|
Buxgalteriya hisobi va audit
|
bet | 33/303 | Sana | 14.12.2023 | Hajmi | 3,45 Mb. | | #118994 |
Bog'liq Аудит УМК 2023-2024 (3)Auditorlik guruhining rahbari Alimov M.
Xulosa
Fikrimizcha, yuqoridagi shakl va mazmundagi auditning umumiy rejasi va dasturi tuzilganidan so’ng, auditorlik tashkilotining rahbari yoki auditorlik guruhi rahbari mijoz-korxona faoliyatini tekshiruvida qatnashuvchi auditor va ekspertlar ishtirokida tekshiruvni boshlashdan avval kichik yig’ilish tashkil etishi hamda unda tuzilgan umumiy reja va dasturni muhokamadan o’tkazishi maqsadga muvofiqdir. Agarda yig’ilishda tuzilgan reja va dasturga qo’shimcha va o’zgartirishlar kiritish shart deb hisoblansa, unga qo’shimcha va o’zgartirishlar kiritish, shundan so’ng uni barcha tekshiruvda qatnashuvchi auditor va ekspert-mutaxassislar e’tiboriga kitob shaklda etkazilishini ta’minlash talab etiladi.
Xulosa qilib aytganda, auditni rejalashtirish jarayonini yuqorida tavsiya etilgan tartib-qoidalar asosida amalga oshirilishi auditorlik tashkilotlari tomonidan tekshiruvlarni oldindan puxta va aniq belgilangan ketma-ketlik asosida o’z muddatida va sifatli tarzda o’tkazish imkoniyatini yaratadi.
NAZORAT SAVOLLARI
1. Auditni rejalashtirishning zaruriyati nimadan iborat?
2. Audit qanday maqsad uchun rejalashtiriladi?
3. Xo’jalik sub’ektining qaysi hujjatlari tekshirish uchun rejalashtiriladi va nima uchun?
4. Mijozning hisob tizimi batafsil o’rganish uchun auditor kuzatishning qanday usullaridan foydalanishi mumkin?
5. Auditorga mijozning tijorat to’g’risidagi ma’lumotlari nima uchun zarur bo’ladi?
6. Auditor nazoratni baholash uchun qanday tadbirlarni bajarish kerak bo’ladi?
7. Auditor ishlarini rejalashtirishda uni o’tkazishni qanday umumiy qoidalaridan foydalaniladi?
8. Audit ishlarini kompleks rejalashtirishning umumiy qoidalari nimalardan iborat?
9. Audit ishlarini kompleks rejalashtirishning uzluksizlik qoidasi (printsipi) nimadan iborat?
10. Rejalashtirishning optimallik printsipi nimadan iborat?
11. Auditni rejalashtirishning qanday asosiy bosqichlari mavjud?
12. Audit ishlarini rjalashtirishning natijalaridan qanday foydalaniladi?
13. Auditni rejalashtirish hajmi nimalarga bog’liq?
14. Audit ishlarini rejalashtirishning natijalari qanday hujjatlar bilan rasmiylashtiriladi?
15. Auditni dastlabki rejalashtirishning mazmuni nimadan iborat?
16. Auditning umumiy rejasi va dasturini tuzish strategiyasi nima?
17. Auditning umumiy rejasining mazmunini izohlab bering?
18. Audit dasturining mazmunini izohlab bering?
19. Korxona bilan bog’liq umumiy tavakkalchilik tushunchasiga nimalar kiradi?
20. Auditdagi aniqlanmagan tavakkalchilik nima?
21. Tavakkalchilik darajasini baholashning qanday kriteriyalari mavjud?
22. Ichki tavakkalchilik nima?
23. Auditorlik ishchi hujjatlarining ahamiyati nimadan iborat?
|
| |