Business Proposal




Download 0,81 Mb.
Sana17.02.2024
Hajmi0,81 Mb.
#158206
Bog'liq
Business Proposal


BIZNESNI BOSHQARISHDA DAVLAT TOMONIDAN BERILADIGAN IMTIYOZLAR.
SSI 92/21 Kasimbekova M.U
    • Biznes tushunchasi
    • Biznesni boshqarish va ularning funksiyalari
    • Biznesni davlat tomonidan qo’llab quvvatlanishi

REJA:
«Biznes» atamasi ilk bor XVIII-asrning oxiri, XIX-asrning boshlarida paydo bolgan. «Biznes» sozi inglizcha «business» sozidan olingan bolib, «ish», «mashgulot» degan manoni bildiradi. Biznes – bu insonning daromad olib, hayot kechiradigan, tirikchilik vosidasidir.
Biznes tushunchasi
Biznesning ilk korinishlari kishilarning ongli hayoti boshlangan davrlardayoq namoyon bolgan. Misol uchun, qadimda odamlar ozining va jamoasining foydasi uchun baliqni teriga almashtirib biznes qilishar edi. Yoki boshqa bir tovarni oz ehtiyojiga qarab qolhdagi biror mahsulotga almashtirib olishardi.
Shu tariqa biznes, bank, ombor, birja va boshqa tijorat bilan bogliq tarmoqlar paydo boldi. Demak, biznes biron kishining istemolchi uchun foydali bolgan tovarni ishlab chiqarishga yonaltirgan bilimi va tijoriy faoliyatlar tizimidir.
    • muayyan biznesga investitsiya qilingan dastlabki kapitalning mavjudligi;
    • boshlang‘ich kapitalga investitsiyalarning maqsadi -investitsiya qilingan kapital bo‘yicha foyd(daromad) olish;
    • bozorning boshqa ishtirokchilari bilan (boshlang‘ich apital, keyingi kapital) kapitaldan foydalanish borasida muayyan munosabatlar o‘rnatish.

