|
Bug’latish qurilmalarini hisoblash
|
bet | 1/2 | Sana | 15.12.2023 | Hajmi | 97,09 Kb. | | #119252 |
Bog'liq bug\'latish qurilmalarini hisoblash
Bug’latish qurilmalarini hisoblash
Reja:
1.Bug’latish
2.Bug’latish qurilmalarining klassifikatsiyasi
Bugʻlatish (kimyoda) — eritmalarni qaynatib quyultirish. Bugʻlatishda erituvchining bir qismi bugʻlanib chiqadi. Erituvchining qolgan qismi ham bugʻlatilsa, kristallanish yuz beradi, bunda erigan qattiq moddalar ajraladi. Eritmalarning qaynash temperaturasi doimo erituvchilar qaynash temperaturasidan yuqori boʻladi; bu ayirma temperatura depressiyasi deb ataladi, erigan modda konsentratsiyasi hamda bosim ortishi bilan bu ayirma oshib boradi. Eritmalar har xil qurilmalarda bugʻlatiladi. Rasmda eng koʻp tarqalgan bugʻlatish qurilmasining chizmasi keltirilgan. Bugʻlatiladigan eritma isitish kamerasining tepasidan quyiladi. Kamera suv bugʻi (birlamchi bugʻ) bilan isitiladi. Eritma ustidagi bugʻ bosimi qurilmaning ish hajmidagi bosimga teng boʻlgandagina erituvchi bugʻlanadi. Eritma kamera naylari ichida qaynab, isitish kamerasining yuqori qismiga koʻtariladi, ikkilamchi bugʻ (erituvchining bugʻi)dan ajralgach, markaziy sirkulyatsiya nayiga tushadi. Quyultirilgan eritma qurilmaning pastki qismidan, ikkilamchi bugʻ esa qurilmaning yuqorigi qismidan chiqadi.
Bugʻlatish eritmalarni quyultirish va eritmalarda erigan moddalarni ajratib olishdan tashqari, toza erituvchilar olishda, sovuq hosil qilish va boshqalarda ham qoʻllaniladi. Bugʻlatishdan kimyo, oziq-ovqat sanoatida va boshqalarda keng foydalaniladi.
Bug‘latish qurilimalarining klassifikatsiyasi Tayanch iboralar: ko‘p bosqichli, ko‘pkorpusli, bug‘latish, qaynatish, quyultirish, konsentratsiyasini oshirish, ko‘p korpusli, bir korpusli, issiklik berish, issiklik o`tkazish, issiklik utkazuvchanlik, linza kompensatorli, zmeevikli, issiqlik almashinish, suv bug‘i, bug‘-suyuklik, separator, aralashma, qaynash kamerasi, sirkulyasion truba. Bu turdagi qurilmalarda isituvchi bug‘ sifatida ikkilamchi bug‘ ishlatiladi. Natijada juda katta mikdorda issiqlik tejaladi. Eritmadan 1 kg suvni bug‘latish uchun isituvchi, to`yingan suv ’bug‘ining solishtirma sarfi quyidagicha:
|
| |