qoldig‘i bilan solishtiriladi. Agar materiallar qoldig‘i chiqqan me’yordan ortiq bo‘lsa o‘sha summaga keyingi yil xarajatlar smetasida materiallar xarajat moddasi summasini moliyalashtirish kaytiriladi.
    Shartli misol tariqasida quyidagini keltiramiz.
    Toshkent Bank kollejida yillik hisobotiga asosan materiallarni o‘rnatilgan me’yorlar bo‘yicha hisob kitob qilinganda xo‘jalik va kanselyariya mollari, yoqilg‘i moylash materiallari bo‘yicha me’yordan ortiqcha qoldig‘i mavjudligi aniqlandi. Hisob-kitobni amalga oshirish uchun 5-son shakldagi Nomoliyaviy aktivlar xarakati to‘g‘risida hisobotdan foydalanamiz.
    Xisobotga ko‘ra xo‘jalik va kanselyariya mollari qoldig‘i yil oxiriga 78000 ming so‘mni tashkil etgan. Yil davomida 190000 ming so‘mlik xo‘jalik va kanselyariya mollari sarfi amalga oshirilgan. Me’yordan ortiqcha qoldig‘i mavjudligi aniqlash uchun quyidagi amallar bajarildi:1) 190000 ming so‘m / 305 =623 ming so‘m
    2) 623 ming so‘m * 45 = 28032.8 ming so‘m
    3) 28032.8 ming so‘m – 78000 ming so‘m = - 49967.2 ming so‘m
    Demak me’yordan ortiqcha 49967.2 ming so‘mlik xo‘jalik va kanselyariya mollari qoldig‘i mavjudligi aniqlandi.
    Xisobotga ko‘ra yoqilg‘i va moylash materiallari qoldig‘i yil oxiriga 54000 ming so‘mni tashkil etgan. Yil davomida 205000 ming so‘mlik yoqilg‘i va moylash materiallari sarfi amalga oshirilgan. Me’yordan ortiqcha qoldig‘i mavjudligi aniqlash uchun quyidagi amallar bajarildi:

    1) 205000 ming so‘m / 305 = 672.1 ming so‘m

    2) 672.1 ming so‘m * 75 = 50409.8 ming so‘m
    3) 50409.8 ming so‘m – 54000 ming so‘m = - 3590.2 ming so‘m
    Demak me’yordan ortiqcha 3590.2 ming so‘mlik yoqilg‘i va moylash materiallari qoldig‘i mavjudligi aniqlandi.





    Download 29,23 Kb.
      1   2   3   4   5




    Download 29,23 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Budjet tashkilotlarida tovar -moddiy zaxiralar hisobi reja

    Download 29,23 Kb.