|
Buxgalteriya hisobi va audit
|
bet | 172/303 | Sana | 14.12.2023 | Hajmi | 3,45 Mb. | | #118994 |
Bog'liq Аудит УМК 2023-2024 (3)1-masala. Bank ko’chirmasi bo’yicha 15.10 sanada 230000 so’m materiallar uchun to’langan qurilish materiallari bazasiga to’langan schyotga yuk xati ilova qilinmagan. Hisob regitrida yukoridagi summa quyidagicha aks etgan.
D-t 6010 K-t 5110 230000
Materiallar hisobi registrida hamda material hisobotida materiallar kirimi schyoti haqida hech qanday ma’lumot yo’q.
Talab qilinadi: Korxona buxgalteri tomonidan yuqoridagi muomalalar to’g’ri hisobga olinganligini tekshirib, auditorlik dalolatnomasini tuzing.
2-masala. Shartnoma bo’yicha korxona kelgusida material etkazib berish sharti bilan 180000 so’m bo’nak oldi. 6310-«Olingan bo’naklar bo’yicha hisob-kitoblar» schyoti bo’yicha registrda yanvar va mart oylarida quyidagicha buxgalteriya yozuvlari qilingan.
D-t 5110 K-t 6310 180000
D-t 6310 K-t 6010 180000
Talab qilinadi: Korxona buxgalteri tomonidan yuqoridagi muomalalar to’g’ri hisobga olinganligini tekshirib, auditorlik dalolatnomasini tuzing.
3-masala. 14.03 sanadagi №25-sonli kassa chiqim orderi bo’yicha hisobot yilida korxona kasasidan kotiba Muratova K.N.ga 2000 so’m hisobdor summa berilgan. Avans hisoboti rasmiylashtirilmagan va kassaga pul qaytarib berilmagan. Buxgalterning tushuntirishi bo’yicha berilgan summa menedjer Sobirov A.N.ga hisobdor summa qilib berib yuborilgan.
Talab qilinadi: Korxona buxgalteri tomonidan yuqoridagi muomalalar to’g’ri hisobga olinganligini tekshirib, auditorlik dalolatnomasini tuzing.
4-masala. Korxonada hisobot yilida 10.08 kuni 109-sonli buyruqqa asosan o’zining xodimi Axmedov R.S. Farg’ona shahriga safar xizmatiga jo’natildi. Safar xizmati uchun 60000 so’m berilgan.
Axmedov R.S. safar xizmatidan qaytib kelgandan so’ng avans hisoboti topshirgan. Avans hisoboti 26.08 kuni 58000 so’mga tasdiqlangan 2000 ming so’m kassaga qaytarib topshirilgan. Avans hisobotida mehmonxona kvitantsiyasi 17400 so’m bo’lgan. qolgan xizmat xarajatlariga tegishli tasdiqlovchi hujjatlar mavjud.
Shunga muvofiq buxgalteriya hisobida quyidagi yozuvlar qilingan:
Sanasi
|
Muomalalar mazmuni
|
Hujjat
|
Schyotlar korrespondentsiyasi
|
Summa
|
|
|
|
Debet
|
Kredit
|
|
10.08
|
Axmedov R.S.ga safar xizmati uchun hisobdor summa berilgan
|
10 avgust 109-sonli buyruq, 94-sonli kassa chiqim orderi
|
6870
|
5010
|
60000
|
26.08
|
Foydalanilmagan safar xizmati summasi kassaga qaytarilgan
|
hisob-kitob raschyoti, 185-sonli kassa kirim orderi
|
5010
|
6870
|
2000
|
26.08
|
Axmedov R.S.ning safar xizmati xarajatlari "Davr xarajatlariga hisobdan chiqarildi".
|
Avans hisoboti
|
9429
|
6870
|
58000
|
|
| |