Burchaklari. Kulachokli mexanizmlarning




Download 0.86 Mb.
bet3/4
Sana01.03.2024
Hajmi0.86 Mb.
#165123
1   2   3   4
Bog'liq
KULCHOKLİ MEHANİZMLARGA BOSHİM VA UZATİSH BURCHAGİ
1-парктика, Baholar jadvali (2), Taqvim 2023(Avtomatik payvand), transformatorlar-va-ularning-ishlash-prinsipi, Atom elektron qobiqlarning tuzilishi. Kvant sonlar reja-fayllar.org, 95, 9-taqdimot, NOSINUSOIDAL TOKLI ZANJIRNI HISOBLASH..............., MEHANIZM ZVENOLARI NUQTALARINING TEZLIK VA TEZLANISHLARINI REJALAR TUZISH YULI BILAN TEKSHIRISH, MA’LUMOTNOMA, Lirik asarlarni ifodali va to‘g‘ri o‘qishni o‘rganish Reja-fayllar.org, 12-15, Anvar diskrit 2, Anvar diskrit 3
γ=90o-α.
Harakatlantiruvchi P1 kuchni oʻqlarga proektsiyalab quyidagini hosil qilamiz
Р2  Р1 cos ,
Р3  Р1 sin .
Bu yerda P2 kuch turtkichni koʻtaradigan va P1 kuchning foydali tashkil etuvchisi, P3 kuch turtkichni oʻng tomonga suradigan va P1 kuchning zararli tashkil etuvchisi hisoblanadi.
5-rasmdan koʻrinadiki, bosim burchagi α ni ortishi bilan harakatlantiruvchi P1 kuchning zararli tashkil etuvchisi P3 kuchni ortib borishini va foydali tashkil etuvchi P2 ning kamayib borishini kuzatish mumkin.
Demak, α ni ortib borgan sari kulachokli mexanizmning ishlashi ham yomonlashib borar ekan hamda ma’lum qiymatga yetganda kulachok turtkichni harakatlantira olmay qoladi, ya’ni qadalib qoladi.
Amalda uzatish burchagining minimal qiymati γmin kulachokli mexanizmlarning turlariga koʻra belgilanadi. Masalan, turtkichi ilgarilanma- qaytma harakat qiladigan kulachokli mexanizmlar uchun γmin=50o-60o, turtkichi tebranma harakat qiladigan kulachokli mexanizmlar uchun γmin=40o-45o, uzatish burchagining bundan kichik qiymatlarida turtkichi rolikli boʻlgan kulachokli mexanizmlar qoʻllaniladi.
Yuqorida ta’kidlanganidek, kulachokli mexanizmlar yordamida yetaklanuvchi boʻg’inning har qanday murrakablikdagi harakat qonunlarini olish mukmin, lekin bu nazariy jihatdan. Amalda esa, kinematik va dinamik shartlarni qanoatlantiradigan kulachokli mexanizmlar qoʻllaniladi. Turtkichning harakat qonunini kulachokning toʻrtta xarakterli fazalari uchun koʻrib chiqamiz. Kulachokning xarakterli fazalari quyidagilar: koʻtarilish burchagi (fazasi) φk, uzoqlashish burchagi (fazasi) φu, qaytish burchagi (fazasi) φq va yaqinlashish burchagi (fazasi) φya. Koʻtarilish va qaytish fazalarida eng oddiy harakat qonuni s2=s21) chiziqli qonuniyatdir. Burchak φ1 mos ravishda φk, φu, φq va φya lar boʻlishi mumkin (6-rasm).
Demak, turtkich harakatining tezlik analogi har ikki fazada oʻzgarmas ekan. Tezlanish analogi esa shu fazalarda nolga teng boʻladi (Nuqtaning tezlanish analogi – shu nuqtaning aylanish radius-vektoridan umumlashgan koordinataga nisbatan olingan ikkinchi tartibli hosilasidir). a, b, c va d hollarda esa tezlanish analogi cheksiz boʻladi.
6-rasmda keltirilgan grafikdagi a, b, c va d nuqtalarda turtkich qattiq zarbaga uchraydi, ya’ni boʻg’inlarga ta’sir etuvchi kuchlarning qiymati cheksizlikka intiladi. Amalda tezlanish analogi a2 koʻrsatilgan hollarda cheksizlikka teng boʻlmaydi, chunki kulachok bilan turtkich absolyut qattiq emas, balki deformatsiyalanish xususiyatiga egadir. Turtkichi uchli boʻlgan taqdirda ham boʻg’inlarning deformatsiyalanishi sababli kulachokli mexanizmlarning tezlanish analogi cheksiz boʻlmasa ham turtkich bilan kulachok orasida urilish hodisasi roʻy beradi. SHuning uchun koʻtarilish va qaytish fazalarida chiziqli harakat qonunlari qoʻllaniladi. Ularning boshlanishi va oxiri egri chiziqdan iborat boʻlishi lozim. Bunday hollarda, kulachok bilan turtkich toʻg’ri chiziqli harakat qonunidan egri chiziqli harakat qonuniga oʻtayotgan paytda yumshoq zarbaga uchraydi. Bunday amallarni bajarish, kulachokli mexanizmlarni loyihalashda ruxsat etiladi. Oʻtish egri chiziqlari, evolventa, aylana, parabola va boshqa egri chiziqlardan iborat boʻlishi mumkin. Zarba hodisasini bartaraf etish maqsadida, ayrim kulachokli mexanizmlarda qayishqoq elementlardan foydalaniladi.
Kinematika boʻlimida oʻrganganimizdek, turtkichning harakat qonunining siljish s2=s21) grafigini ikki marta differentsiallash natijasida turtkichning tezlik va tezlanish analoglarining diagrammasini hosil qilamiz.

