Budjet tashkilotlarida tovar moddiy zaxiralarning kirimi hamda xisobdan chiqarilishi hisobi




Download 29,23 Kb.
bet3/5
Sana15.12.2023
Hajmi29,23 Kb.
#119146
1   2   3   4   5
3.Budjet tashkilotlarida tovar moddiy zaxiralarning kirimi hamda xisobdan chiqarilishi hisobi.
Tovar-moddiy zahiralar kirimi buxgalteriya hisobida alohida aks ettriladi. Ma’lumki tovar-moddiy zaxiralar quyidagilar natijasida tashkilotga kirim qilinadi:

-yetkazib berish (oldi-sotdi) shartnomasi bo‘yicha xarid qilish; -beg‘araz kelib tushish (hadya shartnomasi bo‘yicha);


-uzoq muddatli aktivlar tarkibidan o‘tkazish;
-ortiqcha (hisobga olinmagan) tovar-moddiy zaxiralarni aniqlash; -tashkilotning o‘zida tayyorlanishi;
-qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa hollar.
Tovar-moddiy zaxiralar tashkilotning buxgalteriya balansiga tannarxi bo‘yicha kiritiladi, u xarid qiymati (yetkazib beruvchiga to‘lanadigan summalar) va ularni xarid qilish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha xarajatlarni o‘z ichiga oladi.
Tovar-moddiy zaxiralarni xarid qilish bilan bog‘liq bo‘lgan va ularning tannarxiga kiritiladigan xarajatlarga quyidagilar kiritiladi:
-bojxona bojlari va yig‘imlari;
-tovar-moddiy zaxiralarni xarid qilish bilan bog‘liq bo‘lgan soliq va boshqa majburiy to‘lovlar summalari (agar ular qoplanmasa);
-tovar-moddiy zaxiralar ular orqali xarid qilingan ta’minotchi va vositachi tashkilotlarga to‘lanadigan vositachilik haqi;
-tovar-moddiy zaxiralarni sertifikatlash va ularni tovar-moddiy zaxiralarni xarid qilish bilan bog‘liq bo‘lgan texnik shartlarga muvofiq sinash bo‘yicha xarajatlar;
-tovar-moddiy zaxiralarni tayyorlash va ularni joriy joylashish yoki foydalanish joyiga yetkazib berish bo‘yicha transport-tayyorlov xarajatlari. Ular tayyorlash, yuklash-tushirish ishlari, tovar-moddiy zaxiralarni barcha turdagi transport bilan ularni joriy joylashish yoki foydalanish joyiga tashish uchun tariflar (fraxt)ni to‘lash bo‘yicha xarajatlar, shu jumladan tovar-moddiy zaxiralarni tashishda xatarlarni sug‘urtalash bo‘yicha xarajatlardan tashkil topadi;
-tovar-moddiy zaxiralarni xarid qilish bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan boshqa xarajatlar. Xarid qilingan tovar-moddiy zaxiralarga haq to‘lash bilan bog‘liq xarajatlar (akkreditiv ochish xarajatlari, o‘tkazmalar uchun bank komissiyasi, tovar-moddiy zaxiralarni chet el valyutasiga xarid qilish chog‘ida valyutani konvertatsiyalash bo‘yicha komissiya va boshqa bank xizmatlari), tovar-moddiy zaxiralarni xarid qilish bo‘yicha kontraktlarni tayyorlash, ro‘yxatdan o‘tkazish va yopish bilan bog‘liq xarajatlar hamda aktivlarni xarid qilish bilan bevosita bog‘liq bo‘lmagan boshqa xarajatlar tovar-moddiy zaxiralarning tannarxiga kiritilmaydi, balki ular sodir bo‘lgan hisobot davrida xaqiqiy xarajatlar sifatida aks ettiriladi.
Tovar-moddiy zaxiralarni xarid qilish bo‘yicha xarajatlar ularning yuzaga kelishini tasdiqlovchi boshlang‘ich hisob hujjatlari asosida belgilanadi.
Transport-tayyorlov xarajatlarining summasi alohida yig‘iladi va tovar-moddiy zaxiralarning tegishli turlari (ushbu transport-tayyorlov xarajatlari tegishli bo‘lgan partiyalari, guruhlari) o‘rtasida taqsimlanadi.
Chet el valyutasida xarid qilingan tovar-moddiy zaxiralarning tannarxi tovar-moddiy zaxiralarni xarid qilish bilan bog‘liq bo‘lgan tegishli xarajatlarni qo‘shgan holda, chet el valyutasidagi summani bojxona yuk deklaratsiyasi yoki ishlar bajarilganligi, xizmatlar ko‘rsatilganligini tasdiqlovchi hujjatlarni rasmiylashtirish sanasidagi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki kursi bo‘yicha qayta hisoblash yo‘li bilan so‘mda belgilanadi.
