|
Buxgalteriya hisobi va audit
|
bet | 92/303 | Sana | 14.12.2023 | Hajmi | 3,45 Mb. | | #118994 |
Bog'liq Аудит УМК 2023-2024 (3)NAZORAT SAVOLLARI
Asosiy vositalar hisobini audit qilishda qanday me’yoriy hujjatlarga asoslaniladi?
Asosiy vositalarni to’g’ri baholanganligini qanday tekshirib ko’rish mumkin?
Asosiy vositalarni mavjudligi va saqlanishini tekshirish uchun qanday auditorlik protseduralari qo’llaniladi?
Asosiy vositalar hisobini audit qilishda qanday hujjatlar va buxgalteriya schyotlari tekshirish manbalari bo’lib xizmat qiladi?
Asosiy vositalarni kirim qilinishi qanday tekshiriladi (tekinga, jismoniy va yuridik shaxslardan sotib olish, qurish, hissa qo’shish orqali va hokazo)?
Transport vositalarini sotib olishni tekshirish xususiyatlari nimadan iborat?
Nomoddiy aktivlarni hisobdan chiqarilishi qanday tekshiriladi?
Nomoddiy aktivlarni analitik hisobini tekshirish tartibi qanday amalga oshiriladi?
Nomoddiy aktivlarga amortizatsiya hisoblashni to’g’riligini qanday tekshiriladi?
Nomoddiy aktivlarni audit qilishda qanday hujjatlar va buxgalteriya schyotlari tekshirishni manbalari bo’lib xizmat qiladi?
Lizing munosabatlari va ijara majburiyatlari auditi qanday amalga oshiriladi?
Xo’jalik usuli va pudrat usulida bajarilgan ta’mirlash ishlari auditining qanday xususiyatlari mavjud?
Moliyaviy qo’yilmalarni nazorat qilishda qanday me’yoriy hujjatlarga asoslanib amalga oshirladi?
Moliyaviy qo’yilmalarni audit qilish qanday hujjatlar va buxgalteriya schyotlari tekshirish manbalari bo’lib xizmat qiladi?
Material qiymatliklarni tekshirishda qanday me’yoriy hujjatlardan foydalaniladi?
To’g’ri baholash qanday belgilanadi:
materiallarga;
tovarlarga;
inventar va xo’jalik jihozlariga?
Inventar va xo’jalik jihozlarining kirimga olinishi va hisobdan chiqarilishini to’g’riligini tekshirish qanday amalga oshiriladi?
Inventar va xo’jalik jihozlariga eskirish hisoblanadimi?
Material resurslarni mavjudligi va saqlanishini to’g’riligini qanday tekshiriladi?
Ishlab chiqarish zahiralarining harakati bo’yicha muomalalarni hujjatlarda to’g’ri rasmiylashtirilishini tekshirish qanday amalga oshiriladi?
Ishlab chiqarish zahiralaridan kelgan kamomad va nobudgarchiliklarni hisobdan chiqarilishi bo’yicha muomalalarning to’g’ri aks ettirilganligini tekshirish qanday amalga oshiriladi?
Ishlab chiqarish zahiralarining auditini tekshirish manbalari bo’lib qaysi dastlab hujjatlar va buxgalteriya schyotlari hisoblanadi?
Ishlab chiqarish zahiralarining inventarizatsiya natijalari qanday rasmiylashtiriladi va unda kimlar ishtirok etishlari lozim?
Tugallanmagan ishlab chiqarishlarni tekshirish qanday amalga oshiriladi?
|
| |