• Ta’minot jarayoni auditining maqsadi, vazifalari va ma’lumot manbalari
  • -MAVZU: TA’MINOT JARAYONI AUDITI




    Download 3,45 Mb.
    bet87/303
    Sana14.12.2023
    Hajmi3,45 Mb.
    #118994
    1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   303
    Bog'liq
    Аудит УМК 2023-2024 (3)

    13-MAVZU: TA’MINOT JARAYONI AUDITI


    REJA:
    1. Ta’minot jarayoni auditining maqsadi, vazifalari va ma’lumot manbalari
    2. Mol etkazib beruvchi va pudratchilar bilan hisob-kitoblar auditi

    1. Asosiy vositalar kirimiga doir muomalalarni hujjatlashtirish, schyotlarda aks ettirishning to’g’riligini tekshirish

    2. Nomoddiy aktivlar kirimi hisobi to’g’riligini tekshirish

    3. Tovar-moddiy zahiralar kirimi hisobini tekshirishning xususiyatlari

    4. Tovar-moddiy zahiralarni kirim qilish va ishlab chiqarishga sarflash vaqtida baholashning to’g’riligini tekshirish



    Tayanch so’z va iboralar: Asosiy vositalar, ularning auditini o‘tkazish bo‘yicha dastur tuzish, auditda foydalanadigan ma’lumot manbalari, asosiy vositalar auditini hujjatlashtirish, asosiy vositalarning analitik va sintetik hisobi auditi, asosiy vositalarni soliqqa tortishni tekshirish, lizing munosabatlari va ijara majburiyatlari auditi, xo‘jalik va pudrat usulida bajarilgan ishlar auditi.



