Buxgalteriya hisobi va audit




Download 3,45 Mb.
bet74/303
Sana14.12.2023
Hajmi3,45 Mb.
#118994
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   303
Bog'liq
Аудит УМК 2023-2024 (3)

Tanlab olishni saralash

Tanlab olish jamlanganlikka reprezentativ, ya’ni ishonchli bo’lishi lozim. Tanlab olishning muhokamasi ham jamlanganlikning bir qismiga, masalan yilning o’tgan besh kuni davomidagi hamma operatsiyalarga yo’naltirilgan bo’lishi mumkin.

Tanlab olish jamlanganlikning har bir birligiga tanlab olishga tushishga teng imkoniyat berish uchun tartibsiz saralangan bo’lishi mumkin. Jamlanganlik bilan qiziquvchilarga yo’nalish berish mumkin. Masalan, yilning o’tgan 10 kunidagi operatsiyalar statistik jihatdan saralangan bo’lishi mumkin.

Baholash

Baholash auditorning mulohazalariga asoslangan, bashoratlar esa tanlab olishlar natijalariga asoslangan.

Baholash auditorlik mulohazalariga yordam berishi uchun foydalaniladigan statistik xulosalarga asoslangan

Xarajatlar

Saralash uchun xarajatlar past, chunki auditorlik mulohazalari faqat tanlab olishning mos keluvchi hajmini aniqlash va natijalarni baholashda talab qilinadi. Tanlab olishning bu turi, tanlab olish risikini nazorat qilish va o’lchashning ob’ektiv usullarini ta’minlamaydi

O’quv xarajatlari yuqori, chunki tanlab olishning statistik yo’llarini bilish va / yoki tanlashning maxsus kompyuter dasturiy ta’minoti talab qilinadi. Tanlab olishning bu turi auditor maqbul riskni avvalroq aniqlashini talab qiladi.

Ustuvorlik

Bu usul auditorning schetlardagi xatolar haqida avvalgi kutganlariga asoslangan bo’lishi mumkin. Bu usul tanlab olishni rejalashtirishi, saralashi va baholashga kam vaqt sarflashi mumkin.

Bu usul auditorga tanlab olish riskining obyektiv choralarini ta’minlab berib, samarali tanlab olishni tuzish, dalillar yetarliligini, hisoblash va natijalarni baholashga yordam beradi. Bu usul auditorga kompyuterlashtirilgan tanlov va statistik baholash orqali tanlab olish xulosalarini himoyalashda foydali maslahatlar olishga ko’maklashadi, chunki ular statistika nazariyasiga asoslangan bo’ladi

Statistik tanlab olishni qo’llaydigan auditor tanlov hajmini hisoblab chiqish uchun jadvallar va formulalardan foydalanadi, shu bilan birga statistik bo’lmagan tanlab olishni qo’llaydigan auditor esa faqat kasbiy mulohazalaridan foydalanadi. Odatda tanlab olishning nostatistik hajmi statistik tanlab olishning mohirona va samarali tuzilgan tanlov hajmidan kam bo’lishi mumkin emas. Statistik va nostatistik tanlovlarning ikkalasidan ham zarur holatda foydalanilganda, auditorning xulosasi uchun yetarlicha dalillar taqdim etishi mumkin. Statistik tanlab olish auditorga jamlanganlik haqidagi noto’g’ri xulosa riskini aniq boshqarish va o’lchash imkonini beradi, statistik bo’lmagan tanlab olish esa bunday nazorat va o’lchovlar qilishga imkon bermaydi. Ikkala usulda shuning uchun ham auditor nazoratga layoqatsizlik yoki tanlab olishda topilgan xatoliklarning mohiyatini hisoblab chiqishni va tanlab olish natijalarini jamlanmalarga bo’lishi va ishlarni yakunlamog’i zarur.
Tanlab olishning miqdoriy baholanishiga qo’shimcha ravishda auditor nazorat va xatoliklar layoqatsizligi tomonlarini ko’rib chiqishi kerak. Tanlab olishlar natijalari xatolar tufayli kelib chiqqanligi yoki ular firibgarlik ehtimolini ko’rsatayaptimi va nazoratning layoqatqizligi auditning boshqa fazalariga qanday ta’sir etadi? Audit mulohazalari bilan kombinatsiyalangan statistik tanlab olishlar odatda faqat auditorlik bitta mulohazasidan foydalanganlikka nisbatan ancha yuqori sifatli auditorlik xulosalarin yaratadi. Bundan tashqari, statistik tanlab olish regulyatorlar yoki hakamlar yig’ilishining ikkinchi nuqtai nazari (farazi) dan qochishga imkon berishi mumkin, boshqa tomonlar tanlab olishning foydalanilayotgan usullariga nisbatan shubhalarni bartaraf etish lozim bo’ladi.


