Buxgalteriya hisobi va audit




Download 3,45 Mb.
bet85/303
Sana14.12.2023
Hajmi3,45 Mb.
#118994
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   303
Bog'liq
Аудит УМК 2023-2024 (3)

Auditor qo’shimcha izohlar bilan yoki salbiy fikr bildirganda uning javobgarligi tavsifi
Qo’shimcha izohlar bilan yoki salbiy fikr bildirayotganda, auditorning javobgarligi tavsifiga auditor o’zi olgan auditorlik dalillari modifikatsiyalangan auditorlik fikrini bildirishga asosni ta’minlash uchun etarlicha tegishli dalillardir, deb hisoblashini ko’rsatadigan o’zgartirish va qo’shimchalar kiritishi lozim.
Auditor fikr bildirishdan bosh tortganda uning javobgarligi tavsifi
Agar auditor etarlicha tegishli auditorlik dalillarini olish imkoniyati yo’qligi tufayli fikr bildirishdan bosh tortgan bo’lsa, u auditorlik hisoboti (xulosasi)ning kirish paragrafiga moliyaviy hisobotlar auditini o’tkazish uchun yollanganini ko’rsatuvchi o’zgartirish va qo’shimchalar kiritishi lozim. Shuningdek, auditor auditorning javobgarligi tavsifiga va auditning ko’lami tavsifiga faqat quyidagilarni ko’rsatuvchi o’zgartirish va qo’shimchalar kiritishi lozim:
“Bizning javobgarligimiz moliyaviy hisobotlar bo’yicha fikrni biz Auditning Xalqaro Standartlariga muvofiq o’tkazgan audit asosida bildirishdan iborat. Biroq, fikr bildirishdan bosh tortish uchun asos ifodalanayotgan paragrafda tavsiflangan jihat (jihatlar)ga ko’ra, biz auditorlik fikrini bildirish uchun asosni ta’minlovchi etarlicha tegishli auditorlik dalillarini olish imkoniyatiga ega bo’lganimiz yo’q”.
Modifikatsiyalangan fikr ifodalangan auditorlik hisoboti (xulosasi)ga misollar

  1. misol: Moliyaviy hisobotlarda muhim buzib ko’rsatishlar mavjudligi tufayli qo’shimcha izohlar bilan fikr bildirilgan auditorlik hisoboti (xulosasi).

  2. misol: Moliyaviy hisobotlarda muhim buzib ko’rsatishlar mavjudligi tufayli salbiy fikr bildirilgan auditorlik hisoboti (xulosasi).

  3. misol: Auditor etarlicha tegishli auditorlik dalillarini olish imkoniyatiga ega emasligi tufayli qo’shimcha izohlar bilan fikr bildirilgan auditorlik hisoboti (xulosasi).

  4. misol: Auditor moliyaviy hisobotlarning bir elementi xususida etarlicha tegishli auditorlik dalillarini olish imkoniyatiga ega emasligi tufayli fikr bildirishdan bosh tortish ifodalangan auditorlik hisoboti (xulosasi).

  5. misol: Auditor moliyaviy hisobotlarning ko’p sonli elementlari xususida etarlicha tegishli auditorlik dalillarini olish imkoniyatiga ega emasligi tufayli fikr bildirishdan bosh tortish ifodalangan auditorlik hisoboti (xulosasi).



