|
BuMti 102 21 kt guruh talabasi Sardorbek Mahmudov Kimyoviy ishlab chiqarishning tizimlari
|
bet | 6/7 | Sana | 27.11.2023 | Hajmi | 4,06 Mb. | | #106367 |
Bog'liq Sardorbek.Kimyoviy tolalar va iplar xilma-xil xalq isteʼmoli tovarlari i.ch.da keng qoʻllaniladi. Chirchiq „Elektrkimyosanoat“ Ajda kaprolaktam (1980 yildan, yillik quvvati 70 ming t), Fargʻona kimyoviy tolalar zavodi (1959)da atsetat iplar, „Navoiyazot“ Ajda akril tolalari (1974 yildan; yillik quvvati 23 ming t dan koʻproq), Fargʻona „Azot“ ishlab chiqarish birlashmasida sellyuloza atsetati (yillik quvvati 42 ming t) ishlab chiqariladi. Fargʻona furan birikmalari zavodi (1946)da sellyuloza mustaqilligini taʼminlash boʻyicha paxta lintidan sellyuloza i.ch. Ga ixtisoslashgan quvvatlar barpo etilgan. Fargʻona kimyoviy tolalar zavodida kaprolaktamni qayta ishlab, kapron va iplar tayyorlashga imkon beradigan quvvatlar bor. - K.s.da gidroliz korxonalari Ikkinchi jahon urushidan keyingi yillardan qurila boshladi. Fargʻona furan birikmalari (1946), Yangiyoʻl biokimyo (1952), Andijon gidroliz (1953) zavodlarida asosiy xom ashyo — chigit shulxasi, sholi qobigʻidan texnik etil spirti, furfurol, ozuqa achitqilari (hamirturush), furil spirti, ksilit, laprol va b. mahsulotlar ishlab chiqarildi.
90-yillar boshidan bu korxonalarda gʻalladan oziqovqat (etil) spirti i.ch. Oʻzlashtirildi: „Andijon biokimyo zavodi“ AJ (sobiq gidroliz zavodi) da yillik quvvati 915 ming dal (1994), „Qoʻqonspirt“ Ajda 1800 ming dal (1995) va „Yangiyoʻl biokimyo zavodi“ Ajda 915 ming dal (1996) etil spirti ishlab chiqaradigan yangi quvvatlar ishga tushirildi. Natijada oziq-ovqat, tibbiyot, atir-upa va b. sanoat tarmoklarini respublikaning oʻzida ishlab chikarilgan spirt bilan taʼminlash imkoniyati yaratildi. Bu korxonalarda yiliga 4 ming t ga yaqin karbon kislotalari ham ishlab chiqariladi. „Andijon biokimyo zavodi“ Ajda 1992 yildan quruq xlorella biomassasini tayerlash yoʻlga qoʻyilgan. 90-yillar boshidan bu korxonalarda gʻalladan oziqovqat (etil) spirti i.ch. Oʻzlashtirildi: „Andijon biokimyo zavodi“ AJ (sobiq gidroliz zavodi) da yillik quvvati 915 ming dal (1994), „Qoʻqonspirt“ Ajda 1800 ming dal (1995) va „Yangiyoʻl biokimyo zavodi“ Ajda 915 ming dal (1996) etil spirti ishlab chiqaradigan yangi quvvatlar ishga tushirildi. Natijada oziq-ovqat, tibbiyot, atir-upa va b. sanoat tarmoklarini respublikaning oʻzida ishlab chikarilgan spirt bilan taʼminlash imkoniyati yaratildi. Bu korxonalarda yiliga 4 ming t ga yaqin karbon kislotalari ham ishlab chiqariladi. „Andijon biokimyo zavodi“ Ajda 1992 yildan quruq xlorella biomassasini tayerlash yoʻlga qoʻyilgan. - Rezina mahsulotlari Angren „Rezinatexnika“ AJ (1975)da ishlab chiqariladi. Ilgari, asosan, rezina mahsulotlari i.ch.ga ixtisoslashgan „Rezinatexnika“ AJ 1987 yildan xalq isteʼmoli tovarlari i.ch.ga oʻtdi. 1992 yildan birlashmada yengil avtomobil shinalarini tayerlash oʻzlashtirildi. 1996 yildan yiliga yengil avtomobillar uchun 1,5 mln. Dona, yuk avtomobillari uchun 200 ming dona shina ishlab chiqaradigan quvvatlar ishga tushirildi.
|
| |