|
Buxgalteriya hisobi va audit
|
bet | 75/303 | Sana | 14.12.2023 | Hajmi | 3,45 Mb. | | #118994 |
Bog'liq Аудит УМК 2023-2024 (3)Nazorat savollari:
Auditorlik tanlash nechanchi sonli auditorlik faoliyati milliy standarti bilan tartibga solinadi?
Statistik va nostatistik tanlash deganda nimani tushunasiz?
AUDT haqida nimalarni bilasiz?
Har qanday tanlash uchun auditorlik tashkiloti nimalarga majbur?
Auditorlik tashkiloti auditorlik tanlashning barcha bosqichlarini va uning natijalari tahlilini majburiy tartibda qayerda aks ettiradi?
Tanlashni amalga oshirishda olingan natijalarni butun tekshirilayotgan jamlanmaga tatbiq etish, deganda nimani tushunasiz?
Agar ko’zlangan tekshiruv maqsadlariga tanlash tekshiruvlari yordamida erishilmagan bo’lsa auditor odatda nima qiladi?
Schyotlar bo’yicha sal’do va aylanmalar to’g’riligini tekshirishda yo’l qo’yilishi mumkin bo’lgan xato deganda nimani tushunasiz?
Yo’l qo’yilishi mumkin bo’lgan xato auditor tomonidan tanlangan muhimlilik darajasiga muvofiq qaysi bosqichda aniqlanadi?
Tanlash risklarini baholash deganda nimani tushunasiz?
Yo’l qo’yiladigan xatoning miqdori qancha kam bo’lsa, auditorlik tanlashning hajmi qancha bo’lishi kerak?
12-MAVZU: AUDITORLIK TEKSHIRUVINING YAKUNIY BOSQICHI
REJA:
1. Auditorlik tekshiruvi natijalarini umumlashtirish va baholash
2. Auditorlik hisoboti va uni tuzish tartibi
3. Auditorlik xulosasi va uni tuzish tartibi
4.Auditorlik hisobot (xulosasi)ining elementlari
5.Auditorlik xulosasining turlari tavsifi
Tayanch so’z va iboralar: Tekshiruvning yakuniy bosqichi, audit natijalarini baholash, auditorlik hisoboti, uning tarkibi, tuzish tartibi, auditorlik xulosasi va uning tarkibi, xulosa turlari, xulosa berishdan voz kechish, hisobot va xulosa uchun javobgarlik, taqdimnoma xat, adresat nomi, mijoz-korxona, amaliy tavsiyalar.
|
| |