|
Hisobdor shaxslar xo‘jalik sarflarini amalga oshirgandan keyin yoki
|
bet | 21/28 | Sana | 27.11.2023 | Hajmi | 492,5 Kb. | | #106099 |
Bog'liq «Buxgalteriya hisobi» fanidan test savollari Buxgalteriya hisobi151. Hisobdor shaxslar xo‘jalik sarflarini amalga oshirgandan keyin yoki xizmat safaridan kelgandan keyin,olingan va sarflangan mablaglar bo‘yicha hisobot qachon berishlari kerak.
- Safardan qaytib kelishi bilan, lekin uch kundan oshmagan holda
- Bir xafta ichida
- Uch kun ichida
- Ikki kunda
152. Hisobdor shaxslar kimlar?
- Kelgusida ma’muriy, xo‘jalik va xizmat sarflari uchun naqd pullarni bunak sifatida oladigan sub’ekt xodimlari
- Qarz beruvchilar
- Qarz oluvchi va beruvchi
- Bank xodimlari
153. Qanday holatlarda inventarizatsiya muddatidan oldin o‘tkazilishi shart?
- Moliyaviy hisobot tuzishdan oldin, lekin hisobot yilining 1 oktyabridan keyin inventarizatsiya qilingan mulk bundan mustasno
- Korxona mol-mulkini ijaraga berish, sotib olish, sotish, shuningdek davlat
- Ish haqi berilganda
- Tabiy ofat bulishi kutilganda
154. Doimiy inventarizatsiya komissiyasi tarkibiga kimlar kiradi?
- Korxona rahbari yoki uning yordamchisi, bosh buxgalter
- Korxona rahbari yoki uning yordamchisi, ishchi
- Korxona ish boshqaruvchisi va bosh buxgalter
- Faqat korxona raxbari
155. Tayyor mahsulotlar but saqlanishi bo‘yicha korxonada kim javobgar?
- Korxona rahbari
- Bosh buxgalter
- Sex boshlig‘i
- Ombor mudiri
156. Kassada inventarizatsiya o‘tkazilganida kamomad aniqlansa qanday provodka yoziladi?
- Debet 4730 Kredit 5010
- Debet 591 Kredit 5010
- Debet 5010 Kredit 5910
- Debet 4730 Kredit 5910
157. Buxgalteriya hisobida hisob shakli registrlarni belgilaydimi yoki registrlar hisob shaklini belgilaydimi?
- Registrlar hisob shaklini belgilaydi
- Hisob shakli registrlarni belgilaydi
- Bir –birini belgilamaydi
- Bir-birini ketma-ket belgilaydi
|
| |