      1. Ta’minot jarayoni auditining maqsadi, vazifalari va ma’lumot manbalari

    Auditorlik tekshiruvlarini yuqori sifatda o’tkazish maqsadida, auditor mol etkazib beruvchi va pudratchilar bilan hisoblashishlar auditining dasturini tayѐrlash uchun ichki nazorat vositalari mavjudligini tekshirishi va ushbu vositalarni samaradorlik nuqtai nazaridan baholashi lozim. Auditorlik tekshiruvida ta’minot jaraѐniga xos bo’lgan ichki nazorat vositalarining samaradorligini baholash uch bosqichdan iborat: 1) ichki nazorat vositalarini dastlabki o’rganish; 2) ichki nazorat vositalarini testdan o’tkazishni amalga oshirish imkoniyatini aniqlash uchun ulardan har birining ishonchliligini dastlabki baholash; 3) testdan o’tkazish natijalari asosida ichki nazorat vositalarining ishonchliligini yakuniy baholash. Ushbu bosqichlardan ta’minot jaraѐnining ichki nazorat vositalarini dastlabki o’rganishning o’ziga xos xususiyatlarini alohida ko’rib chiqamiz. Ta’minot jaraѐnida auditning vazifasi ushbu jaraѐn ichki nazorat amallarini bajarishga jalb etilgan xodimlar tomonidan xatolarning oldini olish imkoniyatlarini baholashdan iborat.
    Ta’minot jaraѐnida quyidagilar asosiy shartlar jumlasiga kiradi: xo’jalik sub’ektiga moddiy qiymatliklarning kelib tushishi, unga muvofiq rasmiylashtiriladigan shartnoma turi (etkazib berish, ayirboshlash, vositachilik va boshqalar); mol etkazib beruvchi ѐki pudratchilarning turi (mulkdor, kreditor, vositachi), yuridik maqomi (yuridik shaxs, jismoniy shaxs, xususiy tadbirkor va h.k.); etkazib berish turi (xaridor transporti bilan, sotuvchi transporti bilan, avtotransport korxonalari xizmatidan foydalanish); hisob-kitoblar tartibi. Moddiy qiymatliklarni sotib olish uchun namunaviy shartnomalar bo’yicha asosiy shartlarga auditorlar tekshirilaѐtgan sub’ektning buxgalteriya hisobi va ichki nazorat tizimlari bilan umumiy tanishib chiqish vaqtida aniqlik kiritadi. Ta’minot jaraѐni ichki nazorat vositalarini o’rganib chiqish va ularning ishonchliligini baholashning ikkinchi va uchinchi bosqichlariga o’tish, ichki nazorat vositalarini testdan o’tkazish ehtimoli to’g’risida qaror qabul qilish shartlari quyidagilardan iborat: 1) moddiy qiymatliklarni sotib olishga taalluqli bitimlarning katta jmi; 2) uchinchi tomon ishlab chiqqan va xizmat ko’rsatadigan dasturiy ta’minotdan foydalanuvchi buxgalteriya hisobining kompyuterlashgan tizimi; 3) moddiy qiymatliklar sotib olishga tender e’lon qilish, buyurtma berish, ularni qabul qilish, hisobini yuritish va etkazib beruvchilar bilan hisob-kitoblar uchun mas’ul bo’lgan shaxslar o’rtasida majburiyatlarni taqsimlash; 4) lavozim yo’riqnomalarida nazarda tutilgan xo’jalik operatsiyalarini bajarish tartibi buzilgan hollarda, xususan, ular uchun tasdiqlangan buyurtma mavjud bo’lmagan moddiy qiymatliklar kelib tushgan taqdirda mustaqil nazorat vositalarining mavjudligi. Bunday holat sabablarini aniqlash to’lovlarga ruxsat beruvchi shaxslar va etkazib beruvchilar bilan hisob-kitoblar hisobini yuritish schѐtlarini solishtiruvchi shaxslardan qat’i nazar amalga oshirilishi lozim; 5) bitimlarga o’z vaqtida va to’g’ri ishlov berilishi va axborotning saqlanishini nazorat qilishning samarali usullari. Mol etkazib beruvchi va pudratchilar bilan hisob-kitoblar auditi
    Mol etkazib beruvchi va pudratchilar, xaridor va buyurtmachilar bilan hisob-kitoblar korxonalar xo’jalik faoliyatida eng ko’p uchraydigan hisob-kitoblardir. Shuning uchun bunday hisob- kitoblarni tekshirish quyidagi asosiy ikki yunalish bo’yicha amalga oshirilishi zarur:
    olingan moddiy qiymatliklar (ish, xizmatlar) uchun to’lovlar yoki jo’natilgan tovarlar (bajarilgan ish va xizmatlar) uchun tushgan summalarning to’g’riligini aniqlash;
    moddiy qiymatliklarni kirimga olish va hisobdan chiqarishning to’liqligini tekshirish.
    Mol etkazib beruvchi va xaridor o’rtasidagi hisob-kitoblar qoidaga ko’ra naqd pulsiz amalga oshiriladi va ular ikki guruhga bo’linadi: 1) tovar muomalalar bo’yicha, 2) moliyaviy majburiyatlar bo’yicha. Naqd pulsiz hisob - kitoblarning quyidagi asosiy shakllari mavjud: to’lov topshiriqlari, to’lov talabnomalari, akkreditivlar, inkassa topshiriqlari, cheklar va o’zaro talablarni uzishga asoslangan hisob shakli.
    Mol etkazib beruvchilar va pudratchilar bilan hisob-kitoblarni auditorlik tekshiruvidan o’tkazish ham yuqorida bayon qilingan, barcha hisob-kitob muomalalari uchun xos bo’lgan umumiy qoidalariga asosan o’tkaziladi.
    Hisob - kitob ma’lumotlarining mosligini tekshirish balans va hisob registrlari ma’lumotlari tengligini aniqlashdan boshlanadi.
    Agar hisob-kitob ma’lumotlarini solishtirish amallarini bajarish chog’ida nomuvofiqliklar aniqlansa, auditor ularning katta-kichikligini va vujudga kelish sabablarini aniqlaydi.
