|
Bug’latish qurilmalarini oziq-ovqat sanoatida qo’llanilishini reja
|
bet | 6/7 | Sana | 16.12.2023 | Hajmi | 153,6 Kb. | | #120674 |
Bog'liq .Bilol,bugGidrostatik depressiya -. Bug`latkich qaynash trubalarining bir qismi suyuqlik bilan to`lib turgan bo`ladi va uning ustida bug` - suyuqlikdan iborat emulsiya qatlamida yuqoriga qarab ko`tarilgan sari bug`ning miqdori oshib boradi.
Agar, qaynash trubasidagi suyuqlik va emulsiyani shartli ravishda suyuqlik deb nomlasak, unda gidrostatik bosimlar farqi hisobiga trubaning pastki qismidagi suyuqlikning qaynash temperaturasi tepa qismini-kidan yuqori bo`ladi.
Gidrostatik effekt hisobiga eritma qaynash temperaturasining ortishi gidrostatik depressiya deb ataladi. [3]
Bug`latish jarayoni vakuum ostida olib borilganda, gidrostatik depressiya salmoqli bo`ladi.
To`yingan suv bug`i tc va ikkilamchi bug` temperatura T lari orasidagi farq gidrostatik depressiyani beradi:
(3)
Ushbu tenglik eritma harakatini inobatga olmagani uchun uning xatoligi katta. Shuning uchun ning qiymatlari tajribaviy usulda topiladi.
Vertikal bug`latkichda intensiv harakatlanayogan eritmalar uchun miqdori 1...3oC oralikda qabul qilinishi mumkin.
Gidravlik depressiya - . Ushbu depressiya ikkilamchi bug`ning separator va quvurlar orqali harakati davrida ishqalanish va mahalliy qarshiliklarni engishi tufayli vujudga keladigan temperatura yo`qotilishlar.
Ushbu gidravlik qarshiliklarni engish vaqtida bosimning kamayishi, temperatura pasayishiga sababchi bo`ladi.
Demak, gidravlik qarshiliklar tufayli eritma qaynash temperaturasining ko`payishi gidravlik depressiya deb nomlanadi. Odatda ning qiymati 0,5...1,5oC oralig`ida bo`ladi.
Yuqorida qayd etilgan depressiyalarni hisobga olsak, eritmaning qaynash temperaturasi quyidagicha hisoblanadi:
(4)
bu erda T- ikkilamchi bug` temperaturasi, K
Eritmalar issiqlik sig`imi temperatura va erigan moddalar konstentrastiyasining funkstiyasidir.
Ko`pchilik eritmalar issiqlik sig`imi additivlik qoidasiga bo`ysinmaydi. Shuning uchun eritmaning ushbu xossasini erigan modda va erituvchilar issiqlik sig`imlari yordamida aniqlab bo`lmaydi. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, eritma konstentrastiyasi qanchalik katta bo`lsa, uning issiqlik sig`imi shunchalik additivlik qoidasiga kam bo`ysinadi. Eritmaning ushbu xossasi maxsus adabiyotlarda keltirilgan.
|
| |