Portlatish uchun zaryadlash usullari




Download 96,5 Kb.
bet4/5
Sana10.12.2023
Hajmi96,5 Kb.
#115188
1   2   3   4   5
Bog'liq
Portlashning atrof muhitga ta\'siri
510 18.06.2019, 15-mavzu, 1669369874, 106779, janr, 5555, Документ1, Ангрен ШЭТК (2), 2145877, ISLOM KARIMOV NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI OLMALIQ (2), Eng quvvatli me\'zonlar. Neyman Pirson Kolmagorov mezoni, kvadrat Pirsonnin Xi mezoni., Gistologiya,sitologiya va embriologiya fanidan testlar, Bolalarning tajavuzkorligi sabablari, 2-поликлиника, Игамов Зухриддин Абдихакимович
Portlatish uchun zaryadlash usullari

Yaqin kunlargacha karerlarda asosan bir tekis to‘ldirilgan kolonkali zaryadlar qo‘llanilar edi. Kon jinsi massivini bunday kontruksiyadagi zaryad bilan portlatilganda pog‘ona yuqori qismida nogabaritlar ko‘p miqdorda hosil bo‘lishi bilan bir qatorda zaryad yaqinida kon jinslarining haddan tashqari maydalanib ketishi kuzatilardi. Bunda zaryad portlatilganda uning yaqinida katta hajmdagi juda maydalanib ketgan kon jinslari hosil bo‘ladi. Bunday bo‘lishiga asosiy sabab zaryad joylashgan kamerada portlash gazsimon mahsulotlarining yuqori bosim ostida tarqalishidir. Portlashdan so‘ng kon jinslarining bunday notekis maydalanishi ular bilan ishlashda muammolarni keltirib chiqaradi. Kon jinsi massivining bir tekisda maydalanishi ta’minlash uchun akad. N.V. Melnikov va t.f.d. L.N.Marchenko havoli bo‘shliqlar bilan bo‘lingan uzilma zaryad konstruksiyasini taklif qilishgan bo‘lib, unga ko‘ra zaryad ikki yoki undan ham ko‘proq bo‘laklarga bo‘linib ularning orasida havoli bo‘shliq qoldiriladi. Skvajinada havoli bo‘shliqni hosil qilish portlashning qattiq muhitdagi xarakterini o‘zgarishiga olib keladi: portlash bosimining tiqizligi sezilardi darajada kamayib, zaryad atrofidagi kon jinslari o‘ta maydalanib ketishining oldi olinadi; portlashning kon jinsi massiviga faol ta’sir ko‘rsatish vaqti cho‘ziladi; zaryad pastki va yuqori qismlari portlashidan hosil bo‘ladigan kuchlanish to‘lqinlarining interferensiyasi kuzatiladi. Bunda havoli bo‘shliq portlashning boshlang‘ich davrida hosil bo‘ladigan bosimni kamaytiruvchi kompensator vazifasini bajaradi. Portlash impulsi parametrlarining bunday o‘zgarishi hisobiga zaryad kamerasi atrofidagi kon jinslarining haddan tashqari maydalanib ketishi kamayadi, ya’ni portlashda ajralib chiqadigan energiya kon jinsi massiviga bir tekis ta’sir ko‘rsatadi. Ushbu xulosa har xil kon-geologik sharoitlarda o‘tkazilgan tajriba ishlarida o‘z tasdig‘ini topgan. SHunday qilib havoli bo‘shliq bilan bo‘laklangan zaryadlar portlatilganda zaryad yuqori va pastki qismidan hosil bo‘lgan kuchlanish to‘lqinlarining o‘zaro kesishishi natijasida kon jins massivining maydalanish darajasi yaxshi va bir tekis bo‘lishiga olib kelishi muqarrar.