    Misol: 6010 «Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga to’lanadigan schyotlar» (joriy qismi) va 7010 «Mol etkazib beruvchil va pudratchilarga to’lanadigan schyotlar»(uzoq muddatli qismi) schyotlarining analitik hisob registrlaridagi qoldiqlari, ushbu schyotlar bo’yicha sintetik hisob registridagi va Bosh daftardagi qoldiqlariga nisbatan, balansdagi «Mol etkazib beruvchi va pudratchilar bilan hisob-kitoblar» moddasining 12 foiziga teng bo’lgan, n-summaga kam bo’lsa, farq miqdori ushbu balans moddasi uchun jiddiy hisoblanadi. Analitik hisob registrlari (oborot vedomostlari) ma’lumotlarini tahlil qilishda biron-bir mol etkazib beruvchi bilan shartnoma tuzilib, lekin hisob registrlarida yozuv yozilmagan. Tekshiruv natijasida shu mol etkazib beruvchi bilan hisob-kitoblarni hisobga oladigan kartochka ochilganligi, lekin adashib u boshqa schyotning kartotekasiga solib qo’yilganligi sababli oborot vedomostiga kiritilmagan. Shunday qilib, nomuvofiqlik sababi aniqlangan va bartaraf qilingan.
    Hisob va hisobot ma’lumotlarining o’zaro tengligi aniqlaganidan so’ng, auditor mol etkazib beruvchilar va pudratchilar bilan hisob-kitoblar qoldig’ining haqqoniyligini baholashi kerak. Shu maqsadda u quyidagilarni tekshiradi:
    -analitik hisob registrlarida dastlabki hujjatlar va shartnomalarning raqamlari hamda tuzilgan sanalari to’g’risidagi ma’lumotlar mavjudligi;
    -analitik hisob registrlarida ko’rsatilgan shartnomalar va dastlabki hujjatlarning haqiqatda mavjudligi (tanlab tekshiriladi);
    -dastlabki hujjatlar va hisob registrlaridagi ma’lumotlarning mosligi (tanlab tekshiriladi).
    Majburiyat summalarining hujjat bilan tasdiqlanmaganlari shubhali qarzdorliklar qatoriga qo’shiladi. Bunday qarzlarning haqqoniyligi hisob-kitoblarni inventarizatsiya qilish (solishtirish dalolatnomasi tuzish)yo’li bilan tasdiqlanadi.
    Mol etkazib beruvchilar va pudratchilar bilan hisob-kitoblarga doir qarzdorliklar haqqoniyligini baholashda ularning vujudga kelish muddatlari nazorat qilinadi:
    hisob-kitoblar bo’yicha majburiyatlar bajarilishining belgilangan chegara muddati o’tib ketgan, talab qilib undirib olinmagan debitor qarzlar yo’qligi.
    Hisob-kitoblarni inventarizatsiya qilish materiallarini tekshirish mol etkazib beruvchi va pudratchilar bilan hisob-kitoblar qoldiqlarining haqqoniyligini baholashda muhim ahamiyatga egadir.
    Mol etkazib beruvchi va pudratchilar bilan hisob-kitoblarga doir muomalalar quyidagi yo’nalishlar bo’yicha tekshiriladi:
    -shartnomalar mavjudligi va to’g’ri rasmiylashtirilishini tekshirish;
    -olingan moddiy qiymatlik(ish, xizmat)lar to’liqligi va to’g’ri kirim qilinishini tekshirish;
    -moddiy qiymatlik(ish. xizmat)lar uchun o’z vaqtida va to’liq haq to’lanishini tekshirish.
    -auditor dastavval mahsulot etkazib berish shartnomalari va ish bajarish va xizmat ko’rsatish uchun boshqa xo’jalik shartnomalarining mavjudligi hamda shartnomalarning to’g’ri rasmiylashtirilganligini aniqlaydi. Sharnomalar amaldagi qonunchilik talablariga mos kelishi lozim. O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksi va shartnoma qonunchiligiga ataylab rioya qilinmasdan tuzilgan shartnomalar va ular asosida amalga oshirilgan muomalalar haqiqiy emas deb topiladi. Auditorlar tekshirilayotgan korxonada bunday holatlar yo’qligini aniqlashlari lozim.
    Shundan so’ng olingan moddiy qiymatlik(ish, xizmat)lar uchun mol etkazib beruvchilar va pudratchilar bilan hisob-kitoblarning to’lig’icha to’g’ri baholanganligi va hisob registrlarida aks ettirilganligi to’g’risida dalillarga ega bo’lishi zarur.
    Auditorlar dastlabki hujjatlar ma’lumotlarini shartnomalar, buyurtmalar, schyot-fakturalar va loyiha -smeta hujjatlarining ma’lumotlari bilan solishtirish natijasida olingan moddiy qiymatlik(ish, xizmat)larni kirim qilishning to’liqligi, to’g’riligi va o’z vaqtidaligi to’g’risida dalillarga ega bo’ladi.
    Dastlabki hujjatlarni tekshirishda barcha hisoblashuv-to’lov hujjatlarida QQS summasining alohida satr bilan ajratib ko’rsatilganligiga va QQS summasining hisob-kitob yo’li bilan ajratib ko’rsatilishiga yo’l qo’yilmasligiga(me’yoriy hujjatlarda belgilangan holatlardan tashqari) e’tibor qaratiladi. Auditor ushbu talablarga rioya qilinishini tekshirish natijasida olingan moddiy qiymatlik(ish, xizmat)lar bo’yicha QQS ni hisobga olishning asoslanganligini tasdiqlovchi dalilga ega bo’ladi. Uning qoplanishi to’langan, kirim qilingan va ishlab chiqarish maqsadlarida ishlatilgan qiymatliklar bo’yicha amalga oshiriladi.
    Hisob-kitob hujjatlari hali etib kelmagan moddiy qiymatlik(ish, xizmat)larni tekshirishda ushbu olingan qiymatlik (ish, xizmat) larning puli to’langan, lekin yo’lda kelayotgan (debitor qarz) sifatida hisobda turmaganligi aniqlanadi.
    Xorijdan olingan import mahsulot(ish, xizmat)lar uchun hisob-kitoblar bo’yicha tekshiruv o’tkazilganda, mulkchilik huquqi o’tgan paytni , moddiy qiymatlik (ish, xizmat)larni kirim qilish sanasiga amalda bo’lgan O’zbekiston Respublikasi Markaziy Bankining valyuta kursini va to’lov hujjatlarining to’lanishini, kurs farqlarini, qo’shilgan qiymat solig’i summasini va frankirovka (tovarni xaridorga etkazib berishda transport xarajatlarini qoplash va hisob-kitob qilish) shartlarini aniqlashning to’g’riligi tekshiriladi.
    Mol etkazib beruvchilar va pudratchilar schyotlarining to’lanishini tekshirishda auditor quyidagilarni aniqlaydi:

