• Multimedia atamasi
  • Kompyuterni multimedia – markaziga aylanishiga 3 ta asosiy omil sababchi hisoblanadi
  • 2.Kompyuter o`yinlar industriyasining rivojlanishi
  • Multimedia” atamasini talqin qilish bir nechta tushunchalarni birlashtiradi.
  • Bugungi zamon barcha sohalari qatorida ilm-fanni ham yangi bosqichlargako’tarishni talab qilmoqda. Zotan jamiyat oldida turgan




    Download 0.6 Mb.
    bet7/18
    Sana27.11.2022
    Hajmi0.6 Mb.
    #32011
    TuriReferat
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18
    Bog'liq
    3 mavzu referat
    Referat Dilshod, zokir, Mavzu Beshta mavzu bo`yicha mustaqil ish. Reja Raqamli Iqtisod
    Demak, multimediali maxsulot – kompyuterli axborot texnologiyalar muhitida axborotni yanada samarali berish shakli hisoblanadi. Multimediali maxsulot to`liq bo`lmagan katta hajmdagi axborotlarni to`plash, joriy momentdagi qiziqarli axborotni interaktiv o`zaro harakat yordamida tanlash imkoniyatini beradi.
    Multimedia atamasi “multum” – ko`p va “media”, “medium” – muhit, tashuvchi, xabar vositasi ma`nolarni bildiruvchi so`zlar birikmasidan tashkil topgan bo`lib, “ko`p muhitlilik” deb tarjima qilish mumkin.
    Multimedia – Bu harakatlanmaydigan tasvirlar va harakatlanuvchi video, animatsiyalangan kompyuter grafikasi va matn, nutq hamda yuqori sifatli tovushlar bilan ishlash imkoniyatini beruvchi interaktiv tizimlardir.
    Kompyuterni multimedia – markaziga aylanishiga 3 ta asosiy omil sababchi hisoblanadi:
    1.Ma`lumotlarni tasvirlash va aks ettirish texnologiyalarini paydo bo`lishi va rivojlanish bilan birgalikda yetkazib berish texnologiyasining arzonlashuvi. 20 asrning 90 yillarining boshlarida kompyuterga ulanuvchi qurilmalarning miqdori oshdi. Ularning ko`pchiligi multimediali qurilmalar edi. Jumladan : Ekran o`lchamini kattalashuvi va aks ettirish sifati takomillashgan monitor, tovushli kolonkalar(boshlanishida monofonik, keyinchalik esa stereofonik), MiDi-klaviaturalar, raqamli diktofonlar, qo`l bilan boshqariladigan va planshetli skanerlar, grafik planshetlar va digitayzerlar, raqamli fotoapparatlar va video kameralar, raqamli printerlar, hamda fotoqog`ozlar bosmaga chiqarishga mo`ljallangan printerlar, tachpad va trekbollar, mikrofonlar va garnituralar, radio va TV-tyunerlar, CD va DVD disklardagi ma`lumotlarni o`quvchi va yozuvchi qurilmalari, video proyektorlar, ovozli interaktiv doskalar va distansion boshqariluvchi kabilarni misol keltirish mumkin.
    2.Kompyuter o`yinlar industriyasining rivojlanishi. Foydalanuvchilarni kuchli kompyuter sotib olishga undovchi omillardan biri hisoblanadi.
    3.Tarmoq va mobil texnologiyalar hamda internet texnologiyalarning rivojlanishi. Internet texnologiyalarning ilk rivojlanishida tasvir va tovushlarni yuborish hozirgacha nisbatan kichik tezliklarda bo`lishi ma`lumotlarni kodlashtirish va siqish usullarini qidirishni faollashtirishga olib keldi. Ma`lumotlarni siqish usullari va mos formatlar ishlab chiqish yangi texnologiyalarni paydo bo`lishiga olib keldi. Jumladan: oqimli radiolar, oqimli videolar, masofadan multimediali prezentasiyalar va videokonferensiyalar kabi texnologiyalar paydo bo`ldi. Shu bilan birgalikda yuqori sifatli tovush va videolarni ishonchli siqish usullarini ixtiro qilinishi hamda katta formatdagi disklar kinofilim va ovozli yozuvlarni tarqatish industriyasini keskin burilishlarni olib keldi. Bu esa DVD-diskga sifatli to`liq metrajli filmlarni joylashtirish imkoniyatini berdi.
    Shuni aytib o`tish lozimki, oxirgi yillarda kundalik turmush texnikalari (бытовая) va tarmoqli muhitlar yanada ko`proq multimedik xarakterga ega bo`lmoqda. Hozirda inson nutqini “tushunuvchi” va “gapiruvchi” kundalik asbob-uskunalar(прибор) va avtomobillar hech kimni hayratga solmaydi. Shuningdek “Aqlli uy” konsepsiyasi faol tarzda ishlab chiqilmoqda. Bu konsepsiya doirasida birinchi navbatda “tovush plyus video” kabi to`siqlarni o`tib ketish imkoniyati hal qilinadi. Chunki axborot tizimini boshqaruvchi masalalar kanallari qulay harorat hamda uyda yoqimli hidli atmosferasini yaratish kabilarni qo`llab quvvatlashi kerak. Internet esa multimedia vositalarni kundan-kunga boyitib bormoqda. Flash texnologiyasining paydo bo`lishi saytlar miqdorini oshishiga olib keldi.
    Multimedia” atamasini talqin qilish bir nechta tushunchalarni birlashtiradi.

    Download 0.6 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18




    Download 0.6 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Bugungi zamon barcha sohalari qatorida ilm-fanni ham yangi bosqichlargako’tarishni talab qilmoqda. Zotan jamiyat oldida turgan

    Download 0.6 Mb.