Xulosa
Auditorlik tashkiloti auditorlik tekshiruvi buyurtmachilari, xo’jalik yurituvchi sub’yekt va moliyaviy hisobotdan boshqa foydalanuvchilar oldida ularga moliyaviy hisobotlar hamda xo’jalik yurituvchi sub’yektning boshqa moliyaviy axboroti to’g’risidagi noto’g’ri yakunni o’z ichiga olgan auditorlik xulosasini tuzish oqibatida yetkazilgan zarar uchun javobgar bo’ladi.
Auditorlik tashkiloti auditorlik xulosasini tuzish uchun zarur bo’lgan axborot xo’jalik yurituvchi sub’yekt tomonidan taqdim etilmagan taqdirda auditorlik tekshiruvi o’tkazishni rad etishga haqli. Auditorlik tashkiloti auditorlik tekshiruvi natijalarini auditorlik faoliyati standartlariga muvofiq rasmiylashtirishi va auditorlik xulosalarining nusxalarini auditorlik tashkilotida kamida besh yil saqlashi shart.
Auditorlik tashkiloti o’tkazilgan majburiy auditorlik tekshiruvlari to’g’risidagi axborotni xo’jalik yurituvchi sub’yektning identifikatsiya ma’lumotlarini va auditorlik xulosasini ko’rsatgan holda o’z rasmiy veb-saytlariga yoki auditorlar respublika jamoat birlashmalarining rasmiy veb-saytlariga joylashtirishi shart.
Xo’jalik yurituvchi sub’yekt moliyaviy hisobotining va u bilan bog’liq moliyaviy axborotining auditorlik tekshiruvi tekshiriladigan moliyaviy hisobotning hamda u bilan bog’liq moliyaviy axborotning ishonchliligini va buxgalteriya hisobi to’g’risidagi qonunchilikka muvofiqligini aniqlash maqsadida auditorlik tashkiloti tomonidan o’tkaziladi.
Ishonchlilik deganda moliyaviy hisobot ma’lumotlarining aniqlik darajasi tushunilib, u ushbu hisobot asosida xo’jalik yurituvchi sub’yektning moliyaviy ahvoli va moliyaviy-xo’jalik faoliyati natijalari to’g’risida xolis xulosalar chiqarish imkonini beradi. “Auditorlik faoliyati to’g’risida” gi Qonunning 35-moddasi (Majburiy auditorlik tekshiruvi) ning birinchi qismida ko’rsatilgan xo’jalik yurituvchi sub’yektlar majburiy auditorlik tekshiruvi o’tkazilganidan keyin o’n besh kun ichida, biroq hisobot yilidan keyingi yilning 15 iyunidan kechiktirmay, soliq organlariga auditorlik xulosasining ko’chirma nusxasini taqdim etadi
Yillik moliyaviy hisobotning auditorlik tekshiruvini hisobot yilidan keyingi yilning 15 iyunigacha o’tkazmaslik va auditorlik xulosasining yo’qligi xo’jalik yurituvchi sub’yektning majburiy auditorlik tekshiruvi o’tkazilishidan bo’yin tovlashi deb e’tirof etiladi. Xo’jalik yurituvchi sub’yekt auditorlik xulosasida ifodalangan fikr yuzasidan tushuntirishlarni va auditorlik tashkilotining fikriga asos bo’lgan normativ-huquqiy hujjatlar haqidagi axborotni olishga haqli.
Auditorlik xulosasi “Auditorlik faoliyati to’g’risida” gi Qonunning 39-moddasida kelitrib o’tilgan va unda quyidagilar qayd etilgan:
Moliyaviy hisobotning ishonchliligi va buxgalteriya hisobi to’g’risidagi qonunchilik talablariga muvofiqligi to’g’risida auditorlik tashkilotining yozma shaklda ifodalangan fikrini o’z ichiga olgan hujjat auditorlik xulosasidir.
Auditorlik xulosasi raqamlangan, har bir sahifasi auditorlik tekshiruvini amalga oshirgan auditor (auditorlar) va auditorlik tashkilotining rahbari tomonidan imzolangan hamda unga auditorlik tashkilotining fikri qaysi moliyaviy hisobotga nisbatan ifodalangan bo’lsa, o’sha moliyaviy hisobot ilova qilingan bo’lishi kerak.
Auditorlik xulosasining shakli va mazmuni auditorlik faoliyati standartlari bilan belgilanadi.
Bila turib soxta tuzilgan auditorlik xulosasi xususida “Auditorlik faoliyati to’g’risida” gi Qonunning 40-moddasida kelitrib o’tilgan va unda quyidagilar qayd etilgan:
Auditorlik tekshiruvini o’tkazmasdan tuzilgan yoxud auditorlik tekshiruvi natijalariga ko’ra tuzilgan, biroq xo’jalik yurituvchi sub’yektning auditorlik tekshiruvi jarayonida auditor (auditorlar) tomonidan olingan va o’rganilgan hujjatlari mazmuniga muvofiq bo’lmagan auditorlik xulosasi bila turib soxta tuzilgan deb hisoblanadi.
Auditorlik xulosasi sudning qonuniy kuchga kirgan qaroriga ko’ra, bila turib soxta tuzilgan deb topiladi.
Bila turib soxta auditorlik xulosasini tuzish auditorlik tashkilotini Auditorlik tashkilotlarining reyestridan chiqarishga, auditorlik tashkiloti rahbari sertifikatining va auditorlik tekshiruvida ishtirok etgan auditorlar sertifikatlarining amal qilishini tugatishga, shuningdek aybdor shaxslarni qonunda belgilangan tartibda javobgarlikka tortishga sabab bo’ladi.



Download 3,45 Mb.
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   303




Download 3,45 Mb.