    • qarzlarni qoplash bo’yicha muomalalarning tegishli to’lov hujjatlari (bank ko’chirmalari va to’lov topshirig’i, o’zaro talablarni hisobga olish dalolatnomalari, cheklar va shunga o’xshash) bilan tasdiqlanganligi;

    • to’lov hujjatlarining haqiqiyligi va to’g’ri rasmiylashtirilganligi (barcha majburiy rekvizitlarining mavjudligi, QQS summasining alohida satr bilan ajratib ko’rsatilganligi, bank shtampasi, chet tildagi hujjatlarning tasdiqlangan tarjimasi va shunga o’xshash);

    • to’lov hujjatlari ma’lumotlarining 3110 - «Oldindan to’langan ijara haqi», 3120-«Oldindan to’langan xizmat haqi», 3190-«Boshqa oldindan to’langan xarajatlar», 4310-«Mol etkazib beruvchi va pudratchilarga berilgan bo’naklar», 6010-«Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga to’lanadigan schyotlar» (joriy qismi), 7010-«Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga to’lanadigan schyotlar» (uzoq muddatli qismi) schyotlari bo’yicha hisob registrlarining ma’lumotlariga mosligi; ushbu schyotlar bo’yicha hisob registrlari ma’lumotlarining 5110, 5210, 5220, 4310, 4010, 4020, 6310, 4220, 4230, 6870, 4810-4890, 6810, 6820, 6830 va 6890 schyotlar bo’yicha hisob registrlariga mosligi.