Tashkilot tomonidan beg‘araz olingan tovar-moddiy zaxiralarning tannarxi ularning buxgalteriya hisobiga qabul qilinish sanasidagi joriy qiymatidan kelib chiqqan holda aniqlanadi. Yuridik va jismoniy shaxslardan xomiylik ko‘rinishida olingan tovar-moddiy zahiralar tannarxiga ularni tashkilotga olib kelish bilan bog‘liq boshqa xarajatlar ham kiritiladi.
Uzoq muddatli aktivlar tarkibidan o‘tkazishda ham ularning buxgalteriya hisobiga qabul qilinish sanasidagi joriy qiymatidan kelib chiqqan holda tannarxi aniqlanadi. Bunda asosiy vositalarni tugatilishi natijasida yaroqli bo‘lgan qismlari (bino-inshootlar bo‘yicha foydalanish mumkin bo‘lgan qurilish materiallari, transport vositalari bo‘yicha yaroqli extiyot qismlari va xokazo) joriy qiymatda baxolanib tovar-moddiy zahiralar tarkibiga kirish qilinadi.
Ortiqcha (hisobga olinmagan) tovar-moddiy zaxiralarni inventarlash natijasida aniqlangan aktivlar tannarxi ular aniqlangan sanadagi joriy qiymatdan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Tashkilotning o‘zi tomonidan ishlab chiqariladigan (tayyorlanadigan) tovar-moddiy zaxiralarning tannarxi deb ularning ishlab chiqarish tannarxi tan olinadi. Tovar-moddiy zaxiralarning ishlab chiqarish tannarxiga ularni ishlab chiqarish bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan, ishlab chiqarish texnologiyasi va uni tashkil etish bilan shartlangan xarajatlar kiritiladi. Ularga quyidagilar tegishli bo‘ladi: bevosita va bilvosita moddiy xarajatlar, bevosita va bilvosita mehnat xarajatlari, ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo‘lgan boshqa bevosita va bilvosita xarajatlar.
Materiallar va oziq-ovqat mahsulotlari kirimi bo‘yicha hisob registrlariga boshlang‘ich hisob hujjatlari (hisobvaraqlar, dalolatnomalar va boshqalar) asosida ushbu material zahiralar olingan kun (sana) bilan yoziladi. Boshlang‘ich hisob hujjatlarida quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatilishi kerak: mahsulotlar va oziq-ovqat mahsulotlari kimdan olinganligi, nomi, navi, miqdori (og‘irligi) bahosi, summasi, omborga kelib tushgan vaqti va shu qimmatliklarni qabul qilgan moddiy javobgar shaxsning qabul qilganlik haqidagi imzosi va h.k.lar.
Mahsulot yetkazib beruvchining hujjatlarida farq bo‘lgan hollarda qabul qilish dalolatnomasi tuziladi. Ushbu dalolatnoma tashkilotdagi qabul qilish komissiyasi tomonidan ikki nusxada tuziladi, bu dalolatnomani tuzishda ombor mudiri (moddiy javobgar shaxs) va mahsulot yetkazib beruvchi tomon yoki manfaatdor bo‘lmagan boshqa tashkilotlarning vakili qatnashishi shart. Dalolatnomaning bir nusxasi qabul qilingan moddiy qimmatliklarni hisobga olish uchun, ikkinchi nusxasi esa, mahsulot yetkazib beruvchilarga da’vo xati yuborishda foydalaniladi.
Tovar moddiy zaxiralarning bo‘yicha analitik va sintetik hisobni tashkil etish.
Tashkilotga kirimga olinayotgan tovar moddiy zahiralar bo‘yicha aloxida qaydnomalar
ochilib barcha amalga oshirilgan xarajtlar boshlang‘ich xujjatlarga asosan rasmiylashtiriladi. Masalan kanselyariya qog‘ozi oldi-sotdi shartnomasi bo‘yicha tashkilotga olindi. Bunda xarajatlar quyidagilardan iborat bo‘ldi: shartnoma bo‘yicha bahosi jami 500000 so‘m (yuk xatiga asosan), mol yetkazib beruvchi tashkilotdan olib kelish uchun transport tashkiloti hizmati ko‘rsatildi 50000 so‘m (bajarilgan ishlarni topshirish, qabul qilish dalolatnomasiga asosan), tashkilot xodimiga boshqa shaxardan olib kelish uchun xizmat safariga berilgan mablag‘ 20000 so‘m (avans hisobotiga asosan). Jami xarajat summasi 570000 so‘mni tashkil etdi.Demak tashkilot balansiga sotib olingan kanselyariya qog‘ozi 500000 so‘m emas balki 570000 so‘m qilib xaqiqiy tannarxida kirimga olinadi. Qaydnomaga asosan kirim qilingan tovar-moddiy zahiralar M-44 son shakldagi Material zahiralar bo‘yicha aylanma qaydnomaga summasi tushiriladi. Bunda qiymati 570000 so‘mni tashkil etadi.

