|
Bug’latish qurilmalarini oziq-ovqat sanoatida qo’llanilishini reja
|
bet | 7/7 | Sana | 16.12.2023 | Hajmi | 153,6 Kb. | | #120674 |
Bog'liq .Bilol,bugEritish issiqligi eritmaning konstentrastiyasi, erituvchi va erigan moddalar xossalariga bog`liq. Qo`shimcha qattiq moddalar erishi davrida kristallik panjara buziladi. Albatta, buning uchun energiya sarflanadi va oqibatda eritmaning sovishi ro`y beradi. Agar, erituvchi va eriydigan moddalar o`zaro kimyoviy reakstiyaga kirishsa, gidratlar hosil bo`lib, jarayon natijasida issiqlik ajrab chiqadi. Shunday qilib, eritish issiqligi erish va kimyoviy o`zaro tasir issiqliklari yig`indisiga teng.
Oson gidrat hosil qiladigan moddalar musbat eritish issiqligiga (suvda), ega; gidrat hosil qilmaydigan moddalar - manfiy eritish issiqligiga ega.
Bug`latish usullari
Sanoatda mavjud texnologiyalarda asosan quyidagi bug`latish usullaridan foydalaniladi:
- oddiy bug`latish (uzlukli va uzluksiz);
- ko`p korpusli qurilmalarda bug`latish (faqat uzluksiz);
- issiqlik nasoslarini qo`llab bug`latish.
Eritmalar va isituvchi bug` xossalariga qarab hamma 3 ta bug`latish usullari vakuum va bosim ostida o`tkazilishi mumkin. Issiqlik eltkich sifatida, deyarli har doim, to`yingan suv bug`i ishlatiladi. Kamdan - kam hollarda eritmalar elektr toki yoki oraliq issiqlik eltkichlari yordamida isitiladi.
Oddiy bug`latish. Issiqlik tejalishi katta ahamiyatga ega bo`lmagan va unumdorligi kichik bo`lgan qurilmalarda oddiy bug`latishdan foydalaniladi. Undan tashqari, temperatura depressiyasi yuqori eritmalarnigina uzlukli ishlaydigan, bir korpusli bug`latish qurilmasida amalga oshirish iqtisodiy jihatdan to`g`ri va maqsadga muvofiqdir. Uzlukli bug`latishni ikki xil yo`l bilan olib borish mumkin: boshlang`ich eritmani dastavval yuklash va oz-oz miqdorda yuklash.
Uzluksiz ishlaydigan oddiy bug`latish qurilmasi 1-rasmda keltirilgan.
Boshlang`ich konstentrastiyali eritma nasos 1 yordamida sarf o`lchagich 2 orqali isitkich 3 ga uzatiladi. U erda eritma qaynash temperaturasigacha isitiladi va so`ng bug`latkich 4 ga bug`latish uchun yuboriladi. Qurilma 4 ning pastki qismida eritma suv bug`i yordamida isitiladi, natijada erituvchi bug`latadi. Hosil bo`lgan ikkilamchi bug` qurilma 4 ning yuqori qismi bo`lmish separastion bo`limida mayda tomchilardan ajratiladi va barometrik kondensator 5 ga yo`naltiriladi. Undan ikkilamchi bug` kondensastiyalanadi.
Kondensastiyalanmagan inert gazlar ushlagich 6 orqali vakuum - nasos 8 yordamida so`rib olinadi. Sovutuvchi suv bilan hosil bo`lgan kondensat barometrik truba 7 orqali yig`gichga tushuriladi. Quyuqlashtirilgan eritma nasos 8 yordamidatayyor mahsulot omboriga uzatiladi.
[4]
Vakuum ostida eritmalarni bug`latish jarayonini tashkil etishning bir qator afzalliklari bor: eritma qaynash temperaturasi pasayadi; past bosimli bug`larni issiqlik eltkich sifatida qo`llash mumkin.
Markaziy stirkulyastiya trubali, uzluksiz ishlaydigan bug`latkich 2-rasmda ko`rsatilgan.
Bug`latkich asosan ikki qismdan, ya’ni isituvchi kamera 1 va separator 2 dan iborat bo`ladi.
Kamera 1 ko`pincha to`yingan suv bug`i bilan isitiladi. Suv bug`i kameraning trubalararo bo`shlig`iga yo`naltiriladi, u erda truba devori orqali o`z issiqligini eritmaga uzatadi va sovitish natijasida kondensastiyalanadi. Hosil bo`lgan kondensat kameraning Boshlang`ich konstentrastiyali eritma nasos 1 yordamida sarf o`lchagich 2 orqali isitkich 3 ga uzatiladi. U erda eritma qaynash temperaturasigacha isitiladi va so`ng bug`latkich 4 ga bug`latish uchun yuboriladi. Qurilma 4 ning pastki qismida eritma suv bug`i yordamida isitiladi, natijada erituvchi bug`latadi. Hosil bo`lgan ikkilamchi bug` qurilma 4 ning yuqori qismi bo`lmish separastion bo`limida mayda tomchilardan ajratiladi va barometrik kondensator 5 ga yo`naltiriladi. Undan ikkilamchi bug` kondensastiyalanadi.
Kondensastiyalanmagan inert gazlar ushlagich 6 orqali vakuum - nasos 8 yordamida so`rib olinadi. Sovutuvchi suv bilan hosil bo`lgan kondensat barometrik truba 7 orqali yig`gichga tushuriladi. Quyuqlashtirilgan eritma nasos 8 yordamidatayyor mahsulot omboriga uzatiladi.
[4]
Vakuum ostida eritmalarni bug`latish jarayonini tashkil etishning bir qator afzalliklari bor: eritma qaynash temperaturasi pasayadi; past bosimli bug`larni issiqlik eltkich sifatida qo`llash mumkin.
Markaziy stirkulyastiya trubali, uzluksiz ishlaydigan bug`latkich 2-rasmda ko`rsatilgan.
Bug`latkich asosan ikki qismdan, ya’ni isituvchi kamera 1 va separator 2 dan iborat bo`ladi.
Kamera 1 ko`pincha to`yingan suv bug`i bilan isitiladi. Suv bug`i kameraning trubalararo bo`shlig`iga yo`naltiriladi, u erda truba devori orqali o`z issiqligini eritmaga uzatadi va sovitish natijasida kondensastiyalanadi. Hosil bo`lgan kondensat kameraning
|
| |