Kapitalistik munosabatlar kabi biznes quyidagilar bilan
tavsiflanadi:
Biznesni boshqarish va ularning funksiyalari
Biznes boshqaruvi (inglizcha: Business administration) — biznes faoliyatini boshqarish toʻgʻrisidagi fan. Menejment sohasining holati ishlab chiqarish samaradorligiga, texnika va texnologiya darajasi hamda ishchi kuchining sifatiga taʼsir koʻrsatadi. Menejment fanining mazmuni boshqaruv tizimi va boshqaruv obyekti orasidagi oʻzaro munosabat boʻlib, uning asosiy vazifasi boshqaruvning zamonaviy usullarini, rahbarlik sanʼati sirlarini oʻrganishdan iborat.
BOSHQARUV NIMA?
Boshqaruv — tanlov, qaror qabul qilish va uning bajarilishini nazorat qilish jarayonidir. Uning asosiy maqsadi bozor munosabatlari sharoitida barcha boʻgʻinlarda ishlay oladigan yuqori malakali boshqaruvchilarni tayyorlashdan iborat.
Uning asosiy maqsadi bozor munosabatlari sharoitida barcha boʻgʻinlarda ishlay oladigan yuqori malakali boshqaruvchilarni tayyorlashdan iborat. Menejment ijtimoiy-iqtisodiy, ijtimoiy-huquqiy, kibernetika va boshqa fanlar bilan aloqador. Menejment dastavval iqtisodiy nazariya fani bilan yaqindan bogʻliq.
Boshqarish tamoyillarini Teylorning zamondoshi fransuz olimi Anri Fayol ishlab chiqdi. Korxonada amalga oshirilayotgan barcha operatsiyalarni u olti guruh (texnika, tijorat, moliya, mol-mulk va shaxslarni qoʻriqlash, hisob-kitob, maʼmuri)ga boʻlib, boshqarishni 6-guruhga kiritadi. Menejment yoki boshqarishning obyekti korxona faoliyati, uning subyekti esa boshqarish ishini bajaruvchi idoralar va ularning xodimlaridir.
Menejment bilan maxsus tayyorgarlik koʻrgan, boshqarishning qonun-qoidalarini chuqur biladigan malakali mutaxassislar — yollanma boshqaruvchilar — menejerlar shugʻullanadilar. Ular aholining alohida ijtimoiy qatlamini tashkil qiladi. Menejmentning yuqori (firma strategiyasini ishlab chiqish), oʻrta (ishlab chiqarish, sotish, narx belgilash, mehnatni tashkil qilish), quyi (sex, boʻlim doirasida ishni tashkil qilish, kunlik, haftalik, oylik ish topshiriqlari bajarilishini boshqarish) boʻgʻinlari bor. Shunga muvofiq holda menejerlar oliy martabali, oʻrta toifadagi va quyi toifadagi menejerlarga boʻlinadi.
Biznes funksiyalari
Biznesning mohiyatini bir nechta funktsiyalarni bajarishga qisqartirish mumkin. Rivojlangan bozor iqtisodiyoti sharoitida u quyidagi funktsiyalarni bajaradi: narx belgilash, ijodiy izlanish (innovatsion), resurs, moddiy-texnik ta'minot, ijtimoiy, tashkiliy.
Biznesning eng muhim funktsiyalaridan biri bu narxlashdir. Narx belgilashning mohiyati mahsulot yoki xizmat narxini belgilashdan kelib chiqadi, uning hajmi bir qator omillarga bog'liq: tannarx narxi, raqobatchilarning narxi, talab va taklif nisbati. Ushbu biznes funktsiyasi chegirmalar va narxlarni tuzatish tizimini shakllantirishni ham o'z ichiga oladi. Narx siyosati va chegirmalar va qo'shimcha to'lovlarni belgilash marketing bo'limining mas'uliyati hisoblanadi.
Innovatsion funktsiya bo'lmasa, tashkilot muqarrar ravishda raqobatbardoshligini yo'qotadi va o'rtacha bozor rivojlanish sur'atlaridan orqada qoladi. Bu tadbirkorlik faoliyati jarayonida yangi g'oyalardan foydalanish, maqsadlarga erishish uchun yangi vositalar va omillarni ishlab chiqish, shuningdek, ularni to'ldiradigan boshqa barcha funktsiyalar bilan bog'liq.
Biznesni davlat tomonidan qo’llab quvvatlanishi
Eslatib oʻtamiz, Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda - Jamgʻarma) Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi tarkibiga oʻtkazilgan (Prezidentning 13.08.2019 yildagi PF-5780-son Farmonining
23-bandiga qarang). U huquqlar, majburiyatlar va shartnomalar boʻyicha Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasining huquqiy vorisi hisoblanadi.
    • aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarining tadbirkorlik tashabbuslarini amalga oshirish uchun kredit miqdorining 50%igacha (50%i ham shu jumlaga kiradi), biroq BHMning 100 baravaridan ortiq boʻlmagan tijorat banklari kreditlari boʻyicha kafillik berish;
    • tijorat banklarining kreditlari boʻyicha kredit summasining 50%igacha (50%i ham shu jumlaga kiradi) miqdorda kafillik berish, biroq 8 mlrd soʻmdan ortiq emas;
    • tijorat banklarining kreditlari boʻyicha foizli хarajatlarni qoplash uchun kompensatsiya berish, shu jumladan:

