Auditorlik xulosasining turlari tavsifi




Download 3,45 Mb.
bet83/303
Sana14.12.2023
Hajmi3,45 Mb.
#118994
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   303
Bog'liq
Аудит УМК 2023-2024 (3)

5. Auditorlik xulosasining turlari tavsifi
705 sonli AXSda modifikatsiyalangan fikrning uch shakli, xususan, qo’shimcha izohlar bilan fikr, salbiy fikr va fikr bildirishdan bosh tortish belgilanadi. Vaziyatga mos keladigan modifikatsiyalangan fikr shaklini aniqlash quyidagilarga bog’liq bo’ladi:

  1. Fikrni modifikatsiyalashni talab qilgan masalaning xususiyatiga, ya’ni moliyaviy hisobotlarda muhim buzib ko’rsatishlar bor-yo’qligiga yoki, etarlicha tegishli auditorlik dalillarini olish mumkin bo’lmagan holda, moliyaviy hisobotlarda muhim buzib ko’rsatishlar bo’lishi mumkinligi yoki mumkin emasligiga; va mazkur masalaning moliyaviy hisobotlarga ta’siri keng qamrovliligi yoki uning ta’sir ko’rsatish ehtimoli to’g’risida auditorning mulohazasiga

  2. Auditorning maqsadi quyidagi hollarda talab etiladigan moliyaviy hisobotlar bo’yicha modifikatsiyalangan fikrni tegishli ravishda aniq ifodalashdan iborat:

  • Olingan auditorlik dalillari asosida auditor moliyaviy hisobotlarda muhim buzib ko’rsatishlar mavjud degan xulosaga kelgan bo’lsa;

  • Auditor unga moliyaviy hisobotlarda muhim buzib ko’rsatishlar mavjud emas degan xulosaga kelish imkonini beradigan etarlicha tegishli auditorlik dalillarini olish imkoniyatiga ega bo’lmasa.

Auditorlik fikrini modifikatsiyalash shaklini aniqlash
Qo’shimcha izohlar bilan fikr bildirish
Auditor quyidagi hollarda fikrni qo’shimcha izohlar bilan ifodalashi lozim:

  • Etarlicha tegishli auditorlik dalillarini olgach, auditor buzib ko’rsatishlar alohida- alohida yoki jamuljam holda moliyaviy hisobotlar uchun muhim hisoblanadi, lekin ular keng

qamrovli emas, degan xulosaga kelgan bo’lsa;

  • Auditor o’ziga fikr hosil qilish imkonini beradigan etarlicha tegishli auditorlik dalillarini olish imkoniyatiga ega bo’lmasa, biroq u topilmagan buzib ko’rsatishlar (agar ular mavjud bo’lsa) moliyaviy hisobotlarga ko’rsatishi mumkin bo’lgan ta’siri muhim bo’lishi mumkin, lekin keng qamrovli bo’lishi mumkin emas, degan xulosaga kelgan bo’lsa.

Salbiy fikr bildirish
Auditor, agar u etarlicha tegishli auditorlik dalillarini olgach, buzib ko’rsatishlar alohida- alohida yoki jamuljam holda moliyaviy hisobotlar uchun ham muhim, ham keng qamrovli hisoblanadi, degan xulosaga kelgan bo’lsa, salbiy fikr bildirishi lozim.
Fikr bildirishdan bosh tortish
Auditor, agar u o’ziga fikr hosil qilish imkonini beradigan etarlicha tegishli auditorlik dalillarini olish imkoniyatiga ega bo’lmasa va topilmagan buzib ko’rsatishlar (agar ular mavjud bo’lsa) moliyaviy hisobotlarga ko’rsatishi mumkin bo’lgan ta’siri ham muhim, ham keng qamrovli bo’lishi mumkin, degan xulosaga kelgan bo’lsa, fikr bildirishdan bosh tortishi lozim. Shuningdek, agar auditor (ko’p sonli noaniqliklardan iborat bo’lgan kamdan-kam hollarda) noaniqlikning har bir jihati xususida etarlicha tegishli dalillar olinganiga qaramay, noaniqlik jihatlarining potentsial o’zaro aloqasi va ular jamuljam holda moliyaviy hisobotlarga ta’sir ko’rsatishi mumkinligi tufayli moliyaviy hisobotlar bo’yicha fikrni hosil qilish mumkin emas, degan xulosaga kelgan bo’lsa ham, fikr bildirishdan bosh tortishi lozim.
Auditor kelishuvni qabul qilganidan keyin tadbirkorlik sub’ekti rahbariyati tomonidan cheklashlar belgilangani tufayli etarlicha tegishli auditorlik dalillarini olish mumkin emasligi oqibatlari
Agar auditor kelishuvni qabul qilganidan keyin tadbirkorlik sub’ekti rahbariyati audit ko’lamiga cheklashlar belgilaganidan xabar topgan bo’lsa va ular auditor fikriga ko’ra, moliyaviy hisobotlar bo’yicha qo’shimcha izohlar bilan fikr bildirish yoki fikr bildirishdan bosh tortishni talab qilishi mumkin bo’lsa, auditor tadbirkorlik sub’ekti rahbariyatidan cheklashni olib tashlashni so’rashi lozim.
Bordiyu, tadbirkorlik sub’ekti rahbariyati ko’rsatilgan cheklashni olib tashlashdan bosh tortgan bo’lsa, auditor, boshqaruv yuklatilgan shaxslarning barchasi tadbirkorlik sub’ektining rahbariyati bo’lib ham ishlaydigan hollarni istisno qilganda, bu haqda boshqaruv yuklatilgan shaxslarni 260 sonli AXSga muvofiq xabardor qilishi 7 va etarlicha tegishli auditorlik dalillarini olish uchun muqobil tartib-taomillarni bajarish mumkinligi yoki mumkin emasligini hal etishi lozim.
Agar auditor etarlicha tegishli auditorlik dalillarini olish imkoniyatiga ega bo’lmasa, u buning oqibatlarini quyidagicha aniqlashi mumkin: birinchidan, auditor topilmagan buzib ko’rsatishlar (agar ular mavjud bo’lsa) moliyaviy hisobotlarga ko’rsatishi mumkin bo’lgan ta’sir muhim bo’lishi mumkin, lekin keng qamrovli bo’lishi mumkin emas, degan xulosaga kelgan bo’lsa, auditor qo’shimcha izohlar bilan fikr bildirishi lozim, ikkinchidan, topilmagan buzib ko’rsatishlar (agar ular mavjud bo’lsa) moliyaviy hisobotlarga ko’rsatishi mumkin bo’lgan ta’siri shu darajada ham muhim, ham keng qamrovli bo’lishi mumkinki, qo’shimcha izohlar bilan fikr bildirish vaziyatning jiddiyligini ko’rsatish uchun etarli bo’lmasligi mumkin, degan xulosaga kelgan bo’lsa auditni o’tkazishdan bosh tortishi yoki moliyaviy hisobotlar bo’yicha fikr bildirishdan bosh tortishi kerak.
Agar auditor, yuqorida nazarda tutilgandek, auditni o’tkazishdan bosh tortayotgan bo’lsa, bunday qilishdan oldin auditor auditni o’tkazish jarayonida aniqlangan, fikrni modifikatsiyalash talab etilishiga sabab bo’lgan har qanday masalalar to’g’risida boshqaruv yuklatilgan shaxslarni xabardor qilishi maqsadga muvofiq.

Download 3,45 Mb.
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   303




Download 3,45 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Auditorlik xulosasining turlari tavsifi

Download 3,45 Mb.