|
Buxgalteriya hisobi va audit
|
bet | 88/303 | Sana | 14.12.2023 | Hajmi | 3,45 Mb. | | #118994 |
Bog'liq Аудит УМК 2023-2024 (3)Ishlab chiqarishga mo’ljallangan asosiy vositalarni sotib olish va ularning dastlabki qiymatini shakllantirishga oid xo’jalik muomalalarini buxgalterlik hisobining schyotlarida
aks ettirishga doir misollar.
№
|
Muomalalar
|
Summa so’m
|
Korrespondentsiyalanuvch i schyotlar
|
Dt
|
Kt
|
1.
|
Sotib olingan yig’ma mebel uchun schyot-faktura aktseptlandi:
Harid qiymatiga
|
120000
|
0820
|
6010
|
|
to’langan: QQS summasiga
|
24000
|
4510
|
6010
|
2.
|
Mebelni tashib keltirgan transport idorasining schyot fakturasi aktseptlandi:
Ta’rif bo’yicha ko’rsatilgan xizmat qiymati qo’shilgan qiymati solig’i (QQS) summasiga
|
15000
3000
|
0820
4510
|
6010
6010
|
3.
|
Mebelni yiãish uchun ish haqi hisoblandi.
|
4000
|
0820
|
6710
|
4.
|
Byudjetdan tashqari fondlarga ajratmalar hisoblandi:
|
|
|
|
|
I
jtimoiy sug’urta fondiga
|
1440
|
0820
|
6520
|
|
nafaqa fondiga
|
80
|
0820
|
6520
|
|
bandlik xizmati fondiga
|
80
|
0820
|
6530
|
|
|
|
|
|
5.
|
Ob’ekt hisobga qabul qilindi:
Dastlabki qiymatiga (0820 schyotni yopish)
|
140600
|
0140
|
0820
|
6.
|
To’langan qo’shilgan qiymat solig’i hisobga o’tkazildi.
|
27000
|
6410
|
4510
|
Asosiy vositalarning kirimiga oid muomalalarni tekshirishda ob’ektlarning dastlabki qiymati to’g’ri shakllanganligiga e’tibor berish kerak. Chunki, u mahsulot(ish, xizmat)lar tannarxiga qo’shiladigan, har oylik amortizatsiya (eskirish) summalarini aniqlashda asos bo’lib hisoblanadi. Bunda 0800- «Kapital qo’yilmalarni hisobga oladigan schyotlar»ning ma’lumotlari tekshiriladi. Bu schyotlarda sotib olinib yoki qurib bitkazilib, balansga qabul qilinishi lozim bo’lgan (0120 schyot debeti va 0810 schyotning krediti) ob’ektning dastlabki (inventar) qiymati aniqlanadi. Umumiy qoidalarga ko’ra u (QQS) asosiy vositaning dastlabki qiymatiga kiritilmaydi.
Lekin ushbu qoidadan amaldagi qonunchilik bilan o’rnatilgan ayrim mustasnoliklar mavjud. Xususan, qo’shilgan qiymat solig’i asosiy vositalar qiymatiga quyidagi hollarda kiritiladi: agar asosiy vositalar imtiyoz berilgan (QQS to’lashdan ozod qilingan) mahsulot ishlab chiqarish, ish bajarish, xizmat ko’rsatish uchun sotib olingan bo’lsa, hisob va hisobot tizimining soddalashtirilgan rejimida ishlaydigan kichik tadbirkorlik sub’ektlari asosiy vositalarni sotib olganida asosiy vositalar byudjet ajratma (assignovaniya) lari hisobidan sotib olinganda;
korxonada yangi qurilish pudrat usulida amalga oshirilganda, qurilish bo’layotgan vaqtda pudratchiga to’langan QQS qurilayotgan ob’ektning inventar qiymatiga qo’shiladi.
Qurilish xo’jalik usuli bilan amalga oshirilganda ham korxona har oyda 0810
«Tugallanmagan qurilish» schyoti debetida oy davomida aks ettirilgan xarajatlar summasiga nisbatan belgilangan miqdorda byudjetga QQS hisoblaydi (Debet 0810 schyot, Kredit 6410 schyot). Auditor pul o’tkazish yo’li bilan sotib olingan, qurib bitkazilgan, tayyorlangan asosiy vositalar ob’ektlariga doir xarajatlar, mazkur ob’ektning dastlabki (inventar) qiymati shakllanadigan, 0810, 0820, 0840 va 0890 schyotlarda hisobga olinayotganligini tekshirishi lozim.
Bunda asosiy vositalarning dastlabki (inventar) qiymatiga qo’shiladigan xarajatlarning tarkibi, ularning mazkur ob’ektni yaratishga aloqadorligi tekshiriladi.
|
| |