Qalmoqir karerida skvajina zaryadlari konstruksiyasi havoli bo‘shliqlarsiz bo‘lib skvajinalarni portlovchi modda bilan zaryadlash ishlari maxsus zaryadlash mashinalari yordamida mexanizatsiyalashgan holda amalga oshiriladi.
Bunda zaryadlash ishlarini boshlashdan oldin burg‘ulab tayyorlangan blok bo‘yicha hisoblash ishlari amalga oshirilib, portlatish ishlariga buyruq chiqqandan so‘ng zaryadlash ishlari bajariladi. Portlatish ishlarini amalga oshirish uchastkasi muhandis-texnik xodimi har smena boshida portlatish ishlarini amalga oshiruvchi xodimlar va zaryadlash mashinalari haydovchilarini burg‘ulab tayyorlangan blokdagi skvajinalar seriyasini zaryadlash va ularni portlatishga tayyorlash to‘g‘risidagi barcha hujjatlar bilan tanishtirish bilan bir qatorda portlatish ishlarini xavfsiz amalga oshirish yuzasidan yo‘riqnoma o‘tadi. Portlovchi modda portlatiladigan blokka kon ustasi yoki portlatish ishlarini amalga oshiruvchi xodim kuzatuvi ostida zaryadlash mashinasi yordamida olib kelinadi va zaryadlash ishlari bajariladi. Zaryadlash mashinasining harakatlanish marshruti kon ustasi yoki portlatish ishlarini amalga oshiruvchi xodim tomonidan ko‘rsatib turiladi. Zaryadlash mashinasi zaryadlanadigan skvajina ustiga haydab kelinganidan so‘ng portlatish ishlarini amalga oshiruvchi xodim uni zaryadlashga tayyorlaydi.
Bunda portlatish ishlarini amalga oshiruvchi xodim zaryadlash mashinasi shlanglarini skvajinaga tushirib, haydovchiga aralashtirish kamerasi yuritgichini ishga tushirish haqida xabar beradi. SHundan so‘ng haydovchi tomonidan 1200 ayl/min chastotada ishlovchi yuritgich ishga tushirilib operator tomonidan portlovchi modda massasini aniqlash pulti kuzatib turiladi (bunda yuritgichga mahkamlangan shnek aylanish soniga qarab portlovchi modda massasi aniqlanadi). Portlatish ishlarini amalga oshiruvchi xodim ko‘rsatmasiga binoan operator tomonidan shnek ishga tushiriladi.
Skvajinaga yuborilayotgan zaryad massasi hisoblagich ko‘rsatgichi bo‘yicha nazorat qilib turiladi. Zaryadlashni pult orqali boshqarish qurilmasi qo‘l yordamida va avtomatik rejimda ishlashga mo‘ljallangan. Skvajinalar ma’lum balandlikkacha zaryadlangandan so‘ng portlatish ishlarini amalga oshiruvchi xodim skvajina ichiga jangavor zaryadni tushuradi va shundan so‘ng skvajinaning qolgan qismiga portlovchi modda zaryadi quyiladi.
Agar skvajina ichidagi suv sathi 0.5 m gacha bo‘lsa skvajina Emulgit-30 portlovchi moddasi bilan 0.5 m dan ortiq bo‘lsa Emulgit-60 portlovchi moddasi bilan zaryadlanadi. Bunda skvajinadagi suv sathining balandligi 0.5 m da ortiq bo‘lganda shlang suv sathidan pastroqqacha tushirilib keyin zaryadlash ishlari amalga oshiriladi.
Zaryadlash mashinasida portlovchi modda tamom bo‘lgandan so‘ng portlatish ishlarini olib boruvchi bosh portlatuvchi mashinani zaryadlash blokidan chiqib ketishiga ruxsat beradi.
Agar blokda zaryadlash ishlari tugagandan so‘ng zaryadlash mashinasida portlovchi modda ortib qoladigan bo‘lsa u yo‘riqnomaga muvofiq o‘rnatilgan tartibda omborxonaga qaytariladi.
Smena so‘ngida haydovchi-operatorlar maxsus joyda zaryadlash mashinasi shneki va bunkerlarini suv yordamida yuvib tozalaydilar. Qishki mavsumda havo harorati 00S dan past bo‘lganda ushbu ishlar siqilgan havo yordamida amalga oshiriladi.
Bizga ma’lumki, portlovchi modda zaryadlarini portlatish usullari zaryadga berilayotgan boshlang‘ich impuls manbasiga bog‘liq holda olovli, elektr, elektr-olovli va detonatsiya pligi yordamida amalga oshirilishi mumkin.


