|
VI. FANNING O`ZLASHTIRISH DARAJASINI NAZORATI VA
|
bet | 66/185 | Sana | 16.11.2023 | Hajmi | 7,07 Mb. | | #99720 |
Bog'liq Bolalarning matematik tasavvurlarini shakilantirish O\'qitish materiallariVI. FANNING O`ZLASHTIRISH DARAJASINI NAZORATI VA
BAHOLASH.
Baholash mezoni o`quvchilarning bilim saviyasi va o`zlashtirish darajasining davlat ta’lim standartlariga muvofiqligini ta’minlash uchun quyidagi nazorat tartibotlarini o`tkazish nazarda tutiladi:
Joriy nazorat – so`rovlar, kollokviumlar, seminarlar, yozma ishlar (diktant, bayon, insho) va testlar tarzida bilimlar, malaka ko`nikmalar tekshiriladi;
Oraliq nazorat – semestr tamom bo`lganda va o`quv dasturining tegishli bo`limi tugallangandan keyin amalga oshiriladi. Uning asosida o`quvchi reytingi aniqlanadi. Bilimlar, malaka va ko`nikmalarni baholash uchun oraliq nazorat imtixonlar, testlar, sinovlar, kurs va malaka ishlari shaklida o`tkaziladi;
Yakuniy nazorat – akademik litseyda, kasb-hunar kollejida o`qish tugallangandan keyin davlat attestatsiyasi: imtihonlar, testlar, malaka ishlari, diplom loyihalarini himoya qilish shaklida amalga oshiriladi.
Fan tugallanishida yakuniy nazorat test usulida o`tkaziladi. Boshqa hollarda yakuniy nazoratning o`tkazilish tartibi, shakli ta’lim muassasasining ilmiy-pedagogik kengashi tomonidan belgilanadi.
Har bir kursda o`qish tugagandan keyin reyting nazorati natijalariga ko`ra o`quvchilarni keyingi kursga o`tkazish to`g`risida belgilangan tartibda qaror qabul qilinadi.
Reyting tizimini joriy qilishda quyidagi asosiy tamoyillarning bajarilishi zarur:
a) Har bir fan bo`yicha tegishli kafedralar tomonidan ma’qullangan variantlar asosida boshlang`ich nazorat o`tkaziladi. Boshlang`ich nazorat reyting monitoring va tahlil guruhi tomonidan o`tkaziladi;
b) O`quv dasturining mantiqan tugallangan bo`limi bo`yicha o`quvchi albatta baholanadi va natijasi o`tish balidan (3 ball) past bo`lganda qayta nazorat belgilanadi. Ushbu bo`limlarni tegishli kafedralar aniqlaydi;
c) Yakuniy nazorat yakuniy nazorat kafedralar tomonidan tuzilgan variantlar asosida reyting monitoringi va taxlili guruhi kuzatuvi ostida o`tkaziladi.
Semestr mobaynida o`quv yuklamasi 24 soatdan kam bo`lgan fanlardan oraliq nazorat o`tkazilmaydi.
O`quvchilarning bilim saviyasini baholash va yakuniy reyting ko`rsatkichlarini aniqlash
O`quvchilarining bilim saviyasi, ko`nikma va malakalarini nazorat qilishning reyting tizimi asosida o`quvchining har bir fan (predmet) bo`yicha o`zlashtirish darajasini ballar orqali ifodalanadi.
Har bir nazorat (so`rov) turi turi qanday shaklda o`tkazilishidan qat`i nazar 5 ballik (“5”, “4”, “3”, “2”) usulda butun sonlar yordamida baxolanadi.
|
| |