|
BuMti 102 21 kt guruh talabasi Sardorbek Mahmudov Kimyoviy ishlab chiqarishning tizimlari
|
bet | 5/7 | Sana | 27.11.2023 | Hajmi | 4,06 Mb. | | #106367 |
Bog'liq Sardorbek.Mineral oʻgʻitlar i.ch. Respublika K.s.ning asosiy tarmoqlaridan biri. Respublikada qishloq xoʻjaligi uchun zarur boʻlgan ammofos, ammiak selitrasi, ammoniy sulfat, superfosfat, karbamid, suyultirilgan ammiak, shuningdek, samarador murakkab azotli va fosforli oʻgʻitlarni i.ch. Yoʻlga qoʻyilgan. „Elektrkimyosanoat“ AJ (Chirchiq), Fargʻona „Azot“ i.ch. Birlashmasi asosiy turdagi azotli oʻgʻitlar, „Qoʻqon superfosfat zavodi“ AJ, Samarqand kimyo zavodi, Olmaliq „Ammofos“ Ajda ammofos, oddiy va ammoniylashgan superfosfat, qumoq ammfos kabi fosforli oʻgʻitlar ishlab chiqariladi. Respublika K.s. korxonalari bir yidda 2,8 mln. Sulfat kislotasi K.s. tarmoqlari uchun muhim xom ashyodir. Respublikada sulfat kislota ishlab chiqaradigan yirik quvvatlar Olmaliq „Ammofos“ AJ, Samarqand kimyo zavodi, Navoiy kon-metallurgiya kombinati, Olmaliq konmetallurgiya kombinatida barpo etilgan. Sulfat kislotasi K.s. tarmoqlari uchun muhim xom ashyodir. Respublikada sulfat kislota ishlab chiqaradigan yirik quvvatlar Olmaliq „Ammofos“ AJ, Samarqand kimyo zavodi, Navoiy kon-metallurgiya kombinati, Olmaliq konmetallurgiya kombinatida barpo etilgan. Soda sanoatining Markaziy Osiyo mamlakatlarida yagona boʻlgan korxonasi — Qoʻngʻirot soda zavodi qurilishi 1995 yildan boshlandi (yillik loyiha quvvati 210 ming t soda) va 2004 yilda ishga tushiriladi. - Oʻsimliklarni himoya qilishning kimyoviy vositalari (defoliant, desikat, gerbitsid, insektitsid, foʻngitsidlar) Fargʻona „Azot“ ishlab chiqarish birlashmasida (1965 yildan, magniy xlorat defolianti), Navoiy „Elektrokimyo zavodi“ AJ (1960 yildan, gerbitsidlar — nitran, kotoraya, bronotak, insektitsidlar — fozalon, treflan va b.) ishlab chiqariladi. Respublika qishloq xoʻjaligida oʻsimliklarni kasallik va zararkundalardan kimyoviy himoya qilishda koʻllaniladigan oltingugurt kukuni Shoʻrsuv kon-kimyo korxonasida hamda Muborak va Shoʻrtan gaz komplekslarada ishlab chiqariladi.
Kimyoviy tolalar va iplar xilma-xil xalq isteʼmoli tovarlari i.ch.da keng qoʻllaniladi. Chirchiq „Elektrkimyosanoat“ Ajda kaprolaktam (1980 yildan, yillik quvvati 70 ming t), Fargʻona kimyoviy tolalar zavodi (1959)da atsetat iplar, „Navoiyazot“ Ajda akril tolalari (1974 yildan; yillik quvvati 23 ming t dan koʻproq), Fargʻona „Azot“ ishlab chiqarish birlashmasida sellyuloza atsetati (yillik quvvati 42 ming t) ishlab chiqariladi. Fargʻona furan birikmalari zavodi (1946)da sellyuloza mustaqilligini taʼminlash boʻyicha paxta lintidan sellyuloza i.ch. Ga ixtisoslashgan quvvatlar barpo etilgan. Fargʻona kimyoviy tolalar zavodida kaprolaktamni qayta ishlab, kapron va iplar tayyorlashga imkon beradigan quvvatlar bor.
|
| |