|
Buxgalteriya hisobi va audit
|
bet | 86/303 | Sana | 14.12.2023 | Hajmi | 3,45 Mb. | | #118994 |
Bog'liq Аудит УМК 2023-2024 (3)Nazorat savollari:
Auditorlik xulosasi deganda nimani tushunasiz?
Kim noto’g’ri yakunni o’z ichiga olgan auditorlik xulosasini tuzish oqibatida yetkazilgan zarar uchun javobgar bo’ladi?
Auditorlik xulosasini tuzish uchun zarur bo’lgan axborot xo’jalik yurituvchi sub’yekt tomonidan auditorlik tashkilotiga taqdim etilmagan taqdirda auditor nimaga haqli bo’ladi?
Auditorlik xulosalarining nusxalari auditorlik tashkilotida kamida necha yil saqlashi shart?
Auditorlik tashkiloti o’tkazilgan majburiy auditorlik tekshiruvlari to’g’risidagi axborotni xo’jalik yurituvchi sub’yektning identifikatsiya ma’lumotlarini va auditorlik xulosasini ko’rsatgan holda qayerga joylashtirishi shart?
“Auditorlik faoliyati to’g’risida” gi Qonunga muvofiq majburiy auditdan o’tadigan xo’jalik yurituvchi sub’yektlar majburiy auditorlik tekshiruvi o’tkazilganidan keyin necha kun ichida, biroq hisobot yilidan keyingi yilning nechanchi sanasidan kechiktirmay, qaysi organga auditorlik xulosasining ko’chirma nusxasini taqdim etishi shart?
Qanday hollarda majburiy auditga tegishli xo’jalik yurituvchi sub’yekt majburiy auditorlik tekshiruvi o’tkazilishidan bo’yin tovlagan deb e’tirof etiladi?
Auditorlik xulosasida ifodalangan fikr yuzasidan tushuntirishlarni va auditorlik tashkilotining fikriga asos bo’lgan normativ-huquqiy hujjatlar haqidagi axborotni xo’jalik yurituvchi sub’yekt kimdan olishga haqli?
Auditorlik xulosasining har bir sahifasiga nazorat uchun nimalar qo’yiladi?
Auditorlik hisoboti bilan moliyaviy hisobotning nima farqi bor?
Auditorlik xulosasining shakli va mazmuni nimalar bilan belgilanadi?
Bila turib soxta tuzilgan auditorlik xulosasi deganda nimani tushunasiz?
Bila turib soxta tuzilgan auditorlik xulosasi kimning qaroriga ko’ra bila turib soxta tuzilgan, deb topiladi?
Bila turib soxta auditorlik xulosasini tuzish qanday oqibatlarga olib keladi?
|
| |