Yuqoridagi xarajatlar qaydnomada quyidagicha aks ettiriladi.


Toshkent bank kolledji (Tashkilot nomi) Qaydnoma № Tovar moddiy zahiralar kirimi bo‘yicha Kanselyariya qog‘ozi miqdori 100 kg. sana 07.08.2015 yil.
(TMZnomi) (so‘mda) № Ko‘rsatkichlar nomi Qiymati Asos bo‘lgan xujjat 1 Shartnoma bahosi 500000 Yuk xati2 Transport xarajatlari 50000 Bajarilgan ishlarni topshirish, qabul Tashkilotni o‘zida tayyorlansa tovar moddiy zaxiralarni ishlab chiqarish bo‘yicha shaxsiy hisobvaraqa ochilib barcha xarajatlar turlari bo‘yicha jamlanib boradi va shu asosida xaqiqiy tannarxda M-44 son shakldagi Material zahiralar bo‘yicha aylanma qaydnomaga tushiriladi.
Buxgalteriyada budjet mablag‘lari yoki budjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan sotib olingan (tayyorlangan) tovar-moddiy zahiralarning hisobi miqdor va summa ifodasida materiallarning nomi, sotib olinish (tayyorlanish) manbaalari va moddiy javobgar shaxslar bo‘yicha 296-son shakldagi material qimmatliklarning miqdor-qiymat hisobi daftari (kartochkasi)da hamda M-44-son shakldagi material zahiralar bo‘yicha aylanma qaydnomada yuritiladi.
Omborlardagi tovar-moddiy zahiralarning hisobi moddiy javobgar shaxs tomonidan M-17-son shakldagi materiallarni ombor hisobi daftarida faqat nomi, navi va miqdori bo‘yicha yuritiladi.

Budjet tashkilotlarida tovar-moddiy zahiralarni hisobdan chiqarish belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Ma’lumki tovar-moddiy zaxiralar tashkilotning balansidan:


sotish;
beg‘araz berish;
saqlash muddati tugagach yaroqsizligi sababli, jismonan va ma’nan eskirganligi natijasida tugatish (yo‘q qilish);
kamomad, yo‘qotish yoki shikastlanish (sinish, bo‘linish) aniqlanishi;
boshqa operatsiyalar va hodisalar natijasida hisobdan chiqariladi.
Tovar-moddiy zahiralar ular sotib olingan bahoda (yetkazib berish va boshqa qo‘shimcha xarajatlarni ham hisobga olgan holda) yoki ular har xil narxlarda sotib olingan bo‘lsa, o‘rtacha bahoda hisobdan o‘chiriladi. Materiallar va oziq-ovqat mahsulotlari belgilangan tartibda tasdiqlangan me’yorlar doirasida tashkilot rahbari (yoki uning o‘rinbosari) tomonidan tasdiqlangan yuqoridagi tegishli hujjatlarga muvofiq hisobdan chiqarilishi lozim.
Sotish natijasida hisobdan chiqarilishi asosan tayyor maxsulotlar bo‘yicha amalga oshiriladi. Ma’lumki budjet tashkilotlari faoliyat turiga mos xolda tayyor maxsulot, ish va xizmatlar ishlab chiqarish va ularni sotish imkoniyatiga ega. Budjet tashkilotlarida maxsulotlarni sotish jarayoni qonunchilik asosida amalga oshriladi. Tovar-moddiy boyliklarni ya’ni material qiymatliklarni sotishdan olingan mablag‘lar budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha G‘aznachilik bo‘linmalarida ochilgan shaxsiy hisob raqamlarida jamlanadi va budjet tashkilotlari tomonidan quyidagi tartibda taqsimlanadi:
50 foizi - tegishli budjet daromadiga;
50 foizi - budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha G‘aznachilik bo‘linmalarida ochilgan shaxsiy hisob raqamlarida qoladi.



Download 29,23 Kb.
1   2   3   4   5




Download 29,23 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Budjet tashkilotlarida tovar moddiy zaxiralarning kirimi hamda xisobdan chiqarilishi hisobi

Download 29,23 Kb.