    Qarzdorliklarning o’zaro hisoblashish tartibida qoplanishini tekshirish natijasida, auditor o’zaro hisob-kitoblar uchun asos (shartnoma, tomonlardan birortasining o’zaro hisob-kitoblar tartibidagi to’lovni amalga oshirish to’g’risidagi iltimosnomasi) mavjudligini, qarz summasi va qoplash sanasini, hamda hisob registrlarida aks ettirishning to’g’riligini aniqlaydi.
    O’zaro talablarni hisobga olish, hisob-kitoblarni solishtirish dalolatnomasi va har ikkala tomon ishtirokida tuzilgan, o’zaro talablarni hisobga olish to’g’risidagi tomonlardan birortasining xati (arizasi). Dalolatnomalarda majburiy rekvizitlardan tashqari, qarzdorlikni vujudga keltirgan shartnomalar va dastlabki hujjatlar ma’lumotlari, QQS summasi alohida ajratilgan holda ko’rsatilishi lozim. Da’vo muddati o’tib ketgan qarzdorliklar bo’yicha o’zaro talablarni hisobga olishga yo’l qo’yilmaydi.
    Amalga oshirilgan o’zaro qarz surishishlarning qonuniyligini tekshirishda, qabul qilingan va puli to’langan moddiy qiymatliklar bo’yicha QQSni hisobga qabul qilishning asoslanganligi va sotilgan tovarlar (ish va xizmatlar) bo’yicha QQS hisoblanishining to’liqligini aniqlashga maxsus e’tibor qaratiladi.
    Berilgan bo’naklar bo’yicha hisob-kitoblarni tekshirish 4310-«Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga berilgan bo’naklar» schyotining hisob registrlari, bank ko’chirmalari va shartnomalar ma’lumotlari bo’yicha amalga oshiriladi. Bunda mol etkazib beruvchilarga bo’naklarning o’z vaqtida va to’g’ri berilganligi va olingan moddiy qiymatliklar uchun hisoblashilganda ularning hisobga olinganligi aniqlanadi.
    Auditor 3110, 3120, 3190, 4310, 6010, 7010 schyotlarning qoldiqlarini analitik hisob registrlari bo’yicha tahlil qilish natijasida, moddiy qiymatliklar etkazib berilgandan (ish, xizmatlar bajarilganidan) so’ng barcha berilgan bo’naklar bo’yicha yakuniy hisob-kitob qilinganini aniqlaydi. Ushbu talabga rioya qilinayotganligini nazorat qilish nafaqat debitor va kreditor qarzlar aks ettirilishining haqqoniyligini, balki QQSni hisob-kitob qilishga taqdim etishning o’z vaqtidaligi, chet el valyutasida berilgan bo’naklar bo’yicha kurs va summa farqlarini to’g’ri aniqlash uchun zarur.
    Mol etkazib beruvchilar bilan shartli birliklardan foydalanib hisob-kitob qilinganida summa farqlarini aks ettirish to’g’riligi va quyidagi shartlarga rioya qilinishini tekshiradi:

    • summaviy farqlar sarflarni buxgalteriya tan olish sanasiga aks ettiriladi, ya’ni qarzning shakllanishi va o’zgarishiga ta’sir ko’rsatadi (6010, 7010 schyotlar bo’yicha yozuvlar);

    • tovar-moddiy zahiralar va asosiy vositalar haqiqiy xarajatlar summasi bo’yicha tan olinadi, ya’ni kirim qilingan moddiy resurslar qiymati summaviy farqlarga tuzatiladi; ijobiy summa farqlari kirim qilingan moddiy resurslar qiymatini oshiradi (Dt 0820, 0830, 0840, 0890, 1010-1090, 2910 schyotlar va Kt 6010 yoki 7010 schyot va Dt 4410, Kt 6010 - QQS summasi); salbiy summa farqlari kirim qilingan moddiy resurslar qiymatini kamaytiradi. (Dt 0820, 0830, 0840, 0890, 1010-