Kulachok bilan turtkich oliy kinematik juft, tashkil qilib birikadi. Tarkibida kulachokli bo’g’ini bo`lgan mexanizm kulachokli mexanizm deyiladi. Kulachokli mexanizmlar tekislikka nisbatan harakatlanishiga qarab ikkiga bo`linadi.



  1. Tekis kulachokli mexanizmlar.

  2. Fazoviy kulachokli mexanizmlar.

Tekis kulachokli mexanizmda kulachok bilan turtkich bir tekislikda yoki parallel tekisliklarda harakatlanadi. Fazoviyda esa ular parallel bo`lmagan tekisliklarda harakatlanadi (tikuv mashinasidagi ipni ko`tarib tushiruvchi mexanizm fazoviydir).
Kulachok mexanizmning kinematik taxlili.

Kulachokli mexanizmning kinematik taxlilida kulachokning o`zgarmas aylanish davrida turtkich nuqtasining o`tgan yo`li, tezligi va tezlanishi aniqlanadi.
Xisoblar grafik usulda o’tkaziladi, chunki bu usul analitik usuldan oson va xatolik uncha katta bo`lmaydi.
Buning uchun mexanizmning kinematmik sxemasini masshtabda chizib olamiz.
Kulachokni ω=cosnt burchak tezlikda aylantirilsa, turtkich ilgarilanma - qaytma harakat qiladi. Shuni e'tiborga olib kulachok profili bir xil kattalikda bir necha bo`laklara bo`linadi. (16.1 shakl)
B nuqtaning yo`l diagrammasini chizish uchun SO t koordinata o`qlarini olib Ot tomonni (abtsissalar o`qini) kulachok profili bo`lingan bo`laklar soniga teng bo`lakka bo`lamiz. So`ngra ordinatalar o`qiga OS ga turtkich o`qidagi B nuqtaning Bo1 B1 B2 ... koordinatalarini o`lchab qo`yamiz. Shu o`lchab qo`yilgan nuqtalar (B1, B2, B3…) ni ko`rsatuvchi (Bo Bg), (BoB2) ... kesmalar koordinatalar boshidan boshlab o`lchab qo`yiladi.
Bu nuqtalarning (B1, B2, B3...) ni absissalar o`qidan chiqqan o`z vaziyantlarini ko`rsatuvchi perpendikulyarga proeksiyalansa va topilgan nuqtalar egri chiziq bilan tutashtirilsa, yo`l diagrammasi hosil bo`ladi.
Shundan so`ng tezlik va tezlanish grafiklari yo`ldan hosila olish bilan quriladi.
Dezaksial tekis kulachokli mexanizmlarni kinematik taxlil qilishda ham avvalgi xolatga o`xshash ish bajariladi, bunda faqat mexanizm turtkichining yo`l diagrammasini chizish uchun kulachok aylanish markazidan dezaktsial «e» masofada yordamchi aylana chizib olinadi va kulachokli o`zgarmas burchak tezlik(ω=cosnt) bilan aylantirilib aylanaga o`tkazilgan urinma bo`ylab sirpanma ilgarilanma harakat qilinadi. Bunda rolik markazi (B nuqta) kulachok profilidan rolikning radiusi ( rol) ga masofada bo`ladi.

ilining shakli, topilishi lozim bo`lgan kulachokning eng kichik radiusi bilan turtkichning maksimal ko`tarilishi oralig`i beriladi.
Bunda turtkichning harakat qonuni va profilining shakli topilishi lozim bo`lgan kulachokning eng kichik radiusi bilan turtkichning maksimal ko`tarilishi oralig`i beriladi.
Kulachokli mexanizmni kinematik loyihalashda eng kichik radiusi (rmin) va turtkichning harakat qonuni tezlik, tezlanish yoki ko`chish S – t grafigi shaklida berilgan bo’ladi.
Agar harakat qonuni аt – t grafigi shaklida berilgan bo`lsa 2 – marta, v- t grafigi shaklida bo`lsa 1 – marta grafik integrallab S – t grafigi hosil qilinadi.

Kulachok shaklini chizish uchun uning minimal radiusi (r min) bilan aylana chizib, uni teng (8,12,16,24) bo`laklara bo`lamiz. S-t grafigidagi X oraliqni ham xuddi shunday bo`laklarga bo`lamiz. S-t grafigidagi absissalar o`qini kulachokning minimal radiusi aylanasiga urinma qilib o`tkazib, shu grafik ordinatalarini kulachok turtkichiga proeksiyalaymiz va undagi tegishli nuqtalarni minimal radiusli aylana radiuslarining davomiga proeksiyalab, shu nuqtalarni o`zaro tutashtirsak kulachok profili hosil bo`ladi.
Kulachokli mexanizmlarning dinamik loyihalashda kulachokning eng kichik uzatish burchagi hisobga olinadi va eng kichik radiusi topiladi. Bu dinamik usulda loyihalash deyiladi Dinamik usulda loyihalashning afzalligi shundaki, kulachokli mexanizmlar kulachokning xar qanday tezlikdagi harakatda ham normal ishlay oladi. Loyihalashda uzatish burchagi hisobga olinmasa, kulachokning aylanishi jarayonida turtkich o`z yo`naltiruvchisi orasiga tiqilib qolishi mumkin, noto`g`ri ishlab sinishi ham mumkin.

Download 0.86 Mb.
1   2   3   4




Download 0.86 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Burchaklari. Kulachokli mexanizmlarning

Download 0.86 Mb.