Xulosa

Portlovchi materiallar bilan har qanday operatsiya bajarilganda (muomalada
bo’lganda) ham maksimal ehtiyotkorlikga rioya qilish kerak: Portlovchi
materiallarni zarba va turtkilardan asrash lozim; shuningdek portlovchi materiallar
joylashtirilgan qutilar (yashiklar)ni sudrash, balandlikdan (masalan qo’ldan) tashlab
yoki tushirib yuborish va urib ko’rish ta’qiqlanadi.
Portlovchi materiallar bilan ishlashda portlovchi material joylashgan joydan
100 m masofada chekish, ochiq olovdan foydalanish ta’qiqlanadi. Olov chiqaruvchi
moslamalar, gugurt va boshqa yondirish vositalarini o’zi bilan olib yurish
ta’qiqlanadi. Istesno tarzida ish jarayonida (olovli usulda portlatishda, OSHni
sinashda) OSHni yoqishni amalga oshiruvchi portlatuvchi, laborant va boshqa
shaxslarga gugurt va boshqa yondiruvchi vositalarni olib yurishga ruxsat etiladi.
Tarkibida suyuq nitroefirlar miqdori 15% dan ko’p bo’lgan portlovchi
moddalarni muzlagan yoki yarim muzlagan holatda ombordan tarqatish va qo’llash,
patron shakli butunligini buzish – sindirish, qirqish, ustki qobig’ini olib tashlash,
detonator uchun o’yiqlar hosil qilish ta’qiqlanadi.

Portlovchi materiallar temir yo'l vagonlarida, suv yo'lida, havo transportida



(qo'lda ko'tarib olib kelinadiganidan tashqari) tashish ichki ishlar bo'limlarining
ruxsatisiz amalga oshirilishi mumkin.
Avtomobil, ot-arava transporti, yuk tashuvchi hayvonlarda ishlab chiqaruvchi
zavoddan, korxona omborxonasidan turli vazirlik, boshqarma, mahkama
omborxonasiga, ular joylashgan joydan qat’iy nazar, shuningdek, bir korxonaning
turli viloyatlarda joylashgan bir omboridan ikkinchisiga tashib keltirish Ichki Ishlar
vazirligining ruxsatnomasi bilan amalga oshiriladi.
Portlovchi materiallarni korxona va tashkilotlarga tashib keltirish uchun
ruxsatnoma shahar, viloyat ichki ishlar boshqarmasi tomonidan beriladi. Bir korxona
yoki tashkilotga qarashli bir omborxonadan ikkinchi omborxonaga tashib
keltirish uchun, agar ular bitta viloyat chegarasida joylashgan bo'lsa, mazkur
tashkilot rahbari tomonidan berilgan naryad-nakladnoyning o'zi yetarli bo'ladi,
bunday holda ichki ishlar organlarining ruxsatnomasi talab qilinmaydi.
Portlovchi materiallar omboridan portlatish ishlari olib boriladigan joyga
naryad-yo'llanma, naryad-nakladnoy bilan belgilangan tartibda
rasmiylashtirilgandan so'ng tashib keltirish mumkin.
Portlovchi materiallarni shaxtaga tushirish va yer osti lahimlari bo'ylab
tashib keltirish
Portlovchi materiallarni shaxtaga kletda va badyada tushirishga ruxsat etiladi.
Qiya shaxta stvollarida esa odamlarni tushirib chiqarishga mo‘ljallangan maxsus
vagonetkalarda, odam tashishga ruxsat etilgan osma kanat va monorelsli yo‘lda
tashirish mumkin.


Download 96,5 Kb.
1   2   3   4   5




Download 96,5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Portlatish uchun zaryadlash usullari

Download 96,5 Kb.