    1090, 2910 schyotlar, KT 6010 yoki 7010 schyot qizil storno bilan va Dt 4410, Kt 6010 yoki 7010 schyot - QQS summasiga qizil storno bilan); moddiy zahiralar sotilganda yoki ishlab chiqarishga berilgada (Dt 2010, Kt 6010 (7010), Dt 4410, Kt 6010 (7010) - QQS).
    Mol etkazib beruvchilar va pudratchilar bilan hisob-kitoblarni tekshirish yakunida, auditor aniqlangan kamchiliklar va nomuvofiqliklarni umumlashtiradi hamda qoldiqlar haqqoniyligining dastlabki baholanishini aniqlashtiradi.
    Asosiy vositalar kirimiga doir muomalalarni hujjatlashtirish, schyotlarda aks ettirishning to’g’riligini tekshirish.
    Asosiy vositalar kirimini hisobga olishning to’g’riligini tekshirishdan maqsad sotib olingan asosiy vositalar hisobda to’g’ri aks ettirilganligini va foydalanishga topshirilgan ob’ektlarning real qiymatini ifodalashini tasdiqlashdan iborat.
    Tekshiruvning ushbu bosqichida quyidagi amallarni bajarish zarur:

      • sotib olingan asosiy vositalar ob’ektlarining ro’yxatini (miqdori va qiymati ko’rsatilgan holda) olish, olingan ma’lumotlarni 0110-0190 schyotlarning debet oborotlari bilan taqqoslash;

      • yangidan sotib olingan asosiy vositalar ob’ektlarining jismonan mavjudligi va dastlabki hujjatlarini tekshirish;

      • foydalanishga topshirilgan asosiy vositalar ob’ektlarining qiymati buxgalteriya hisobi schyotlarida tegishli tarzda aks ettirilganligini aniqlash;

      • soliq qonunchiligining tegishli qoidalariga rioya qilinganligini aniqlash;

      • hisobot davri davomida asosiy vositalar katta miqdorda kirim qilingan hollarda eski qurilmalar qiymati hisobdan o’chirilganligini. Asosiy vositalar kirimini auditorlik tekshiruvidan o’tkazishni boshlashda dastlabki hujjatlar, ularning belgilangan qoidalarga muvofiq rasmiylashtirilganligi nuqtai nazaridan shaklan tekshiruvdan o’tkazilishi zarur.