Xulosa
Tanlashning o’lchami auditor tomonidan ruxsat etiladigan deb hisoblanadigan xato miqdori bilan aniqlanadi. Uning miqdori qanchalik kichik bo’lsa, tanlashning zaruriy o’lchami shunchalik katta bo’ladi.
Yo’l qo’yilishi mumkin bo’lgan xato auditor tomonidan tanlangan muhimlilik darajasiga muvofiq auditni rejalashtirish bosqichida aniqlanadi. Yo’l qo’yiladigan xatoning miqdori qancha kam bo’lsa, auditorlik tanlashning hajmi shuncha katta bo’lishi kerak.
Nazorat tizimi vositalarini testdan o’tkazishda yo’l qo’yilishi mumkin bo’lgan xatolar bo’lib xo’jalik yurituvchi sub’yekt tomonidan belgilangan va auditorlik tashkiloti rejalashtirish bosqichida aniqlagan nazorat tartib-taomillaridan maksimal darajadagi chetlanish hisoblanadi.
Schyotlar bo’yicha sal’do va aylanmalar to’g’riligini tekshirishda yo’l qo’yilishi mumkin bo’lgan xato deb sal’doda yoki provodkalarning muayyan toifasidagi maksimal xato hisoblanadi va bunga auditorlik tashkiloti yo’l qo’yilishiga rozi bo’ladi. Bunday xatolarning butun audit jarayoniga jamlanma ta’siri, auditorlik tashkiloti uchun buxgalteriya hisobotlari muhim xatolardan xoli ekanligini yetarlicha ishonchli darajasida tasdiqlash imkonini beradi.
Agar auditor tekshirilayotgan jamlanmada xato mavjud deb hisoblasa, bunday xatolarning umumiy miqdori yo’l qo’yiladigan xatoning o’lchamidan oshmasligini tekshirish uchun katta miqdordagi tanlashni amalga oshirishi kerak. Agar auditor jamlanma xatolardan xoli deb hisoblasa, kichik o’lchamdagi tanlashdan foydalanadi.
Har qanday tanlash uchun auditorlik tashkiloti quyidagilarga majbur:

  1. Tanlashga tushgan har bir xatoni tahlil etish;

  2. Tanlashni amalga oshirishda olingan natijalarni butun tekshirilayotgan jamlanmaga tatbiq etish;

  3. Tanlash risklarini baholash.

Tanlashga tushgan xatolarni tahlil qilishda auditorlik tashkiloti birinchi navbatda tanlashga kirgan xatolarning tabiatini aniqlashi lozim.
Tanlashni shakllantirishda u qanday aniq maqsadlarni ko’zlab o’tkazilayotganini ta’riflash va tanlashda aniqlangan xatolarni shu maqsadlarga muvofiq ravishda baholash lozim. Agar ko’zlangan tekshiruv maqsadlariga tanlash tekshiruvlari yordamida erishilmagan bo’lsa, unda auditorlik tashkiloti muqobil auditorlik tartib-taomillarini o’tkazishi mumkin.
Auditorlik tashkiloti xatolarning sifat jihatini, ya’ni ularning mohiyati va ularni yuzaga keltirgan sabablarni baholashi, shuningdek, ularning auditning boshqa uchastkalariga ta’sirini aniqlashi mumkin.
Aniqlangan xatolarni tahlil qilayotganda auditorlik tashkiloti, ular operatsiya turlari, ishlab chiqarish birliklari va bo’linmalari bilan, ular uchun topilgan xatolarning kelib chiqish vaqti va hokazolar bilan bog’liq bo’lgan umumiy belgilarga egaligi to’g’risida xulosaga kelishi mumkin. Bu holda auditorlik tashkiloti tekshirilayotgan jamlanmani, tegishli belgilariga ko’ra jamlanmani guruhlarga bo’lishi va har birini alohida tekshirishi mumkin, bu esa aniqroq natijalarga erishishga imkon beradi.
Auditorlik tashkiloti tanlashlar bo’yicha olingan natijalarni butun tekshiriladigan jamlanmalarga tatbiq etishi shart. Tanlash natijalarini butun jamlanmalarga tatbiq etish usullari turlicha bo’lishi mumkin, lekin ular doimo tanlashni tuzish usullariga muvofiq kelishi lozim. Agar jamlanma tegishli ravishda jamlanma bo’laklariga ajratilgan bo’lsa, uni tatbiq etish ham ularning har biriga nisbatan amalga oshirilishi kerak.
Auditor tekshiriladigan jamlanmadagi xato yo’l qo’yish mumkin bo’lgan miqdordan ortiq emasligiga ishonch hosil qilishi kerak. Buning uchun auditor tatbiq etish vositasida olingan jamlanma xatolarini yo’l qo’yish mumkin bo’lgan xato bilan solishtiradi. Agar birinchi xato yo’l qo’yish mumkin bo’lgandan ortiq bo’lsa, auditorlik tashkiloti tanlash xatolarini takroran baholashi lozim. Agar ularni nomaqbul deb topsa, u holda auditorlik tartib-taomillari doirasini kengaytirishi yoki o’tkazilganlariga muqobil bo’lgan auditorlik tartib-taomillarini qo’llashi kerak.
Auditorlik tashkiloti auditorlik tanlashning barcha bosqichlarini va uning natijalarini tahlilini majburiy tartibda ishchi hujjatlarida aks ettirishi kerak.

Download 3,45 Mb.
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   303




Download 3,45 Mb.