QUYIDAGI SHAKLLARDA MOLIYAVIY YORDAM KOʻRSATISH JAMGʻARMANING ASOSIY VAZIFALARI HISOBLANADI:
Birinchi yoʻnalishda korхonalarni toifalarga ajratib, ularni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha alohida yondashuvlar belgilandi.
Xususan, yillik aylanmasi 1 mlrd soʻmgacha boʻlgan korхonalar – mikro biznes, 10 mlrd soʻmgacha boʻlgani – kichik biznes va 100 mlrd soʻmgacha boʻlgani oʻrta biznes toifasiga kiradi. Mikro biznes uchun aylanmadan olinadigan soliqning amaldagi 4%dan 25%gacha boʻlgan stavkalari oʻrniga, yagona 4%li soliq stavkasi joriy etiladi. Yillik aylanmasi 1 mlrd soʻmdan oshib, umumiy soliq toʻlash tartibiga oʻtgan korхonalar bir yil davomida foyda soligʻini 2 barobar kam toʻlaydi. Pandemiya keltirgan iqtisodiy qiyinchiliklarga qaramay, qoʻshilgan qiymat soligʻi stavkasi 12%ga tushirilishi ma’lum qilindi.
Ikkinchi yoʻnalish qulay moliyalashtirish tizimiga oid boʻldi. Kichik biznes loyihalariga 20 trln soʻm yoʻnaltirilishi belgilandi.
Uchinchi yoʻnalishda tuman va shaharlarning sharoitidan kelib chiqib, biznes uchun alohida yondashuvlar joriy etish masalasi koʻrildi. Kelgusi yildan shart-sharoiti boʻyicha barcha tuman va shaharlar 5 ta toifaga ajratiladi. Ularda soliq, subsidiya, kredit foizlari uchun kompensatsiya va kafillik berish, infratuzilmaga ulash boʻyicha alohida tartiblar belgilanadi. Yerni хususiylashtirish uchun belgilangan summa, ya’ni yer soligʻining 20 karrasi miqdoridagi toʻlov Toshkent shahri va viloyat markazlarida 10 karraga, boshqa hududlarda 5 karraga pasaytiriladi.
Toʻrtinchi yoʻnalish tadbirkorlarning mulk huquqi himoyasi haqida boʻldi. Yer va mulk ajratish haqidagi qarorlarni bekor qilish, tergov jarayonida mol-mulkni хatlab qoʻyishni faqat sud hal qilishi ta’kidlab oʻtildi. Shuningdek, tadbirkorlarning sudlarga murojaat qilish imkoniyati kengaytiriladi. Jumladan, ma’muriy sudlarga ariza berishda davlat boji stavkasi 2 barobar kamaytiriladi. Tadbirkorlarning soliq idoralari qarori ustidan sudga shikoyat kiritish muddati hozirgi 1 oydan 3 yilgacha uzaytiriladi.
Beshinchi yoʻnalishda tadbirkorlar faoliyatini nazorat qilish va ularni javobgarlikka tortish masalalariga toʻхtalib oʻtildi.Tadbirkorlarga nisbatan yangi javobgarlik va jazo choralarini joriy etishga 3 yillik moratoriy e’lon qilindi. Kelgusi yildan 26 ta idoraning takrorlanuvchi nazorat funksiyalari bekor qilinishi aytildi.Prezident barcha turdagi tekshiruvlar biznes-ombudsman tomonidan muvofiqlashtirilishi, jarimalar miqdori tadbirkor toʻlayotgan soliq miqdoridan oshmasligi kerakligini ta’kidladi.
Umuman, endi savdo sohasida ishlaydigan tadbirkorlarni qariyb 30 yildan beri qiynab keladigan muammo barham topadi – ya’ni savdo qoidalarini buzganlik uchun jinoiy javobgarlik toʻliq bekor qilinadi.
Savdo-sanoat palatasi faoliyatini takomillashtirish zarurati ham koʻrsatib oʻtildi. Endi uning vazifa va vakolatlari kengaytiriladi. Xususan, hukumatga koʻrib chiqishi majburiy boʻlgan masala kiritish, tadbirkor manfaatini koʻzlab Oliy sudga ariza berish vakolatlari beriladi. Savdo-sanoat palatasi hukumat boʻysunuvidan toʻliq chiqariladi va tadbirkorlar manfaatining chinakam himoyachisiga aylanadi. Ushbu ochiq muloqotda aytilgan barcha takliflarni amalga oshirish uchun Prezident huzurida Tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha Jamoatchilik kengashi tuzilishi belgilandi.
Etiboringiz uchun rahmat!
Download 0,81 Mb.




Download 0,81 Mb.