    Asosiy vositalarni qabul qilish-topshirish (korxona ichidagi harakati) dalolatnomalaridagi ma’lumotlarga asosan 0110-0190schyotlar debeti bo’yicha kirimiga olingan asosiy vositaning manbai aniqlanadi: Ustav kapitaliga hissa sifatida (4610 schyot krediti) kapital qo’yilmalar tartibida puli to’lanib sotib olingan yoki qurib bitkazilganda (0810, 0820 va 0890 schyotlarning krediti), asosiy podaga qabul qilingan mollar qiymati (0840 schyot krediti), tekinga olingan asosiy vositalar qo’shilgan kapital tarkibiga kirimga olinganda (8530 schyotning krediti) va h. k.
    So’ngra ko’rsatilgan muomalalarni buxgalteriya hisobining schyotlarida aks ettirilish tartibi tekshiriladi.
    Tekinga olingan asosiy vositalar ob’ektlarini hisobga olish bo’yicha muomalalarni aks ettirish tartibi O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq komitetining tegishli me’yoriy hujjatlarida belgilangan.
    2003 yil 1 yanvardan iqtisodning nodavlat sektoridagi korxonalar uchun bepul (tekin) olingan asosiy vositalar qiymatiga korxona qo’shilgan kapitali (8530-schyot krediti) ko’paytirilib kirimga olinadi. (Dt 0110-0190, Kt 8530) va ular qiymati soliqqa tortiladigan bazaga qo’shiladi. Auditor soliqqa tortiladigan foydaning miqdorini aniqlash hisob-kitobi bilan tanishishi va bepul olingan mulklar qiymati soliqqa tortish maqsadida soliqqa tortiladigan foydaga qo’shilganligiga ishonch hosil qilishi lozim.
    Auditor yana shuni nazarda tutish kerakki, O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi va O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq komitetining 1995 yil 5 sentyabrdagi 92/72 son xatiga muvofiq ustav kapitali 100 foiz davlat mulkidan iborat bo’lgan korxonalar va tashkilotlarning ichki tizimida o’zaro bir - biriga o’tkazishi natijasida tekinga olingan asosiy vositalar qo’shimcha daromad deb hisoblanmaydi va natijada ularning qiymati foyda (daromad) solig’i bazasiga qo’shilib, soliqqa tortilmaydi.
    Bulardan tashqari, auditor inventarizatsiya o’tkazish natijasida asosiy vositalar tarkibida hisobda turgan inventar va xo’jalik ashyolari aniqlanib, ularni inventar va xo’jalik ashyolari (1080 schyot) qatoriga o’tkazilganining to’g’riligini ham tekshirishi zarur. Bundan dastlabki qiymatiga (Debet 1080 schyot va kredit 0110-0199 schyot), hisoblangan eskirish summasiga provodkalar to’g’ri tuzilganligiga alohida e’tibor berish zarur.
    Puli to’lanib sotib olingan, zamonaviylashtirilgan va texnikaviy jihozlangan asosiy vositalar bo’yicha korxona bir vaqtning o’zida kengaytirilgan takror ishlab chiqarishni ta’minlash maqsadida ularning moliyalashtirish manbalarini sof foyda, o’tgan yildagi taqsimlanmagan foyda, zahira kapitalini aks ettirish lozim.
    Auditor korxonada sotib olingan avtomobillarining to’g’ri rasmiylashtirilganligi, transport vositalarini sotib olganlik uchun to’lanadigan soliqning aniq hisoblanganligi va o’z vaqtida byudjetga o’tkazib berilganligini, to’langan soliq summasining sotib olingan avtomobil dastlabki qiymatiga qo’shilganligini tekshirishi lozim. Agar dastlabki hujjat shubha uyg’otsa, ushbu muomalani amalga oshirish uchun javobgar shaxslardan yozma ravishda tushuntirish xati olinadi va qarama - qarshi tekshiruv o’tkaziladi.
    Korxona tomonidan transport vositalari sotib olinganlik uchun to’langan soliq to’g’risida soliq nazoratiga o’z vaqtida ma’lumotnoma berilganligiga ishonch hosil qilish lozim.
    Agar korxonada asosiy vositalarni jismoniy shaxslardan sotib olish hollari uchrasa, auditor bunga alohida e’tibor berishi lozim. Bunday muomalalar yozma ravishda tuzilgan, oldi-sotdi shartnomasi bilan sotuvchining pasport ma’lumotlari ko’rsatilib rasmiylashtiriladi. Jismoniy shaxsdan, unga shaxsiy mulk huquqi bo’yicha tegishli bo’lgan vositalar (uy, dala hovli, avtomobil, garaj va boshqa mulklar) sotib olinganda, unga to’lanadigan summadan belgilangan tartibda byudjetga daromad solig’i ushlash kerak. Shu bilan birga ushbu jismoniy shaxsga to’lanishi lozim bo’lgan summani o’z vaqtida to’lash uchun bankdan xo’jalik kassasiga pul olinganligi va kassadan o’z vaqtida va to’liq berilganligi ham tekshirilishi zarur.
    Korxona sotuvchi jismoniy shaxsning familiyasi, ismi-sharifi va doimiy yashash joyini ko’rsatib, oldi - sottining summasi va ushlangan soliq summasi haqida soliq inspektsiyasiga xabar qilishi lozim. Agar jismoniy shaxs tadbirkor sifatida ro’yxatga olingan bo’lsa, (litsenziyasi bo’lsa) undan asosiy vosita sotib olinganda daromad solig’i ushlanmaydi.



    Download 3,45 Mb.
    1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   303




    Download 3,45 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -MAVZU: TA’MINOT JARAYONI AUDITI

    Download 3,45 Mb.