|
Operativ hisobning o‘ziga xos xususiyati nimada?
|
bet | 5/28 | Sana | 27.11.2023 | Hajmi | 492,5 Kb. | | #106099 |
Bog'liq «Buxgalteriya hisobi» fanidan test savollari Buxgalteriya hisobi32.Operativ hisobning o‘ziga xos xususiyati nimada?
- Ma’lumotlarni tezda yetkazadi
- Xo‘jalik jarayonlarini hujjatlashtiradi
- Umuman hujjat bilan rasmiylashtirmaydi
- Tanlab tekshirish
33.Buxgalteriya hisobi jarayonlarini qanday qayd qiladi?
- Uzluksiz ravishda
- Vaqti-vaqti bilan ma’lum muddatlarda
- Har oyning 1-sanasiga
- Buxgalter hohishiga qarab
34.Buxgalteriya balansining tavsifi nimadan iborat?
- Buxgalteriya balansi ma’lum muddatga xo‘jalik mablag‘lari va ularning tashkil topish manbai holati xaqida pul ifodasida umumlashgan ma’lumot olishga xizmat qiladi
- Buxgalteriya balansi ma’lum muddatga xo‘jalik mablag‘lari holati xaqida pul ifodasida umumlashgan ma’lumot olishga xizmat qiladi
- Buxgalteriya balansi ma’lum muddatga xo‘jalik mablag‘lari haqida ma’lumot olishga xizmat qiladi
- Buxgalteriya balansi ma’lum muddatga xo‘jalik mablag‘lari manabalari holati xaqida pul ifodasida umumlashgan ma’lumot olishga xizmat qiladi
35.Balans –bu:
- Bir tomondan aktivlar, ikkinchi tomondan xususiy kapital va
majburiyatlarning ma’lum sanaga tengligi
- Aktiv va xususiy kapitalning tengligi
- Aktiv va majburiyatlarning tengligi
- Debitorlik va kreditorlik qarzlarning tengligi
36.Bo‘lishi mumkin emas:
- Aktiv = Xususiy kapital -Majburiyatalar
- Aktiv -xususiy kapital = majburiyatlar
- Aktiv -asosiy vositalar = majburiyatlar
- Aktiv -majburiyatlar = xususiy kapital
37.Xaridorlardan olingan avanslar kiradi:
- Majburiyatlarga
- Xususiy kapitalga
- Aktivlarga
- To‘lanadigan schyotlarga
38.Qachon aktiv xususiy kapital summasiga teng bo‘lishi mumkin?
- Korxona ta’sis etilgan kunga
- Korxona bankrotga uchragan kuni
- Korxona boshqa korxonaga qo‘shilgan kun
- Korxona bir necha korxonaga bo‘lingan kun
|
| |